Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali «Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat» kafedrasi “Falsafa” fanidan yakuniy nazorat savollari


Diniy tolerantlik madaniyatining mohiyati?


Download 96.82 Kb.
bet42/48
Sana06.02.2023
Hajmi96.82 Kb.
#1170178
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48
Bog'liq
Falsafadan savollar YaN ketidan jaja

Diniy tolerantlik madaniyatining mohiyati?

Tolerantlik (lot. tolerantia — sabrtoqat), bagʻrikenglik — oʻzgalarning turmush tarzi, xulqatvori, odatlari, histuygʻulari, fikrmulohazalari, gʻoyalari va eʼtiqodlariga nisbatan toqatli boʻlish. Hozirgi dunyoda T. oʻta muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning globallashuvi va yanada mobillashuvi, kommunikatsiyalarning tez rivojlanishi, integratsiya va oʻzaro bogʻliklik, keng miqyosli migratsiya va aholining koʻchib yurishi va boshqa jamiyatda T. tamoyilining ahamiyatini kuchaytiradi. Bagʻrikenglik tamoyili aqidabozlikdan, haqiqatni mutlaklashtirihdan voz kechishni anglatadi va inson huquqlari sohasidagi xalqarohuquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni tasdiqlaydi. Bu tamoyilga koʻra, har kim oʻz eʼtiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmogʻi lozim. Bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas. T.ni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim. T.ni har tomonlama qoʻllabquvvatlash maqsadida YUNESKO "Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi"ni qabul qilgan (1995-yil 16 noyabr). Jamiyatda turli xalqlar, millatlar va dinlarning oʻziga xos xususiyatlariga nisbatan T. munosabatini Oʻzbekiston misolida koʻrish mumkin. Mamlakatimizda turli toifadagi odamlar, siyosiy kuchlar va partiyalar oʻrtasidagi hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bagʻrikengliktamoyili ijtimoii taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. Oʻzbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Ular oʻrtasida asrlar davomida milliy nizolar boʻlmagan va bu xalqimizning azaliy bagʻrikengligini koʻrsatadi. 10 dan ziyod konfessiyaga mansub din vakillari yurtimizda hamkor, hamjihat yashab kelayotgani esa dinlararo T.ning yaqqol namunasidir.

  1. Kibermakon va din?

Kibermakon kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan muloqot maydonini ifodalovchi voqelik sifatida 1990 yildan boshlab keng miqyosida rivojlanib, takomillashib kelmoqda.

Ijtimoiy nuqtai-nazardan kibermakon deganda kompyuter tarmog'i orqali bir-biri bilan bog'langan va bir vaqtning o'zida turli geografik nuqtada kesishuvchi har qanday mavjud komp`yuterning grafik sifatidagi ma'lumotlariga o'ralashib qolgan kishilar jamoasi tushuniladi.

Kibermakon”da din niqobidagi “kiberhujum”lar tahdidi - din niqobi ostidagi ekstremistik tashkilotlarning saytlarida asosan davlat to'ntarilishi va xunrezlik urushlari haqida gap boradi. Jumladan, bugungi kunda dunyoda eng katta xavf solib turgan ISHID guruhining internet kibermakonidagi axborot hujumi va tahdidini keltirib o'tish mumkin. Ularda ISHID go'yo Islom yo'lida “qurbon” bo'layotgani aks etgan videolavhalar va fotosuratlar joylashtirilgan.




  1. Download 96.82 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling