Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliya va buxgalteriya fakulteti


Transportga oid faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 1. qonuniylik; 2. xavfsizlik; 3. ekologik tozalik; 4. transport xizmatlaridan foydalana olish; 5. ochiqlik va shaffoflik


Download 179.93 Kb.
bet4/10
Sana20.12.2022
Hajmi179.93 Kb.
#1035122
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Narxlash strategiyasi oraliq nazorat

Transportga oid faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 1. qonuniylik; 2. xavfsizlik; 3. ekologik tozalik; 4. transport xizmatlaridan foydalana olish; 5. ochiqlik va shaffoflik.

Transport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari

  • transport sohasida davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • transport tizimini mamlakat iqtisodiyotining strategik sektori sifatida rivojlantirish;
  • transport xizmatlarining raqobatbardoshliligini, ulardan foydalana olishni, ularning samaradorligi va sifatini, xavfsizligi va ekologik tozaligini oshirish;
  • transport sohasi boshqaruvini takomillashtirish va har xil transport turlarining o‘zaro bog‘liq tarzda ishlashini ta’minlash, shuningdek samarali tarif siyosatini yuritish;
  • davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
  • ilg‘or innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
  • kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish hamda takomillashtirish;
  • xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va transport majmuini xalqaro transport tizimiga uyg‘unlashtirish.

 Mijozning huquq va majburiyatlari

  • tashish shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlar tashuvchi tomonidan bajarilishini talab qilish;
  • tashuvchi va harakatlanish yo‘nalishi to‘g‘risida zarur axborot olish;
  • transport xizmatlari bozorida transport turini erkin tanlash;
  • tashish qoidalarida yoki shartnomasida belgilangan xizmatlarning tashuvchi tomonidan o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi;
  • qonunchilikka muvofiq fuqarolarning alohida toifasi uchun nazarda tutilgan imtiyozli va bepul yurish;
  • qonunchilikka muvofiq tashish orqali yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini, ma’naviy zarar kompensatsiya qilinishini talab qilish.
  • Mijoz qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
  • tashuvchi bilan tuzilgan tashish shartnomasi shartlariga rioya etishi;
  • majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan jo‘natilayotgan yuk uchun muvofiqlik sertifikatini tashuvchiga taqdim etishi;
  • tashish qoidalariga rioya etishi;
  • bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik jo‘natmalarini transportda tashish uchun tayyor holda taqdim etishi;
  • yo‘lovchi transportida o‘zini tutish qoidalariga rioya etishi shart.
  • Mijozning zimmasida qonunchilikka va tashish shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Download 179.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling