Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. Amonboyev, D. I. Abidova, N. A. Jurayeva turizm iqtisodiyoti


Download 3.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/116
Sana03.12.2023
Hajmi3.36 Mb.
#1800746
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   116
Bog'liq
T menejment

 
20.1
 Turistik korxonalarning turmahsulotlarni sotishdagi asosiy 
hamkorlik munosabatlari. 
Mahsulot o‗tkazish tarmoqlari va kichik turistik firmalarning qayta 
tashkil topishidan bozor tomon ilk qadamlari chakana va kichik savdo 
firmalari bilan hamkorlik qilishdan boshlanadi. Bunda ularning sotuvdagi 
spetsializatsiya hisobi kerak, u turistik mahsulotning turoperator tomonidan 
taklif qilingan shakliga mos tushishi kerak. Xorij bozorga kiruvchi firma 
strategiyasida xorijiy hamkorlarning hududiy joylashuviga e‘tibor berish 
kerak, u sotuvda muhim o‗rin egallaydi. Mahsulot o‗tkazish bo‗yicha 
hamkor tanlashda 3 ta shartga e‘tibor berish kerak; huquqqa egaligi, 
kreditga egaligi va hamkorlik imkoniyati. 
Huquq imkoniyati - bu firmaning turistik hizmat ko‗rsatishga 
huquqiy asosi borligi. Huquqiy milliy qonunchilik tomondan belgilanadi 
va ko‗pgina davlatlarda turli yuridik shakllar bilan belgilanadi (masalan, 
litsensiya, patent, savdo registridagi registratsiya). Bu kabi hujjatga ega 
bo‗lmagan yuridik shaxs turistik firma hisoblanmaydi. Shuning uchun 
turistik firmaning huquqiy qobiliyatlilik saviyasi u bilan hamkorlikda 
e‘tibor berilishi kerak bo‗lgan muhim soha bo‗lishi kerak. Firmaning 
huquqiy holati haqida litsenziya yoki patentning nusxasi, savdo registridagi 
ruxsat yoki rasmiy tashkilotlarning sertifikatlari guvoh berishi mumkin. 
Firmaning huquqiy holati haqida uning milliy yoki tashqi turistik 
assotsiatsiya yoki tashkilotga a‘zoligi ham guvoh beradi. Ma‘lumki, bu 
tashkilotlarga faqat turistik faoliyatga ega bo‗lgan firmalar kiradi. Bu 
milliy assotsiatsiyalar o‗z shartlariga ko‗ra o‗z a‘zolari ustidan ruhiy va 


201 
moddiy ma‘suliyatga ega va ularning qonunga rioya qilishlari jiddiy 
nazorat qilinadi. Huquqiy imkoniyatini o‗rganayotganimizda, turfirmaning 
transport kompaniyasi bilan shartnomaga egaligini ham nazarda tutish 
kerak.

Download 3.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling