Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N
Download 1.88 Mb.
|
Статистика маъруза матнлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha xulosalar
- Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar
Asosiy tushuncha va atamalar
Statistik tekshirish, statistik ma`lumotlarni aniqligi, to`laligi va taqqoslamaligi, tijorat siri va statistik materiallarni konfidentsialligi, statistik yilnoma, O`zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo`mitasi, ma`muriy-idoraviy statistika, xalqaro statistika, xalqaro statistik standartlar, milliy statistik standartlar, kuzatish, hisob (uchot), statistik kuzatish obyekti va birligi, subyekti, hisob va hisobot birligi, kuzatish dasturi, statistik formulyar, yo`riqnoma, statistik kuzatish vaqti va hisobot davri, kuzatish muddati va keskin fursat, kuzatish joyi, so`roqlash, hujjatli kuzatish, respondent, yoppasiga kuzatish, qisman kuzatish, savolnoma (anketa), monografik tasvirlash, asosiy masssivni kuzatish, tanlama kuzatish, statistik hisobot, ro`yxatlar va senzlar, maxsus statistik tekshirishlar, biznes tekshirish, tasodifiy xato, qayd qilish xatosi, muntazam xato, reprezentativlik xatosi, tashqi tekshirish, ichki tekshirish, arifmetik nazorat, mantiqiy nazoratQisqacha xulosalar Statistik kuzatish statistik tekshirishning birinchi bosqichidir. U tasviriy statistikaning asosi, ommaviy hodisa va jarayonlarni o`rganishning eng muhim va mas`uliyatli davri hisoblanadi, chunki tekshirishning pirovard natijasi avvalom bor kuzatish jarayonida to`plangan ma`lumotlarga bog`liq. Aniqlik, to`lalik va taqqoslamalik statistik kuzatishning asosiy ilmiy prinsiplari va qonunidir. Statistik kuzatish hisobdan, oddiy bir predmetli kuzatishdan ko`p jihatlari bilan farq qiladi. Statistik kuzatish har doim ommaviy xarakterga ega, uning obyekti bo`lib ommaviy hodisa va jarayonlar xizmat qiladi. Hisob esa har bir hodisani qayd etadi, u yakkalantirish, yolg`izlantirish xarakteriga ega. Yolg`iz hodisa hisob va bir predmetli kuzatishning obyekti hisoblanadi. Statistik kuzatish hisobni, oddiy bevosita kuzatishni o`z ichiga oladi, chunki ayrim hodisalarni qayd qilish yo`li bilan ularning to`plami haqida ma`lumotlar olinadi. Bu holda ayrim hodisa statistik kuzatish obyektining birligi hisoblanadi. Statistik kuzatish qator dasturiy-uslubiy va tashkiliy masalalarni ilmiy asosda yechishni talab qiladi. U haqqoniy ma`lumotlar yetkazib berishi uchun kuzatish obyekti va birligi to`g`ri aniqlanishi, chegaralanishi, uning dasturi, hujjati (statistik formulyari) va yo`riqnomasi to`g`ri tuzilishi, vaqti va joyi to`g`ri belgilanishi kerak. Boshqa masalalar, chunonchi kuzatish usuli va turi, shakli, yo`llari va hokazolar ham ilmiy asosda yechilishi lozim. To`g`ri, ilmiy asosda deganda zikr etilgan masalalarni yechish jarayonida kuzatilayotgan hodisalarning mohiyatiga ichki bog`lanishlariga, rivojlanish qonun va qonuniyatlariga tayanish zarurligi nazarda tutiladi. Ma`lumki, ular tegishli nazariy fanlar predmeti hisoblanadi, masalan iqtisodiy hodisalar mohiyatini, ularning muhim xususiyatlarini, ichki bog`lanishlarini, rivojlanish qonuniyatlarini yoritish iqtisodiy nazariya va boshqa iqtisodiy fanlar predmetidir. Tarixiy manbalar asosida u yoki bu davrga tegishli buyumlar, ularning xususiyatlari va o`zaro bog`lanishlarini aniqlash, turli joylarda izlanishlar o`tkazib, har xil buyumlar yoki ularning parchalarini topish, topilmalarning xususiyatlarini aniqlash va modullar yasash va hokazolar - bularning hammasi arxeologiya fanining predmeti hisoblanadi. Bunday nazariy ta`limotlarni bilmasdan, ularga tayanmasdan statistik kuzatish obyekti va birligi, uning dasturini muvaffaqiyatli aniqlash va boshqa uslubiy va tashkiliy masalalarni salgina bo`lsada to`g`ri yechish mumkin emas. Statistik kuzatish uch bosqichga ega: 1) kuzatishni tayyorlash; 2) uni amalga oshirish; 3) kuzatish materiallarini qabul qilish. Ular o`zaro bog`langan bo`lib, ma`lum masalalarni yechadi. Hamma bosqichlarda kuzatish natijasida to`planadigan ma`lumotlarning haqqoniyligini ta`minlovchi tadbir-choralar amalga oshirilishi kerak. Agarda birinchi bosqichda yechimlar qabul qilish jarayonida nazariy adekvatlikni ta`minlash tadbir-choralari ko`rilsa, ikkinchi bosqichda ularga qat`iy rioya qilish ustidan uzluksiz nazorat olib boriladi, uchinchi bosqichda esa kuzatish materiallarini har taraflama tekshirish yo`li bilan ulardagi xatolar aniqlanadi va bartaraf etish tadbir - choralari amalga oshiriladi. Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar O`zbekistonda davlat statistikasi qanday tashkil etilgan? Davlat statistika qo`mitasining burch va vazifalari nimalardan iborat va u qanday tuzilgan? Ma`muriy idora statistikasi nima, u qanday ishlar bilan shug`ullanadi? Kuzatish maqsadi va vazifalari deganda nimalar tushuniladi? Kuzatish obyekti nima va u qanday tartibda chegaralanadi? Kuzatish birligi nima? Hisob birligi-chi? Kuzatish subyekti nima? Senz, milliy standartlar va xalqaro standartlar nima, qanday maqsadlarni ular ko`zlaydi? Kuzatish formulyari nima va uning qanday turlari bor? Yo`riqnoma nima va u nima uchun tuziladi? Kuzatish vaqti va joyi deganda nima tushuniladi va qanday tartibda ular aniqlanadi; Kuzatish muddati va keskin fursat nima va ular qanday maqsadlarni ko`zlaydi? Statistik kuzatish hisobdan va oddiy predmetli kuzatishlardan qanday farq qiladi? Voqealarni qayd qilish vaqtiga qarab statistik kuzatishlar qanday turlarga bo`linadi, ularni mazmuni nimalardan iborat? Hodisalarni hisobga olish usuli jihatidan statistik kuzatish qanday turlarga bo`linadi? Yoppasiga kuzatish nima va qanday turlarga bo`linadi? Qisman kuzatish nima? Monografik tasvirlash-chi, asosiy massivni kuzatish-chi, savolnoma orqali kuzatish-chi; tanlama kuzatish-chi? O`zbekiston respublikasida oliy ta`limni qayta qurish masalalarini o`rganish maqsadida statistik kuzatishni o`tkazish ko`zlangan. Kuzatish obyekti nima va uni qanday tartibda chegaralaysiz; kuzatish va hisob birligi nima va uni qanday aniqlaysiz. Kuzatish dasturida qanday savollarni ko`zlash ma`qul. Qanday statistik formulyardan siz foydalangan bo`lar edingiz. Yo`riqnoma tuzish kerakmi, nimalarni unda aks ettirish kerak? Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2006 yildagi asosiy faoliyat turlarini o`rganish uchun statistik kuzatish tashkil etish kerak. Kuzatish obyekti qilib nimalar olinadi, kuzatish birligi-chi? Kuzatish dasturini tuzish uchun eng muhim belgilar qilib nimalarni olish kerak. Universitet qoshidagi gimnaziya, kollej va litseylarni ham kuzatish obyekti tarkibiga kiritish kerakmi? Universitetda yaxshi o`zlashtirish darajasiga erishgan ixtisoslikni aniqlash uchun statistik kuzatish o`tkazish kerak. Kuzatish obyekti va birligi qilib nimani olasiz? Hisob birligi qilib-chi? Kuzatishni qanday turda va usulda o`tkazish ma`qul. Uning dasturi va statistik formulyarini tuzing. Yo`riqnoma tuzasizmi? Nimalarni unda aks ettirasiz. Siz a`zo bo`lgan akadem guruhdagi talabalar bir haftalik vaqt fondidan qanday foydalanayotgani haqida statistik kuzatish o`tkazish kerak. Kuzatishni qanday turda va usulda olib borish ma`qul. Kuzatish vaqti qilib qaysi haftani belgilash lozim. Kuzatish dasturini tuzing va kursdoshlaringiz bilan muhokama qiling. To`planadigan ma`lumotlarni haqqoniyligini ta`minlash uchun tadbir - choralar belgilang. O`z akadem guruhingizda bunday kuzatishni o`tkazib, ilmiy ish yozing. Olingan natijalarni barcha o`quv yurti talabalariga tatbiq qilib bo`ladimi, fakultetga-chi, ixtisoslikka-chi; Aholi ro`yxati nima, so`nggi O`zbekiston aholi ro`yxati qachon o`tkazilgan, bu ro`yxat qanday tartibda amalga oshirilgan, uning dasturida qanday savollar ko`zlangan; Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling