XASANOVA NOZIMA EKS-7-22 GURUH REJA: - Dastlab tashqi savdo ko`rinishlari mamlakatlar o`rtasida emas, balki kishilar, qabilalar o`rtasida amalga oshirilgan bo`lib, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar o`zaro ayirboshlangan va bu asosan kishilar, oilalar, qabilalar uchun zaruriyatga ega bo`lgan”.Ilk davlatlarning paydo bo`lishi tom ma`nodagi xalqaro savdoning shakllanish va rivojlanish davrini boshlab bergan. Xalqaro savdoning rivoji asosan mamlakatlar o`rtasida resurslarning notekis joylashuviga bog’liq bo`lib, unga ko`ra xalqaro savdo tegishli resurslar oldi-sotdisi jarayoni asosida amalga oshirilgan.
- XX asrning 90-yillaridan, ayniqsa, XXI asrdan boshlab xalqaro savdoning yuqori texnologiyalarga asoslangan davri boshlandi. Bugungi kunda xalqaro savdo kon`yunkturasi quyidagilar bilan tavsiflanadi:
- xalqaro savdoda tayyor mahsulotlar ulushining ortib borishi (70 foiz) va xom ashyo resurslari hissasining kamayib borishi;
- savdo hajmlari aksariyat qismining (70-75 foiz) sanoat jihatdan yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar hissasiga to`g’ri kelishi;
Eksport tarkibining kuchli diversifikatsiyasi va tayyor mahsulot eksport qiluvchi mamlakatlar tarkibining kengayib borishi hamda Osiyo mamlakatlari bilan bo`ladidigan xalqaro savdo hajmlarining yuqori o`sish sur`atlari; - taklif va talab tizimiga fan-texnika taraqqiyotining kuchli ta`siri natijasida eksport tovar tarkibida yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushining tezkor sur`atlar bilan ortib borishi;
- xizmatlar savdosi hajmi va turlarining tezkor o`sishi;
- xalqaro savdoda mintaqaviy tashkilotlar, uyushmalarga a`zo davlatlar o`rtasida amalga oshiriladigan tashqi savdo hajmlarining ortib borishi.
- uslubiy jihatdan xalqaro savdoni baholash asosan quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi: tovar ayirboshlash hajmi,
- o`sish sur`atlari (foiz),
- tovar tarkibi
- geografik yo`nalishi va boshqa yo`nalishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |