Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliya va buxgalteriya fakulteti


Download 179.93 Kb.
bet6/10
Sana20.12.2022
Hajmi179.93 Kb.
#1035122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Narxlash strategiyasi oraliq nazorat

Aralash tashishlar shartnomasi

  • Aralash tashishlar shartnomasi aralash tashishlar operatori va mijoz o‘rtasida tuziladi hamda quyidagilarni:
  • mijozning hamda aralash tashishlar operatorining huquq va majburiyatlarini;
  • mijozning va aralash tashishlar operatorining javobgarligini;
  • yagona tovar-transport yuk xatini to‘ldirish tartibini;
  • yetkazib berish muddatlari va shartlarini;
  • yetkazib berish punktlarini;
  • bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kuryerlik jo‘natmalarining hajmlari hamda o‘lchamlarini;
  • narxni va to‘lov tartibini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
  • Aralash tashishlar shartnomasida qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa shartlar ham nazarda tutilishi mumkin.
  • Yo‘lovchini aralash tashishlar shartnomasi ommaviy shartnomadir. Yo‘lovchini aralash tashishlar shartnomasi tuzilganligi yo‘lovchining aralash qatnovda yurish huquqini tasdiqlovchi yagona chipta bilan, bagaj, yuk bagaji, yuklar, pochta va kuryerlik jo‘natmalari topshirilganligi esa aralash tashishning bagaj kvitansiyasi bilan tasdiqlanadi.

Transport xavfsizligi

  • Transport tashkilotlari, shuningdek tashuvchilar fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, jismoniy hamda yuridik shaxslarning mol-mulki xavfsizligini, transport vositalaridan, transport infratuzilmasi obyektlaridan foydalanish xavfsizligini, shuningdek atrof-muhit muhofaza qilinishini ta’minlashi shart.
  • Transport infratuzilmasi obyektlarining faoliyat ko‘rsatishiga va xavfsizligini ta’minlashga, shuningdek transport xizmatlari ko‘rsatishga to‘sqinlik qiladigan xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
  • Transport vositalari va inshootlarining xavfsizligini bevosita ta’minlaydigan xodimlar tegishli bilim, ko‘nikma hamda tayyorgarlikka, shuningdek qonunchilik talablariga muvofiq ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan ishlarga doir ijozatga ega bo‘lishi kerak. Bu xodimlar, shuningdek mehnat sharoitlari o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlar tibbiy tekshiruvdan o‘tishi kerak.
  • Transport vositalari harakati amalga oshiriladigan, manyovr va yuk ortish-tushirish ishlari bajariladigan transport infratuzilmasi obyektlarining hududlari o‘ta xavfli zonalar hisoblanadi hamda, zarur bo‘lganda, to‘sib qo‘yiladi va texnik nazorat vositalari bilan jihozlanadi. O‘ta xavfli zonalarda jismoniy shaxslarning bo‘lishi va obyektlarning joylashtirilishi, ularda ishlarni bajarish qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
  • Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va temir yo‘llarni kesib o‘tuvchi yoki bevosita ularning yaqinida joylashgan gaz, neft quvurlarini va boshqa inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanish chog‘ida belgilangan normativlarni, shuningdek mazkur inshootlardan foydalanish xavfsizligini ta’minlash uchun ularning egalari javobgardir.

Download 179.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling