Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti raqamli iqtisodiyot fakulteti iqtisodiy xavfsizlik yo’nalishi ih-81 guruh talabalari


Download 29.49 Kb.
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi29.49 Kb.
#1547694
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
menejment oraliq2

LOREM IPSUM DOLOR SIT AMET4

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetuer adipiscing elit Lorem ipsum dolor sit amet, consectetuer adipiscing elit

Rahbar doimo yetakchi bo lishi kerak. O'z kuch va qobiliyatini samarali ishlatish sohalarini aniqlash yangi korxonaning boshqaruv omillaridan biridir. Yangi korxona rivojlanib, taraqqiy etishi bilan birga tadbirkorlarning vazifalari ham o'zgarib boradi. Ko'p ishbilarmonlar sodir bo'layotgan o'zgarishlarni doimo anglay ololmay, yangi sharoitda nima qilishini bilmay qoladilar. Mana shu sharoitda tadbirkor o'ziga: «Mening qobiliyatim va qiziqishim nimalarga moyil?», «Qaysi ishda men o'zimni ko'rsata olaman?», «Korxonaning qaysi bir ish yo'nalishida men foyda keltiraman? » kabi savollar berib, tegishli qaror qabul qilishi muhim ahamiyatga ega. Masalan, «Polaroid» fotokamerasining ixtirochisi Edvin Lend o'z kompaniyasiga 13 yil rahbarlik qilgan. Uning rahbarligida kompaniya nihoyatda tez rivojlanib ketgan. Sharoitni tahlil qilgach, E. Lend ma’lum vaqtdan keyin o'zi kompaniyaga rahbarlik qilolmasligi, bu ishni professional mutaxassislar boshqarishi kerakligini tushundi, o'zi esa ilmiy izlanishlar bilan shug'ullana boshladi, ya’ni ko'proq samara keltiradigan sohada faoliyat yuritishga o'tib ketdi. E. Lend o'ziga laboratoriya qurib, kompaniyada olib boriladigan fundamental tadqiqotlarni boshqardi, firmaning tezkor boshqaruvini maxsus tayyorlangan mutaxassislarga topshirdi. Bu kabi misollar ishbilarmonlik sohasida talaygina. Franchayzingning mohiyati va ustuvorligi. Oxirgi yillari imtiyozli tadbirkorlikda franchayzing keng qo'llanila boshladi. Ishbilarmonlikning ushbu shaklida franchayzer (odatda, yirik bosh kompaniya) kichik firma yoki biznesmenni belgilangan ma’lum hududda tovar, reklama xizmati, biznes texnologiyalari bilan ta’minlashni o'z zimmasiga oladi. Buning evaziga firma (franchayzi) kompaniyaga (franchayzerga) menejment va marketing sohasida xizmat ko'rsatish va shu kompaniyaga o'zining ma’lum kapitalini qo'yish majburiyatini oladi. Odatda, franchayzing faqat kompaniya franchayzer bilan ish olib borish majburiyatini olib, biznesda uning ko'rsatmalariga bo'ysunishga harakat qiladi. Franchayzi korxonasi franchayzer tomonidan tashkil qilingan tizimning bir qismi sifatida faoliyat yuritadi. Hozirgi vaqtda AQSHda yarim milliondan ortiq korxona imtiyozli ishbilarmon faoliyati bilan shug ullanadi. Ularning ulushi mustaqil korxonalarga nisbatan oshib bormoqda.


Download 29.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling