Tesla Motors (hozirda Tesla, Inc.) kompaniyasi 2003-yil 1-iyulda Martin Eberhard va Marc Tarpenning tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Bir necha oydan keyin ularga Ian Wright ham qoʻshilgan. 2004-yil fevralda ular 7,5 million AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb qilishdi, Bu pulning 6,5 millionini Elon Musk toʻlagan. Musk direktorlar kengashi raisiga aylangach, Eberhardni bosh direktor lavozimiga tayinladi. Tesla Motors (hozirda Tesla, Inc.) kompaniyasi 2003-yil 1-iyulda Martin Eberhard va Marc Tarpenning tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan. Bir necha oydan keyin ularga Ian Wright ham qoʻshilgan. 2004-yil fevralda ular 7,5 million AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb qilishdi, Bu pulning 6,5 millionini Elon Musk toʻlagan. Musk direktorlar kengashi raisiga aylangach, Eberhardni bosh direktor lavozimiga tayinladi. AQSHning Kaliforniya shtati Frimont shahrida joylashgan elektr transport vositasi ishlab chiqaruvchi „Tesla“ zavodida yongʻin sodir boʻldi. Yongʻin zavodning qurilish ishlari olib borilayotgan qismida sodir boʻlgan, voqea joyiga oʻt oʻchiruvchilar jalb qilingan. Yongʻin shtamplovchi uskunaning ichida suyuq alyuminiyning gidravlik suyuqlik bilan qorishib ketgani sababli kelib chiqqan. Teslaning birinchi prototiplari 2006-yil 19-iyulda Kaliforniyaning Santa-Monika shahrida rasman ommaga taqdim etildi. 2006-yilda Mask 100 million dollar kapital jalb etishga muvaffaq boʻldi. Natijada, Tesla 2008-yilda oʻzining birinchi Roadster avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi. 2010-yil yanvar oyida Tesla AQSh Energetika vazirligidan 465 million dollar kredit oldi, kompaniya uni 2013-yilda qaytarib berdi.2010-yilning may oyida Tesla Kaliforniyaning Fremont shahrida Model S ishlab chiqarish uchun fabrika qurishni boshladi. Tesla 2010-yil 29-iyun kuni NASDAQʼda aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirishni (IPO) boshladi va 226 million dollar yigʻib, 1956-yildagi Ford Motorʼdan keyin IPOga chiqqan birinchi Amerika avtomobil kompaniyasi boʻldi. 2012-yil iyun oyida Tesla ikkinchi avtomobili Model S ni ishlab chiqarishni boshladi. 2017-yil iyul oyida Tesla Model 3 sedanini sotishni boshladi. 2019-yil 14 mart kuni Tesla Model Y yangi elektr avtomobili taqdim etildi. 2020-yil noyabr oyida Tesla, Uber va yana 26 ta AQSh kompaniyalari AQShda elektromobillar sonini koʻpaytirish uchun lobbichilik qiladigan Zero Emission Transport Association (ZETA) tashkilotini tuzdilar. 2021-yil 25-oktabrda kompaniya kapitallashuvi 1 trillion dollardan oshdi. E’tiboringiz uchun raxmat Afzalbek Hoshimbiyev
Do'stlaringiz bilan baham: |