Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 254.6 Kb.
|
qurilish tashkl.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilish ishlari
Bosh pudratchi tashkilot - bu buyurtmachi bilan qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlarni olib borish bo‘yicha asosiy shartnomani tuzgan hamda uning bajarilishini to‘liq o‘z zimmasiga olgan qurilish tashkiloti.
Subpudratchi tashkilot - bu bosh pudratchining buyurtmachiga bajarib berishi lozim bo‘lgan qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlarning bir qismini bosh pudratchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan bajarib beruvchi tashkilot. Tanlagan soliq rejimiga ko‘ra qurilish tashkilotlari umumbelgilangan va ixchamlashtirilgan soliq rejimlarida ishlovchi korxonalarga bo‘linadi. Respublikamizning soliq qonunchiligi hujjatlariga muvofiq mikrofirma va kichik korxonalar hisoblangan qurilish tashkilotlari ixchamlashtirilgan soliq to‘lovi rejimida ishlari mumkin. Yirik va o‘rta qurilish tashkilotlari, odatda, umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadilar. Qurilish tashkilotlari faoliyati respublikamizning amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyat turlariga bo‘linadi. Asosiy faoliyatga buyurtmachilar uchun bajarilgan qurilish, qurilish-montaj ishlari, jihozlarni o‘rnatish, rekonstruksiya, kengaytirish, obodonlashtirish, kapital va joriy ta’mirlash ishlari, shuningdek o‘z maqsadlarida foydalanish va sotish uchun mo‘ljallangan qurilish materiallari va moslamalarini ishlab chiqish va shu kabi boshqa ishlar kiradi. Asosiy bo‘lmagan faoliyatga qurilish tashkilotlarining moliyaviy, investitsiya va boshqa faoliyat turlari kiradi. Qurilish tashkilotlari asosiy faoliyatiga kiruvchi ishlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Qurilish ishlari deganda yangi bino va inshoatlarni yaratilishi bilan bog‘liq jarayonlar majmuasi tushuniladi. Yangi bino va inshoatlarni yaratilishi o‘z ichiga loyihalashtirish, qurishga tayyorgarlik, ta’minot, qurish, foydalanishga topshirish kabi jarayonlarni oladi. Har bir jarayon qurilishga doir ma’lum ishlardan tashkil topadi va o‘zining pirovard natijasiga ega bo‘ladi. Qurilishning loyihalashtirish jarayonida yangi bino va inshoatlarni qurishning texnik, texnologik, geodezik, topografik va barcha boshqa jihatlari o‘rganiladi, ularning aniq parametrlari va o‘lchamlari belgilanadi. Qurilish loyihasi, odatda, maxsus loyihalashtirish muassasalari (institutlar) tomonidan buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan loyiha quriladigan ob’ekt joylashgan xududning shaharsozlik bosh loyihasi talablariga zid bo‘lmasligi lozim. Shu bois ham yangi ob’ektlarni qurishdan oldin ularning loyihalari O‘zbekiston Respublikasi «Davarxitektqurilish» qo‘mitasining joylardagi boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ma’qullanadi. Loyihalashtirish jarayonining natijasi bo‘lib yangi quriladigan ob’ektning barcha texnik-iqtisodiy parametrlarini ifodalovchi loyihasi va qurish smetasi hisoblanadi. Qurish smetasida ob’ektni qurish bilan bog‘liq barcha ishlarning hajmi, ularning belgilangan me’yor va tartiblarga muvofiq hisoblangan qiymati ko‘rsatiladi. Loyiha qiymati pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnoma qiymatini belgilashga asos bo‘ladi. Qurishga tayyorgarlik va uning ta 'minot jarayoni buyurtmachi va pudratchi tomonidan amalga oshiriladigan ma’lum ishlardan tashkil topadi. Bu ishlarni bajarish bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari tuzilgan shartnomada o‘z aksini topadi. Masalan, buyurtmachi bu jarayonda o‘z zimmasiga qurish uchun kerakli bo‘lgan materiallarni pudratchiga yetkazib berish, oldindan to‘lov summasining kelishilgan qiymatini (loyiha qiymatining 15 foizdan kam bo‘lmagan qismini) quruvchi tashkilotning hisob raqamiga o‘tkazib berish kabilarni oladi. Pudratchi tashkilot qurish uchun kerakli texnika va jihozlarni qurilish maydonchasiga yetkazish, ularni qurish ishlari uchun tayyorlash va shu kabi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Ob ’ektni qurish jarayoni qurilishning titul ro‘yxatida ko‘rsatilgan ishlarni bosqichma-bosqich loyihani bajarish jadvaliga (grafigiga) muvofiq amalga oshirishdan iborat bo‘ladi. Qurilish ob’ektlarining bitkazilgan, lekin buyurtmachiga hali topshirilmagan qismi tugallanmagan ishlab chiqarish (qurilish ishlari) hisoblanadi. Qurilgan ob ’ektni foydalanishga topshirish qurilishning yakuniy jarayonidir. Bu jarayon qurilishga doir loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, tuzilgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi va mos ravishda «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma - schyot-faktura» bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng qurilgan ob’ekt pudratchi uchun bajarilgan (sotilgan) ish, deb hisoblanadi. Qurilish ishlari o‘z ichiga montaj ishlarini ham oladi. Shu bois birgalikda olib borilgan ushbu ishlar qurilish-montaj ishlari ham deb ataladi. Download 254.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling