A.SMITNING MUTLAQ USTUNLIK NAZARIYASI (MERKANTILIZM) - SHu paytga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari xalqaro savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda keltiradi degan fikrni ilgari suradi.Erkin tashqi savdoning zarurligi va foydaliligi to`g’risida dastlabki nazariyalardan biri A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasidir. Bu nazariyaga ko`ra har bir mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar o`ziga xosligiga tayangan holda ma`lum bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt birligida bu tovarni eng ko`p) ishlab chiqirish imkoniyatiga ega.
- SHunday ekan mamlakat mutlaq ustunlikka ega bo`lgan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ushbu tovarning o`z iste`molidan ortiqcha qismini sotadi hamda boshqa tovarlarni sotib oladi. CHunki bu tovarlar ularni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo`lgan davlatlarda ancha arzon ishlab chiqarilgan bo`ladi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab ko`proq mahsulotga ega bo`ladi.
A.Smit modelini ko`rib chiqayotganda tahlil uchun foydalaniladigan ba`zi shartlarni keltirish talab etiladi: - 1) Dunyoda faqat ikkita mamlakat mavjud.
- 2) Mamlakatlarda faqat ikkita mahsulot ishlab chiqariladi.
- 3)Mamlakatlar orasida tovarlar savdosi cheklashlarsiz amalga oshiriladi.
- 4)Xalqaro savdo muvozanatlashtirilgan (import eksport bilan to`lanadi).
- 5) Faqatgina mehnat tovar bahosiga va unumdorlikka ta`sir ko`rsatadi.
- 6) Ishlab chiqarish omillari mamlakat orasida ko`chib yurmaydi.
- 7) Mehnat va mahsulotni chiqishi orasidagi nisbat doimiy.
- 8) Ishlab chiqarish omillari tarmoqlar orasida mutlaq ko`chib yurishi mumkin.
- 9) Har ikki mamlakatda va ikki tarmoqda sof raqobat muhiti mavjud bo`ladi.
- D. Rikardo A. Smitning «Mutlaq ustunlik» nazariyasini yanada mulohaza qilish natijasida ushbu nazariya umumiy qoidaning bir qismi ekanligini isbotlab berdi. D. Rikardo «Siyosiy iqtisodning boshlanishi va soliqlar» nomli asarida klassik nazariyani boshi berk ko`chadan olib chiqadi. Uning fikricha, mamlakatlar ishlab chiqarish samaradorligini ta`minlashda yoki ko`proq ustunlikka ega bo`lgan yoxud kamroq zaiflikka ega bo`lgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsalar maqsadga muvofiq bo`ladi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat o`rtasidagi savdo ko`proq imkoniyatlar olib keladi. Har bir mamlakat o`zi ixtisoslashgan mahsulotlarni ishlab chiqaradi va shu orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari “Nisbiy ustunlik nazariyasi”da o`z echimiga ega bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |