Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti kafedrasi


Download 123.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi123.68 Kb.
#1634045
1   2   3
Bog'liq
3-Mavzu. Agrobiznesda innovatsion faoliyatni tashkil etish (1)

Texnologik innovatsiyalar, ishlab chiqarish rivojlanishi intensivligi tavsifi boʻla 
turib, ishlab chiqarish vositalari, uslublari, texnologiyalari va ilmiy-texnik taraqqiyotni 
belgilovchi boshqa omillarni oʻz ichiga oladi. 
Tashkiliy, boshqaruv, huquqiy, ijtimoiy va ekologik xarakterdagi innovatsiyalar - 
notexnologik innovatsiyalarga misol boʻla oladi. 
Mahsulot innovatsiyalari yangi mahsulotlar narxini oshirish va sotuvlar hajmini 
oshirish hisobiga daromad oʻsishini ta’minlash imkonini beradi. 
Texnologik innovatsiyalar, resurslar va ishlab chiqarish quvvatlaridan 
foydalanishni optimallashtirish, hamda istiqbolli texnologiyalarni tashkil etish hisobiga 
iqtisodiy koʻrsatkichlarni yaxshilash imkonini beradi. 
Innovatsiyaviy jarayon tuzilmasining tadqiqoti quyidagi sxema mavjudligini 
koʻrsatadi: 
Ilm-fan ^ tadqiqot ^ ishlab chiqish^ ishlab chiqarish ^ sotuv^ iste’mol. 
Yangilik - samaradorlikni oshirish boʻyicha faoliyatning biror sohasidagi 
fundamental va amaliy tadqiqotlar, ishlanma va tajribalar natijasidir. 
Innovatsiya - boshqaruv obʼyektini oʻzgartirish va iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik
ilmiy-texnik va boshqa samara turlarini olish maqsadida yangilikni joriy qilish 
natijasidir. 
Innovatsiyaviy faoliyat ilmiy, ilmiy-texnik natija va intellektual salohiyatni, yangi 
yoki takomillashtirilgan mahsulot (xizmat, jarayon, usul) olish maqsadida qoʻllashga 
yoʻnaltirilgan boʻladi. Bozor sharoitlarida innovatsiyaviy faoliyatning asosiy 
komponentlari boʻlib, innovatsiyaviy faoliyat sohasini tashkil etuvchi yangiliklar, 
investitsiyalar va innovatsiyalar xizmat qiladi. 


28
Innovatsiyaviy jarayon deganda, biz, ilmiy bilimni innovatsiyaga aylanish 
jarayonini tushunamiz, ya’ni xodisalarning shunday ketma-ketligiki unda innovatsiya 
gʻoyadan tortib pirovard mahsulotga aylanadi. Innovatsiyaviy jarayon sxemasi 7.1-
rasmda keltirilgan. 
Innovatsiyaviy strategiyalarning quyidagi turlarini ajratish mumkin: 
1. Hujumkor - oʻz faoliyatini ishbilarmonlik raqobatiga asoslovchi korxonalar 
uchun xarakterli. Bunday strategiya kichik innovatsiyaviy korxonalarga mansub. 
2. Himoya - mavjud bozorlardagi korxona raqobat mavqyeini ushlab turishga 
qaratilgan. Bunday strategiyaning asosiy funksiyasi - innovatsiyaviy jarayonda «xarajat 
- natija» nisbatini faollashtirish. Bu strategiya intensiv ITTKIni talab qiladi. 
3. Imitasion - kuchli bozor va texnologik mavqyega ega korxonalar tomonidan 
foydalaniladi. 
Innovatsiyaviy rivojlanishning metodologik bazasining majburiy elementi sifatida 
ilmtalab ishlab chiqarishning rivojlanishi darajasi va iqtisodiyotga intellektual 
resurslarni jalb etish darajasini qayd etish mumkin. 
Innovatsiyaviy faollikni 3 ta daraja boʻyicha tahlil etish mumkin:
1. Global darajada – mamlakatlarning geografik va sotsial-iqtisodiy mezonlariga 
qarab.
2. Milliy darajada – ma’lum bir mamlakatning rivojlanganlik holati, mavjud 
muammolar hamda taraqqiyotning kuchli va kuchsiz tomonlariga qarab.
3. Hududiy darajada – mamlakat hududlarining farqlanishiga qarab. 
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar innovatsiyaviy rivojlanishi modellarining uch 
turi farqlanadi: 
1. Fanda peshqadamlikka, ilmiy ishlab chiqarish jarayonining barcha 
bosqichlarini 
qamrab 
oladigan, 
qoida 
tariqasida, 
ilmiy-innovatsiyaviy 
imkoniyatlarning mudofaa sektoridagi ulushi ancha katta boʻlgan keng koʻlamli 
maqsadli loyihalarni amalga oshirishga qarab moʻljal oladigan mamlakatlar (AQSH, 
Angliya, Fransiya)
2. Innovatsiyalarni tarqatish, qulay innovatsiyaviy muhitni yaratish, iqtisodiyot 
strukturasini oqilonalashtirishga qarab moʻljal oladigan mamlakatlar (Germaniya, 
Shvetsiya, Shveytsariya) 
3. Innovatsiyaviy infratuzilmani rivojlantirish, jahon ilmiy-texnika taraqqiyoti 
yutuqlariga ta’sirchanlikni ta’minlash, fan va texnologiyalar sohasida turli 
sektorlarning 
harakatlarini 
muvofiqlashtirish 
yoʻli 
bilan 
innovatsiyalarni 
ragʻbatlantiruvchi mamlakatlar (Yaponiya, Janubiy Koreya)
Iqtisodiyotning innovatsiyaviy taraqqiyoti - bu intellektual salohiyat, ishchi va 
xizmatchilarning kreativ imkoniyatlari, bilimlari, tovar yaratishdan tortib uni ishlab 
chiqaruvchidan iste’molchiga yetib borgungacha barcha bosqichlar boʻlib, bundagi 
innovatsiyalar korxona strategik rivojlanishining asosiy resursi boʻlib xizmat qiladi. 
Bugungi sharoitda innovatsiyaviy, aynan bilimlarga asoslangan, malakali ishchi 
kuchini oʻzida mujassam etgan yuqori fan sigʻimiga ega boʻlgan texnologik iqtisodiyot 
raqobatbardosh boʻladi. 
Innovatsiyaviy taraqqiyotda innovatsiyalarning chiziqli modeli bu ishlab 
chiqilgan fundamental ilmiy gʻoyalar amaliy tadqiqotlar bilan bogʻliqda boʻlishini 
anglatadi. 


29

Download 123.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling