Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti raqamli iqtisodiyot fakulteti iqtisodiy xavfsizlik yo’nalishi ih-81 guruh talabalari
Download 29.49 Kb.
|
menejment oraliq2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahbarlik va boshqaruv faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari
Muntazam-funksional boshqaruv tizimi. Bunda asosiy boshqaruv tizimi muntazam boshqaruv hisoblanadi. Hamma boshqaruv bosqichlarida va mustaqil uchastkalarni boshqarish faoliyatida muntazam rahbarlar ajratiladi. Ularga ishlab chiqarish - xo‘jalik faoliyatini yakka boshchilik asosida boshqarish huquqi berilgan bo‘lib, u olingan natijalarga to‘liq javob beradi. Boshqaruvning muntazam turida ishlaydigan rahbarlarga malakali yordam ko‘rsatish uchun funksional va ma’muriy tashkilotlar tashkil etiladi
Rahbarlik va boshqaruv faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari Rahbarlik lavozimi va boshqaruv jarayoni haqida fikr yuritar ekanmiz, dastavval bu so’zlarning asl mohiyatiga e’tiborni qaratish lozim. Rahbar – fors-tojik tilidan olingan bo’lib, quyidagi ma’nolarni anglatadi: Biror davlat, tashkilot, guruh, jamoa va shu kabilarga yo’l ko’rsatib, boshchilik qilib boruvchi; yo’lboshchi; rahnamo; Ta’lim-tarbiya beruvchi, yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi; ustoz. Rahbar so’zi bilan bir qatorda unga ma’nodosh bo’lgan “boshliq” so’zi ham keng qo’llaniladi. Bu so’zning ma’nosi lug’atda quyidagicha ifodalangan: Boshliq – idora, muassasa, tashkilot va shu kabilarga boshchilik qiluvchi lavozimli yoki saylab qo’yilgan kishi, rahbar. Demak, rahbarning ham, boshliqning ham asosiy vazifasi boshqaruv jarayonidir. Boshqaruv – bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir. Boshqaruvning iqtisodiy, ma’muriy va ijtimoiy-ruhiy usullari mavjud.Boshqaruvning iqtisodiy usulida kutilgan maqsadlarga erishish uchun iqtisodiy vositalardan – rejalashtirish, texnik-iqtisodiy tahlil, foyda, rentabellik, narx, kredit, moddiy rag’batlantirish, soliq kabilardan foydalaniladi. Boshqaruvning ma’muriy usuli buyruq va farmoyishlar asosida olib boriladi. Ma’muriyat o’z vakolatlari doirasida bo’limlarni, guruhlarni va xodimlarni tabaqalashtirib, ularning vazifalari, mas’uliyati hamda huquqini belgilaydi. Ijtimoiy-ruhiy usuldagi boshqaruv ijtimoiy-ma’naviy vaziyatga ta’sir etish orqali kishilarning fe’l-atvori, ruhiyatini hisobga olib, ularning ijtimoiy talabini qondirishga yordamlashadi. Insondagi axloqiy sifatlar qanchalik go’zal yoki xunuk bo’lmasin, ular faqatgina ijtimoiy faoliyatda namoyon bo’ladi. Umumiy o’rta ta’lim muassasalari rahbarlari maktabni boshqarishda innovatsion yondashuvlarga asoslanishi, kasbiy ahamiyatga ega bo’lgan shaxsiy sifatlarga ega bo’lishi, ixtiyoriy vaziyatlarda o’zini-o’zi nazorat qila olishi, shuningdek, ta’lim muassasasida hukm suruvchi tarbiyaviy munosabatlarni e’tiborga olgan holda faoliyat olib borishi, turli xil masalalarni va muammolarni hal etishda mavjud huquqiy-me’yoriy mezonlarga asoslanishi zarur bo’lib, bular rahbarning boshqaruv yo’nalishida kompetentliligini ifodalaydi. Ushbu fikrlardan kelib chiqqan holda, umumiy o’rta ta’lim muassasalari rahbarlari kasbiy kompetentliligining quyidagi asosiy komponentlarini ajratib ko’rsatish mumkin: o’z faoliyati va ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligini tahlil qilish va ob’ektiv baholashga xizmat qiluvchi refleksiv ko’nikmalar; o’z faoliyati va o’zaro munosabatlar jarayonidagi xattiharakatlarining natijalarini hamda tarbiyaviy munosabatlar jarayoniga tayyorgarligini his etishni ifodalovchi oldindan ko’rish ko’nikmalari; boshqaruv jarayonlarida vujudga kelishi mumkin bo’lgan muammoli vaziyatlarda sub’ektlar faolligini ta’minlash va faoliyatini muvofiqlashtirish ko’nikmasi; boshqaruv jarayonlarida mavjud sun’iy to’siq va qarama-qarshiliklar jamoadagi ongli intizomga salbiy ta’sir ko’rsatishining oldini olish ko’nikmasi; hamkorlikda faoliyat ko’rsatish va vaziyatlarga ko’ra rahbarlik uslublaridan oqilona foydalanish ko’nikmasi; muloqotga oson kirishish ko’nikmasi; kommunikativ kompetentlilik, ya’ni turli sharoitlarda insonlar bilan hamkorlikda faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan o’zaro ta’sir ko’rsatish ko’nikmasi; Download 29.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling