Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "iqtisodiyot" fakulteti "makroiqtisodiy tahlil va prognozlash"
To'lov balansining tarkibiy tuzilishi
Download 262.59 Kb. Pdf ko'rish
|
.doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savdo balansi.
To'lov balansining tarkibiy tuzilishi. To'lov balansi quyidagi asosiy
bo'limlardan iborat: -savdo balansi, tovarlarni olib kirish va olib chiqish o'rtasidagi nisbat; -xizmatlar va notijorat to'lovlar balansi («ko‘zga ko'rinmas» operatsiyalarbalansi); -o‘z ichiga tovarlar, xizmatlar va bir tomonlama o'tkazmalarni oigan joriy operatsiyalar balansi; -kapitallar va kreditlar harakati balansi; -rasmiy valuta zaxiralari bilan operatsiyalar. Savdo balansi. Tashqi savdo tarixan milliy xo‘jaliklarni jahon xo‘jaligiga bog‘lovchi tashqi iqtisodiy munosabatlarning birlainchi shakli sifatida maydonga chiqadi. Tashqi savdo tufayli xalqaro mehnat taqsimoti shakllanadi. Xalqaro mehnat taqsimotining o ‘zi esa tashqi savdo va boshqa xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi bilan chuqurlashib hamda takomillashib boradi.Tashqi savdo ko'rsatkichlari an’anaviy ravishda to'lov balansida muhim o'rinni egallaydi. Tovarlar eksporti va importining o ‘zaro nisbati savdo balansini tashkil etadi. Tashqi savdoning katta hajmikredit hisobiga amalga oshirilganligi sababli haqiqatda shu davrda amalga oshirilgan savdo, to‘lovlar va tushumlar ko'rsatkichlari o‘rtasida tafovutlar mavjud.Ushbu tafovutlar tufayli turli so'ndirilish muddatlariga ega, taalluqli talab va majburiyatlarni vujudga keltiruvchi umumiy savdo balansidan farqli o'iaroq, o‘z davrida amalga oshirilgan pul to'lovlari hamda haqiqatda olingan tushum larning nisbati sifatida to'lov balansi tushunchasi paydo bo'ldi.Biroq tashqi iqtisodiy operatsiyalar bo'yicha m a’lumot yig'uvchi organlar hech qachon haqiqatda amalga oshirilgan to'lovlar va olingan tushumlarni umumiy savdo ko'rsatkichlaridan ajratish imkoniyatiga ega bo'lmagan. Ular savdo balansiga kiritiladigan tashqi iqtisodiy bitimlar bo'yicha bojxona m a’lumotlaridan 16 foydalanadilar. Aynan shu m a’lumotlar davlat iqtisodiy siyosati nuqtayi nazaridan asosiy qiziqish obyekti bo'lib hisoblanadi. Ular va real to'lovlar orasidagi farqlar to'lov balansining kredit operatsiyalarida aks etgan.Savdo balansining aktiv yoki passivligini iqtisodiy mazmuni aniq mamlakatga nisbatan aloqador hamda uning jahon xo'jaligida tutgan o'rni, hamkorlari bilan aloqalarining xarakteri va umumiy iqtisodiy siyosatiga bog'liqdir. Yetakchi davlatlardan iqtisodiy o'sish sur’atlaribo‘yicha orqada bo‘lgan mamlakatlar uchun aktiv savdo balansi litsenziyalar importiga, xorijiy investitsiyalar yuzasidan daromadlarni to‘lash va boshqa Xalqaro majburiyatlar bo‘yicha haq to ‘lash uchun valuta mablag'lari manbasi sifatida zarur. Bir qator sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar (Yaponiya, Germaniya va boshqalar) uchun savdo balansining aktiv saldosi kapitallar eksporti, xorijda ikkinchi iqtisodiyotni barpo etish uchun ishlatiladi. Xizmatlar balansi transport yo‘q tashuvlari, sug‘urta, elektron, telekosmik, telegraf, pochta va boshqa aloqa turlari, Xalqaro sayyohlik, ilmiy-texnik hamda ishlab chiqarish tajribalari bilan almashish, ekspert xizmatlari, diplomatik, savdo va xorijdagi boshqa xizmatlar xarajatlarini ko'tarish, m a’lumotlarni uzatish, madaniy hamda ilmiy aloqalar, turli vositachilik yig'imlari, reklama, yarmarka va boshqa shu kabilar bo'yicha to'lov hamda tushumlarni o ‘z ichiga oladi.Xizmatlar xalqaro iqtisodiy aloqalarning bir maromda rivojlanib borayotgan sektorini tashkil etadi. Xizmatlarning to‘lovlar va tushumlarning hajmi hamda tarkibiy tuzilishidagi roli hamda ularga ta’siri muntazam ravishda o‘sib bormoqda.An’anaviy xizmat turlari (transport, sug'urta) savdo b o ‘yicha tovarlarni yetkazib berishning hajmi va turli-tumanligini o ‘sib borishi, ularning tarkibida Xalqaro kooperatsiya hamda ixtisoslashuvning rivojlanishi tufayli yarim tayyor m ahsulotlar, butlovchi qismlar ulushining ortib borishi bilan o‘z boshidan katta qayta qurish jarayonini kechirmoqda.Rivojlangan davlatlarda aholining yashash darajasi o'sib borgani sari zamonaviy ishlab chiqarishning baynalmilallashuvi natijasida tarkibida katta ulushga ega bo'lmish xizmat yuzasidan safarlar sifatidagi Xalqaro sayyohlik komapaniyalari ham keskin o‘sdi.Xalqaro ishlab chiqarishning o‘sishi ilmiy-texnik inqilob va xo‘jalik hayoti baynalmilallashuvining boshqa omillari, litsenziyalar, 17 nou-hau, ilmiy-texnik hamda ishlab chiqarish tajribasining boshqa turlari, lizing operatsiyalari, ishbilarmon maslahatlar va ishlab chiqarish hamda alohida xususiyatga ega boshqa xizmatlar bilan savdo qilishni rag‘batlantirdi. Jahon amaliyotida qabul qilingan qoidalarga muvofiq «xizmatlar» bo‘limiga investitsiyalar va xalqaro kreditlar bo'vicha foiz daromadlaridan olingan to‘lov hamda tushumlar kiradi, modomiki iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ular kapitallar harakatiga yaqinroqdir 4 . Download 262.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling