Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi


Download 123.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.06.2023
Hajmi123.68 Kb.
#1634045
  1   2   3
Bog'liq
3-Mavzu. Agrobiznesda innovatsion faoliyatni tashkil etish (1)



1
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI

 
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
 
 
IQTISODIYOT FAKULTETI
OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XOʻJALIGI IQTISODIYOTI 
KAFEDRASI 
 
AGROBIZNESNI TASHKIL ETISH VA 
BOSHQARISH
 fanidan 
MAʻRUZALAR MATNI 
Bilim sohasi: 
200000 
- Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq 
Taʼlim sohasi: 
230000 
- Iqtisod 
Taʼlim yoʻnalishi: 
5233300 - Agrobiznes va investitsiyaviy faoliyat 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Samarqand – 2022
 


24
3-MAVZU. AGROBIZNESDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL 
ETISH 
Reja 
1. Agrobiznesda innovatsiyalarni tarqatish tizimi.
2. Agrobiznesda innovatsion faoliyat tashkil etishda xorijiy tajribalari. 
 
Tayanch iboralar:
Innovatsiya. Qishloq xoʻjaligida innovatsiyaviy faoliyat. 
Dehqonchilikda innovatsiyaviy texnologiyalar. Chorvachilikda innovatsiyaviy 
texnologiyalar. 
1. Agrobiznesda innovatsiyalarni tarqatish tizimi. 
Innovatsiya - bu yangi texnologiyalarda mujassamlashgan yangi bilimlar, nou-
xau, ishlab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyalarini qoʻllash bilan bogʻliq, 
shuningdek yuqori bozor salohiyatiga ega boʻlgan yangi vazifalarni bajara oladigan 
yangi mahsulotlar yaratish yoki destruktiv jarayonlarning salbiy oqibatlarini yoʻkotish 
maqsadini oʻz oldiga qoʻygan faoliyat yoki faoliyat natijasidir. Ya’ni,innovatsiyalarni 
gʻoyalar, izlanishlar, ishlanmalar, yangi yoki mukammal ilmiy-texnik yoki ijtimoiy-
iqtisodiy qarorlar transformatsiyasining natijasi sifatida qarash mumkin. 
Demak, “innovatsiya” soʻzi “yangilik” (“novatsiya”) va “yangilik kiritish” 
(innovatsiya) ma’nolarini anglatadi. 
Innovatsiyalar toʻgʻrisidagi ilmiy qarashlar rivoji oʻz tarixiga ega boʻlib, klassik, 
neoklassik maktab vakillari tomonidan izchil oʻrganilgan. Klassik iqtisodiy maktab 
vakili, taniqli ingliz iqtisodchisi Adam Smit (1729–1790) iqtisodiy munosabatlarni 
tartibga solish va talab bilan taklif oʻrtasidagi muvozanatni ta’minlash nafaqat bozor 
tizimi, balki narxlarni pasaytirish va sifatni yaxshilash orqali ortib borayotgan ehtiyojni 
qondirish bilan bir qatorda buni yangi texnologiyalarga oʻtish, ya’ni innovatsiyalar 
yordamida samarali amalga oshiruvchi raqobat kapitalizmning tashkiliy mexanizmi 
boʻlib xizmat qilishini qayd etgan. 
Agar iqtisodiy oʻsishni ta’minlashda korxonalar innovatsiyalardan iste’mol uchun 
kurash jarayonida amaliy omil sifatida foydalanayotganini hisobga olsak, Adam 
Smitning ushbu ta’limoti hozirgi kunda ham dolzarbligini saqlab turibdi. 
Innovatsiyaviy amaliyot koʻp ming yillardan buyon mavjud boʻlishiga qaramay, 
innovatsiyalarni ilmiy jihatdan maxsus oʻrganish faqat XX asrda boshlandi. Rus 
iqtisodchisi N.D.Kondratev iqtisodiyotni yuksaltirishning innovatsiyaviy yoʻli 
nazariyasini rivojlantirishga ulkan hissa qoʻshdi. U innovatsiyalarni davriylikning 
sabablaridan biri sifatida qayd etgan. 
Amerikalik iqtisodchi va jamiyatshunos Yozef Alois SHumpeter Kondratev 
singari iqtisodiyotda innovatsiyalarning rolini oshirishga katta hissa qoʻshgan. U 
oʻzining ”Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” nomli asarida innovatsiyalarni iqtisodiyot va 
jamiyatni 
rivojlantirishning 
asosiy 
shartlari 
sifatida 
qaradi. 
Shumpeter 
“tadbirkorlikning innovatsiyaviy nazariya”sini yaratdi va iqtisodiy rivojlanishda 
novator-tadbirkorning rolini yuqori baholadi, “innovatsiya” atamasini 1911 yilda ilmiy 
atamalar qatoriga kiritdi. U quyidagi beshta oʻzgarishda tadbirkorlik ruhi bilan 
ragʻbatlantirilgan yangi fan-texnika omillari yigʻindisini nazarda tutadi: 


25
1. Yangi texnika, yangi texnologik jarayonlar yoki ishlab chiqarishning yangicha 
bozor ta’minotini qoʻllash. 
2. Yangi xususiyatlarga ega mahsulotni joriy qilish. 
3. Yangi xom ashyodan foydalanish. 
4. Ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning moddiy-texnika ta’minotidagi 
oʻzgarishlar. 
5. Yangi sotish bozorlarining paydo boʻlishi. 
Demak, Shumpeterning fikriga koʻra, tadbirkorlarning roli yangi tovarlar ishlab 
chiqarish va eski tovarlarni yangi uslubda ishlab chiqarish uchun ixtirolardan 
foydalanib, yangi xom ashyo va materiallar manbalari yoki yangi bozorlarni ochib 
hamda sohani qayta tashkil etgan holda ishlab chiqarishni isloh qilish va 
inqiloblashtirishdan iborat. Oʻsha davrda temir yoʻllar qurilishi boshlanishi, elektr 
energiyasi ishlab chiqarish, avtomobilsozlik rivoji kabilar tadbirkorlarning 
yangiliklardan foyda olishga intilishiga yorqin misol boʻla oladi. 
Saymon Kuznetsning Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan ma’ruzasi innova-
tsiyalarning iqtisodiy oʻsish bilan oʻzaro bogʻliqlik muammosiga bagʻishlangan. Unda 
innovatsiyalar nazariyasiga Yozef Shumpeter gʻoyalarini rivojlantiruvchi qator yangi 
yondashuvlar qayd etilgan, ya’ni birinchidan, Saymon Kuznets bitta tarixiy davrdan 
ikkinchisiga oʻtish asosini tashkil qiladigan “davriy” tushunchasini joriy etdi. 
Ikkinchidan, 
industrial 
davrda 
iqtisodiy 
oʻsish 
sur’atlarini 
inqilobiy 
jadallashtirish, uning fikriga koʻra, davriy yangilik bilan bogʻliq ilm-fanni jadal 
rivojlantirish oʻsishning yangi manbaiga aylandi. 
Iqtisodchi olimlar qarashlari asosida innovatsiyalarning mazmuni, mohiyatini 
anglab olgan holda aytish mumkinki, innovatsiyaviy iqtisodiyot jamiyat uchun foydali 
har qanday innovatsiyalardan (patentlar, litsenziyalar, nou-xau, oʻzlashtirilgan yoki 
shaxsiy yangiliklar, yangi texnologiyalar va hokazolar) samarali foydalanishga qodir 
iqtisodiyotdir. 
Yangiliklarni joriy etish iqtisodiy hayotdagi yanada muhim holat boʻlib 
bormoqda. Hozirgi tez oʻzgaruvchan sharoitda korxonalar texnik o ‘zgarishlar bilan bir 
qatorda, ilgʻor boʻlishlari va yangiliklarni muvaffaqiyatli tatbiq etishlari zarur. 
Yangiliklarni joriy etish ulaming dastlabki baholanishiga asoslanishi lozim. Bunday 
baholashning uslubiy asosini yaratish uchun, birinchi navbatda, jami innovatsiyaviy 
jarayonga ta’sir etuvchi va natijada u yoki bu innovatsiyalarning samaradorligini 
belgilab beruvchi omillarning majmuasini aniqlash lozim. 
Innovatsiyalarni paydo boʻlishining ikki yoʻnalishi 
Bozor ehtiyoji, ya’ni qandaydir tovar yoki xizmatga boʻlgan talab. boshqacha 
aytganda, bu - bozor ehtiyojlariga beriladigan javob yoki marketing varianti 
hisoblanadi. Masalan, bunday oʻzgarishlar tarkibiga ishlab chiqarish harajatlarini 
kamaytirishga yoki mahsulotga «tovar» koʻrinishini berishga yordam beruvchi 
oʻzgarishlarni kiritish mumkin. 
• «Kashfiyotchilik» (intellektual faoliyat)- bu odamning bozorda mavjud 
boʻlmagan talabni qondirishga yoʻnaltiriladigan yangi mahsulotni yaratish borasidagi 
intellektual faoliyatidir. boshqacha aytganda, bu - yangi bozorni yaratish faoliyatidir 
Rivojlanishning innovatsiyaviy tipi (ingl. Innovation model of development) – 
ijtimoiy ishlab chiqarishda yangi ilgʻor texnologiyalarga urgʻu berish, yuqori 


26
texnologiyalar asosida mahsulotlar ishlab chiqarish, mikro va makroiqtisodiy 
jarayonlarda ilgʻor tashkiliy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish - texnopark , texno 
polis, kam energiya talab etadigan texnologiyalardan foydalanish siyosati, ishlab 
chiqarish faoliyatini intellektualashtirish, iqtisodiyotni softlashtirish va servislashtirish 
bilan tavsiflanadi.
Innovatsiyaviy menejment - Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun nisbatan yangi 
tushuncha boʻlib, fan-texnika taraqqiyotini boshqarish jarayonlari va ilmiy-texnik 
yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy etishning asosiy jihatlarini qamrab oladi. 
Innovatsiya - mavjud tizimlar rivojlanishini boshqarish jarayoni boʻlib, unda 
innovatsiyaviy mahsulot amaliy qoʻllanilish bosqichigacha olib kelinadi va bozor 
muvaffaqiyatini ta’minlaydi. 
Mamlakatlar 
raqobatdoshligini 
baholashning 
koʻrsatishicha, 
korxonalar 
rivojlanishining asosiy strategiyasi boʻlib, quyidagi tamoyillarga asoslangan boshqaruv 
siyosatini amalga oshirish xizmat qiladi: 

tabiiy va iqlim resurslardan oqilona foydalanish; 

jamgʻarilgan boyliklardan oʻz oʻrnida foydalanish; 

investitsiyalarni faol jalb qilish; 

innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash. 
Innovatsiyaviy menejmentning eng muhim amaliy vazifalaridan biri - 
innovatsiyaviy jarayonlarni boshqarishning samarali tizimini shakllantirishdir va u 
quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutadi: 

innovatsiyaviy menejmentning tegishli nazariy bazasini ishlab chiqish; 

innovatsiyaviy menejment sohasida mavjud muammolarni yechish uslublarini 
asoslash; 

innovatsiyaviy jarayonlar samaradorliginibaholash uslubiyoti va ularga ta’sir 
koʻrsatish vositalarini ishlab chiqish. 
Innovatsiyaviy jarayonni uchta mantiqiy shaklga ajratish mumkin: oddiy korxona 
ichidagi (natural), oddiy korxonalararo (tovar) va kengaytirilgan. 
Innovatsiya diffuziyasi - bu shunday jarayonki, uning vositasi yordamida 
innovatsiya, vaqt mobaynida, ijtimoiy tizim a’zolari oʻrtasida kommunikasion kanallar 
orqali uzatiladi. Innovatsiyalar sifatida tegishli xoʻjalik yurituvchi subʼyekt uchun 
yangi boʻlgan gʻoyalar, predmetlar, texnologiyalar va h. xizmat qilishi mumkin. 
Boshqacha qilib aytganda diffuziya - bir marta oʻzlashtirilgan va foydalanilgan 
innovatsiyani yangi sharoit yoki joylarda tarqatishdir. 
Yangi mahsulotlarning oʻziga xosligini tadqiq etgan holda, innovatsiyaviy 
faoliyatni boshqarishni tashkil etish boʻyicha bir qator cheklashlarni ifodalash mumkin: 

ilmiy-texnik taraqqiyot rivojlanishini tashkil etishning universal shaklini barpo 
etishni murakkabliligi; 

innovatsiyaviy va kundalik ishlab chiqarish jarayonining sifat farqi; 

innovatsiyaviy jarayonning turli bosqichlarida turli xil boshqaruv tizimlarini 
qoʻllash zaruriyati; 

bozor ehtiyojlariga adekvat javob qaytaradigan, innovatsiyaviy faoliyatni 
boshqarishning egiluvchan tizimini barpo etish zaruriyati. 


27
3.1-rasm. Korxona innovatsiyaviy faoliyatini boshqarish tizimi 

Download 123.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling