Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi
Agrobiznesda innovatsion faoliyat tashkil etishda xorijiy tajribalari
Download 123.68 Kb. Pdf ko'rish
|
3-Mavzu. Agrobiznesda innovatsion faoliyatni tashkil etish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va muhokama uchun savollar
2. Agrobiznesda innovatsion faoliyat tashkil etishda xorijiy tajribalari.
Qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilarini ilmiy yutuqlar, innovatsiyaviy texnologiyalar va xoʻjalik yuritish uslublari, ilgʻor ishlab chiqarish tajribalari toʻgʻrisidagi axborotlar bilan qurollantirish va ularni takomillashtirish innovatsiyalarni tezlashtirishning amaliyot uchun muhim boʻlgan mexanizmi hisoblanadi. Agrosanoat majmuining xoʻjalik faoliyati yurituvchi sub’ektlariga innovatsiyaviy xizmat koʻrsatish hamda innovatsiyalarni oʻzlashtirish boʻyicha qoʻllab-quvvatlash vazifasini hozirgi kunda intensiv rivojlanayotgan maslahat berish tizimiga yuklash mumkin, chunki tizim tomonidan axborot resurslarini shakllantirish, ilmiy-texnik yutuqlarni tarqatish va oʻzlashtirish mexanizmi ishlab chiqilgan. Qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishida innovatsiyalar transfertining mohiyati sifatida tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar jamlamasi xizmat qiladi. Transfert (frantsuzcha transfert, lotincha transferre soʻzlaridan olingan) – texnologiyalar biror bir axborot kanallaridan foydalangan holda uning shaxsiy yoki jamoaviy tashuvchidan boshqasiga tomon harakatlanishi, demakdir. Texnologiyalar transferti innovatsiyaviy jarayonni amalga oshirishning, texnologiyalarni tijoratlashtirishning muhim vositasidir. Innovatsiyalar transferti majmuaviy tushuncha boʻlib, u zarur innovatsiyaviy mahsulotni tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan oʻzlashtirish maqsadida qishloq xoʻjalik iqtisodiyotining real sektoriga bevosita uzatishgacha boʻlgan izlash jarayonini oʻz ichiga oladi. Innovatsiyalar pirovard iste’molchigacha iloji boricha tezroq yetib borishi uchun, jahon amaliyoti tomonidan turli mexanizmlar ishlab chiqilgan. Ularning asosiysi - innovatsiyalar transferti - ya’ni ilmiy-texnik bilimlar va tajribalarni uzatish hisoblanadi. Ikkinchi mexanizm innovatsiyalar ishlab chiqaruvchilarining ularni pirovard iste’molchigacha yetkazish boʻyicha mustaqil hatti-harakatlari bilan bogʻliq. Ushbu munosabat bilan innovatsiyalar transferti ham ilm-fan, ham amaliyot uchun yanada katta dolzarblikka ega boʻladi. Innovatsiyalar transferti - yangi qimmatliklarni tashuvchi sifatida, innovatsiyalardan foydalanish huquqini innovatsiyaviy sub’ektning boshqa sub’ektlariga berishdir. Innovatsiyalarning tijorat transferti yangilikni sotishdan daromad olish maqsadida amalga oshiriladi. Innovatsiyalarning notijorat transferti esa, asosan, fundamental tadqiqotlar sohasidagi yangi bilimlar bilan bogʻliq. Innovatsiyalar notijorat transfertiga misol tariqasida anjumanlar, simpoziumlar, seminarlar, koʻrgazmalar; maxsus adabiyotlarning axborot massivlari, magnit tashuvchilardagi axborot; olim va mutaxassislar migratsiyasini keltirish mumkin. Transfert - innovatsiyalar oldinga harakatlanishining asosiy shakli sifatida xizmat qiladi va litsenziyalashtirish; patentlar, texnik hujjatlar, nou-xau, uskunalar lizingi yoki xarid qilinishiga oid texnologik ma’lumotlar; seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalardagi axborot ayirboshlash; injiniring va h.larni oʻz ichiga oladi. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga innovatsiyalar transfertining iqtisodiy mohiyati - ilmiy- texnik mahsulot ishlab chiqaruvchilar, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi innovatsiyaviy ta’minoti sohasida transfert harakatlarini amalga oshiruvchi tuzilmalar va innovatsiyalar iste’molchilari boʻlmish qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida yuzaga keladigan tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar yigʻindisi sifatida 30 namoyon boʻladi. Texnologiyalar transfertini texnologiyalarni joriy qilish bilan qoʻllab yubormaslik lozim, texnologiyalarni joriy qilish - bu transfert bosqichlaridan biridir. Birinchi navbatda fundamental tadqiqotlar, keyinchalik tajriba-konstruktorlik ishlari bajariladi va undan keyingina texnologiyalar joriy qilinadi. Ularning natijasi sifatida biror gʻoyalar, ilgari suriladigan va asoslanadigan hisobot xizmat qiladi. Bundan soʻng navbat amaliy ilmiy-tadqiqot ishiga keladi va uning natijasida biz nafaqat hisobot, balki uskuna, asbob, texnologiyaning tajribaviy namunasiga ega boʻlamiz. Amaliy ITIdan keyin tajribaviy-konstruktorlik yoki tajribaviy texnologik ish boshlanadi, uning natijasi sifatida eksperimental namuna va konstruktorlik hujjatlari komplekti xizmat qilib, bu hujjatlar asosida muayyan biror narsa yaratish mumkin boʻladi. Undan keyingina joriy qilish bosqichiga oʻtiladi. Texnologiyalar transferti ilmiy-texnik xizmat koʻrsatish, texnologik jarayonlarni qoʻllash, mahsulot ishlab chiqarish uchun ilmiy-texnik bilimlar va tajribalarni yetkazishdir. Bilim va tajribaning amalda yetkazilganlik mezoni ishlab chiqarish maqsadlari uchun taqdim etilgan texnologiyalarni faol qoʻllashdan iborat. Innovatsiyalar transfertining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi – innovatsiyaviy mahsulotni tashuvchidan (ishlab chiquvchi, mulkdor) iste’molchigacha boʻlgan harakatini ta’minlash boʻyicha innovatsiyaviy faoliyat uslublari va shakllari yigʻindisini aks ettiradigan iqtisodiy kategoriyadir. Innovatsiyalar transfertining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi, iqtisodiy tizim sifatida ikkita quyi tizimni oʻz ichiga oladi: tashkiliy va iqtisodiy. Tashkiliy tizimga tugallangan ilmiy ishlanmalar va boshqa innovatsiyaviy mahsulotni tanlash mexanizmini, innovatsiyaviy-transfert faoliyatini boshqarish va takomillashtirishni kiritish mumkin. Ushbu tizimga Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi innovatsiyaviy resurslarining shakllantirilgan ma’lumotlar bazasini kiritish muallif tomonidan taklif qilinadi. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va boshqa respublika qishloq xoʻjaligiga tegishli ilmiy va ilmiy-yordamchi tashkilotlar agrar sohada ilmiy-amaliy siyosatni amalga oshiruvchi markaz hisoblanadi. Ilmiy markaz tarkibiga ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy stantsiyalar, institutlar filiallari, tajriba xoʻjaliklari va dalalari, tayanch punktlar, markaziy apparat va uning hududiy boʻlimlari va boshqalar kiradi. Markaz barcha ilmiy muassasalar va oliy oʻquv yurtlari tomonidan amalga oshiriladigan agrosanoat majmuasi sohasidagi ilmiy izlanishlarni muvofiqlashtiruvchi organ sifatida xizmat koʻrsatadi. Markaz oʻz ishini Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish boʻyicha Qoʻmita va boshqa vazirlik va muassasalar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oliy oʻquv yurtlari bilan xamkorlikda olib boradi. Qishloq xoʻjaligi sohasidagi loyihalar tanlovi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy- ishlab chiqarish markazi tomonidan amalga oshiriladi, innovatsiyaviy ishlanmalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish boʻyicha Qoʻmita tomonidan tanlov asosida moliyalashtiriladi. Ilmiy tadqiqotlar natijalari Ilmiy-tadqiqot institutlarining tajriba xoʻjaliklari va dalalarida sinovdan oʻtkaziladi. Ilmiy muassasalar tajriba xoʻjaliklari respublika urugʻchilik xoʻjaliklarini don ekinlari, paxta, sholi, sabzavotlar va boshqa 31 qishloq xoʻjaligi ekinlarining elita va superelita urugʻlari bilan ta’minlaydi, xoʻjaliklar va fermerlarni zotli qoramol bilan ta’minlash boʻyicha ish olib boradi. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi tomonidan yakuniga yetkazilgan innovatsiyaviy ishlanmalar toʻgʻrisidagi axborotni tarqatish funktsiyasini axborot-maslahat markazlari zimmasiga yuklash maqsadga muvofiqdir. Davlat innovatsiyaviy siyosatini amalga oshirishning iqtisodiy uslublariga innovatsiyaviy dasturlarni amalga oshirish uchun qulay iqtisodiy sharoitlarni yaratishni kiritish mumkin: Davlat ahamiyatiga ega boʻlgan eng muhim loyihalarni moliyalashtirish, innovatsiyaviy faoliyatni ragʻbatlantirish va boshqalar shular jumlasidandir. Respublikada innovatsiyaviy faoliyat davlat tomonidan qonunchilik va egiluvchan soliqqa tortish, davlat va muassasa jamgʻarmalari, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan yirik dasturlar orqali tartibga solinadi. Ustuvor davlat dasturlari boʻyicha innovatsiyaviy loyihalarni amalga oshirish mas’uliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish boʻyicha Qoʻmita zimmasiga yuklatilgan. Ilmiy sigʻimga ega boʻlgan mahalliy innovatsiyaviy texnologiyalarni ilgari surish bilan Iqtisodiyot vazirligi qoshidagi texnologiyalar transferti Agentligi shugʻullanadi, mahalliy innovatsiyalarning Patent himoyasini esa Oʻzbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi amalga oshiradi. eksport innovatsiyaviy yetkazib berishlar va investitsiyalarni jalb qilish Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo Vazirligi koʻmagi bilan amalga oshiriladi. YUqorida bayon etilganlar asosida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga texnik-texnologik innovatsiyalar transfertini tezlashtirish uchun, qishloq xoʻjaligi boʻyicha innovatsiyalar transfertining takomillashtirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi taklif etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi yuqori iqtisodiy oʻsish sur’atiga ega mamlakat sifatida dunyoda eng oldingi oʻrinlardan birini egallab turibdi. Bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning samaradorligi yuqori ekanligidan darak beribgina qolmasdan, milliy xoʻjalikning xom ashyo yetkazib berishga ixtisoslashuvi kamayib, ishlab chiqarishning diversifikatsiyalashuv darajasi esa jadal oshib berayotganini tasdiqlaydi. Ammo shuni ham ta’kidlash kerakki, ilgʻor ishlab chiqarish texnologiyasining amaliyotga kirib kelishi juda sust kechmoqda. Resurs xarajati yuqoriligicha kolmoqda. Bu, mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini agrobiznes tizimiga oʻtkazishni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda koʻplab iqtisodchi olimlar tomonidan oʻrganilayotgan bu muammo yuzasidan turli fikrlar bildirilmoqda. Lekin, innovatsiyaviy tadqiqotlarni oʻtkazish va ularning natijasini amaliyotga qoʻllash uchun “innovatsiyaviy marketing” usullarini oʻrganishga kam e’tibor berilmoqda. Ushbu muammoni oʻrganish va mamlakatimiz korxonalarida innovatsiyaviy marketing usullarini qoʻllashni yoʻlga qoʻyish bugungi kunda eng dolzarb va jiddiy e’tibor talab qiluvchi ilmiy tadqiqot yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Innovatsiyalar nazariyasida yangi mahsulotlarni yaratish va ularni amaliyotga joriy qilishda ijtimoiy - iqtisodiy omillarning ta’siri va roliga katta e’tibor berilib, mahsulotning bozorda tarqalishi va ommalashuvida qaysi omillar kuchli rol oʻynashi va istemolga ta’sir koʻrsatishi chuqur oʻrganilgan. Frantsuz sotsioligi Gabriel Tarde 1903 yilda yozilgan “Imitatsiya qonunlari” nomli kitobida nima uchun ayrim 32 innovatsiyalar jamiyatda tez tarqaladi, qolganlari esa e’tiborsiz qolib ketadi, dagan fikrni asoslab bergan. G. Tarde “S” harfi shaklida egri chiziq modelini ishlab chiqqan va ijtimoiy - iqtisodiy omillar ta’siri ostida ijtimoiy yetakchilik fikrini ilgari surgan. G. Tarde fikriga koʻra, shaxs qanchalik kosmopolitan (dunyoqarashi keng va yangilikka intiluvchan) boʻlsa, u jamiyatga innovatsiyaviy yangiliklarning kirib kelishiga shunchalik hayrihoh boʻladi. Qishloq xoʻjaligida innovatsiyalarning tarqalish (diffuziya) kontseptsiyasi Ayova shtati universiteti (AQSH) professori Bryus Ryan va Nil L. Grosning 1943 yildagi tadqiqotlari – makkajoʻhorining yangi gibrid navi fermerlar oʻrtasida ommaviylashuviga oid tadqiqotlarida birinchi marotaba chuqur oʻrganilgan. Ikkinchi jahon urushi tugagandan soʻng Ayova shtatidagi universitetda ishlagan professorlar diqqat-e’tiborlarini qishloq xoʻjaligi muammolaridan fermerlar orasidagi insoniy munosabatlarga koʻproq qarata boshlashgan. Bunga yangi mahsulot turlari, turli xil kimyoviy dorilar va mineral oʻgʻitlar, qishloq xoʻjalik mashinalari paydo boʻlishi turtki bergan. Biroq, ayrim fermerlar yangiliklarni qabul qilishni xohlamaganlar va eski usullar va vositalardan foydalangan holda ish yuritishni afzal koʻrishgan. Nil L.Gros ilmiy tadqiqotlarida miqdoriy usullarni qoʻllashga oid yondashuvi bilan nom qozongan olim boʻlgan. Bryus Ryan va Nil L. Gros erishgan ilmiy yangilik shundan iboratki, ular Ayova shtati fermerlari nima uchun yangi gibrid makkajoʻxori navini qoʻllashga qarshilik koʻrsatishayotganini aniqlashda sifat koʻrsatkichlariga emas, miqdoriy koʻrsatkichlarga koʻproq e’tibor berishgan va sababini aniqlashgan. YAngi gibrid makkajoʻxori navi avvalgi navlarga nisbatan afzalliklarga ega, jumladan, yashovchan, ya’ni koʻplab kasalliklarga chidamli boʻlgan. Biroq, yangi makkajoʻxori navining noqulayligi shundan iborat boʻlganki, u reproduktivlik xususiyatiga ega boʻlmagan. Bu shuni anglatganki, shtat fermerlari uchun makkajoʻhori donini sotib olish depressiya davrida qimmat tuyulgan. Natijada, yangi nav fermerlarga koʻproq foyda keltirishiga qaramay, urugʻining narxi tufayli amaliyotga joriy qilishga qiziqish uygʻotmagan va mahsulot bozorda tarqalishiga toʻsiq boʻlgan. Lekin, vaqt oʻtishi bilan yangi gibrid makkajoʻhori navi shtat fermerlari oʻrtasida keng tarqala boshlagan. Bryus Ryan va Nil L. Gros oʻz tadqiqotlarida qaysi sabablarga koʻra yangi gibrid makkajoʻxori navi fermerlar oʻrtasida keng tarqaldi, degan savolga javob topishgan. Ularning tadqiqotida «YAngi makkajoʻxori navi tarqalishida Ayova shtati fermerlari oʻrtasida ommaviy axborot vositalari xabarlari asosiy ta’sir kuchiga ega boʻlganmi yoki fermerlarning oʻzaro muloqoti natijasida tarqalgan xabarlar koʻproq ta’sir qilganmi?» - degan savol qoʻyilgan. Olingan natija shunday xulosa berganki, axborotning ikkala kanali ham turli funktsiyani bajargan. Masalan, ommaviy axborot vositalari birlamchi axborot manbai, ya’ni, fermerlarni yangi mahsulot turi bilan tanishtiruvchi vazifasini bajargan boʻlsa, fermerlarning oʻzaro muloqoti ular yakuniy qaror qabul qilishiga kuchli ta’sir koʻrsatgan. Bu esa shunday muhim xulosani qilishga imkon bergan: yangi innovatsiyaviy mahsulotni amaliyotga joriy qilishda shtat fermerlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqalar asosiy rol oʻynagan, lekin xabar tarqatishda ommaviy axborot vositalariga oʻta bogʻliqlik yangilikni joriy etishga kuchli turtki bergan. Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi korxonalarining innovatsiyaviy faoliyatini jonlashtirishda, ayniqsa, fermer xoʻjaliklarining ishlab chiqarishga yangiliklarni olib 33 kirish imkoniyatlarini kengaytirishda diffuziya va kommunikatsiya nazariyalari xulosalaridan foydalanish shart. Chunki, nazariy yondashuvlarni bilmasdan turib potentsial xaridorlar bilan ishlash natija bermasligi aniq. Innovatsiyalar diffuziyasi nazariyasiga oid xulosalarga tayanadigan boʻlsak, respublikamizning qishloq xoʻjalik korxonalarida yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini ommaviylashtirishda oliy ta’lim muassasalari negizida innovatsiyaviy laboratoriyalarni tashkil etish va ularni kerak boʻlgan ofis texnikasi va mutaxassislar bilan ta’minlash lozim. Keyingi bosqichda esa, oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari innovatsiyaviy ishlanmalarining 5ta bosqichdan iborat ketma-ketlik asosidagi adaptatsiya tsiklini oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish kerak. Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, shunday xulosa qilish mumkin: -mamlakatimizda bilimlar iqtisodiyotiga oʻtish jarayoni qishloq xoʻjaligida ham agrobiznes tamoyillarini keng qoʻllashni taqozo etmoqda. Buning uchun fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini kuchaytirishga e’tibor qaratibgina qolmasdan, uni kerakli infratuzilma bilan ta’minlash zarur. Bunda oliy ta’lim muassasalari negizida innovatsiyaviy laboratoriyalar tashkil etishga asosiy e’tibor qaratish lozim; innovatsiyaviy mahsulotni ommaviylashtirishda shaxslararo oʻzaro muloqotga asosiy e’tibor berish kerak va tadqiqotchiga istemolchilar bilan samarali muloqot modelidan foydalanishni oʻrgatish zarur. Model potentsial istemolchilar bilan yuzma-yuz muloqot koʻrinishida tashkil etilishi eng yaxshi samara beradi, deb hisoblash mumkin. Biroq, buning uchun koʻrgazmali vositalardan foydalanishga e’tibor berish kerak. Innovatsiyaviy mahsulot yoki yangi ishlab chiqarish texnologiyasini sinovdan oʻtkazish jarayoniga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Chunki, sinovdan oʻtmagan mahsulotni omaviylashtirish uni reklama qilishni ham qiyinlashtiradi. Innovatsiyaviy rivojlanishning metodologik bazasining majburiy elementi sifatida ilmtalab ishlab chiqarishning rivojlanishi darajasi va iqtisodiyotga intellektual resurslarni jalb etish darajasini qayd etish mumkin. Innovatsiyaviy faollikni 3ta daraja boʻyicha tahlil etish mumkin: 1. Global darajada – mamlakatlarning geografik va sotsial-iqtisodiy mezonlariga qarab. 2. Milliy darajada – ma’lum bir mamlakatning rivojlanganlik holati, mavjud muammolar hamda taraqqiyotning kuchli va kuchsiz tomonlariga qarab. 3. Hududiy darajada – mamlakat hududlarining farqlanishiga qarab. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar innovatsiyaviy rivojlanishi modellarining uch turi farqlanadi: 1. Fanda peshqadamlikka, ilmiy ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oladigan, qoida tariqasida, ilmiy-innovatsiyaviy imkoniyatlarning mudofaa sektoridagi ulushi ancha katta boʻlgan keng koʻlamli maqsadli loyihalarni amalga oshirishga qarab moʻljal oladigan mamlakatlar (AQSH, Angliya, Fransiya) 2. Innovatsiyalarni tarqatish, qulay innovatsiyaviy muhitni yaratish, iqtisodiyot strukturasini oqilonalashtirishga qarab moʻljal oladigan mamlakatlar (Germaniya, Shvetsiya, Shveytsariya) 3. Innovatsiyaviy infratuzilmani rivojlantirish, jahon ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlariga ta’sirchanlikni ta’minlash, fan va texnologiyalar sohasida turli 34 sektorlarning harakatlarini muvofiqlashtirish yoʻli bilan innovatsiyalarni ragʻbatlantiruvchi mamlakatlar (Yaponiya, Janubiy Koreya) Iqtisodiyotning innovatsiyaviy taraqqiyoti - bu intellektual salohiyat, ishchi va xizmatchilarning kreativ imkoniyatlari, bilimlari, tovar yaratishdan tortib uni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetib borgungacha barcha bosqichlar boʻlib, bundagi innovatsiyalar korxona strategik rivojlanishining asosiy resursi boʻlib xizmat qiladi. Bugungi sharoitda innovatsiyaviy, aynan bilimlarga asoslangan, malakali ishchi kuchini oʻzida mujassam etgan yuqori fan sigʻimiga ega boʻlgan texnologik iqtisodiyot raqobatbardosh boʻladi. Innovatsiyaviy taraqqiyotda innovatsiyalarning chiziqli modeli bu ishlab chiqilgan fundamental ilmiy gʻoyalar amaliy tadqiqotlar bilan bogʻliqda boʻlishini anglatadi. Ayni paytda innovatsiyalarning koʻp sonli manbalari modelida innovatsiyalar innovatsiyaviy tizimning istalgan qismida yuzaga kelishi mumkin. Mamlakat iqtisodiyotini isloh qilish, tarkibiy jihatdan oʻzgartirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish bevosita yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish, faoliyat koʻrsatayotgan quvvatlarni texnik yangilash orqaligina ta’minlanishini rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi koʻrsatmoqda. Ma’lumki, iqtisodiyotning raqobatbardoshligi turli soha va tarmoqlarda, mikro va makro koʻlamda oʻziga xos shakl va darajalarda namoyon boʻladi. Bu bosqichma-bosqich milliy mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligini oshirishni, buning uchun real iqtisodiy sektor korxonalari hamda milliy soha va tarmoqlar raqobatbardoshligiga erishishni talab etadi. Demak, ta’kidlab oʻtilgan soha va yoʻnalishlarda barqaror oʻsishni ta’minlashning asosiy omillaridan biri raqobat muhitini yaxshilash hisoblanadi. Milliy iqtisodiyot raqobatdoshligini oshirishda tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalash, sanoatda yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish korxonalarini jadal rivojlantirish, faoliyat koʻrsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash, yalpi ichki mahsulotning energiya va material sigʻimini kamaytirish muhim vosita boʻlib xizmat qiladi. Buning uchun albatta, mamlakatda innovatsiyaviy faoliyatni samarali tashkil etish va rivojlantirish zarur. Hozirda rivojlangan mamlakatlar innovatsiyaviy faollikni oshirish, ya’ni, ishlab chiqarishga innovatsiyaviy yondashuv hisobiga sanoat korxonalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratgan. Natijada muayyan tarmoqlarda sanoat ishlab chiqarishining samarali amalga oshirilishi evaziga innovatsiyaviy faollikni yanada kuchayishi kuzatilmoqda. Chunki sanoat korxonalarida innovatsiyaviy mahsulotlar yaratish va xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengayishi oʻz navbatida, ishlab chiqarish jarayonining yangi yoʻnalishlarini joriy qilish, ish oʻrinlarni tashkil etish hamda tashqi aloqalarning kengayishiga sharoit yaratadi. Buni sanoati oʻsib borayotgan xorij mamlakatlari tajribasida koʻrishimiz mumkin. Hozirgi davrda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish borasidagi innovatsiyaviy yondashuvning asosiy maqsadi, birinchidan, ishlab chiqarishni ilmiy hajmdor yuqori texnologiyalar asosida tashkil etish, inson kapitaliga yoʻnaltirilayotgan investitsiya va qoʻyilmalarning salmogʻini oshirish hamda mamlakatdagi barcha ishlab chiqaruvchi, xizmat koʻrsatuvchi sub’ektlar tomonidan xaridorlarni har qanday yangilikka boʻlgan 35 ehtiyojini qondirish hisoblansa, ikkinchidan, ishlab chiqarishda qoʻshilgan qiymatni orttirishdan iborat. Nazorat va muhokama uchun savollar: 1. Innovatsiya haqida tushuncha bering. 2. Innovatsiya turlari? 3. Qishloq xoʻjaligida innovatsiyaviy faoliyat nimadan iborat? 4. Innovatsiyalarning samaradorlik koʻrsatkichlari? Download 123.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling