Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N


Bazis vaznli agregat indekslar. Laspeyres indekslari


Download 1.88 Mb.
bet68/97
Sana02.06.2024
Hajmi1.88 Mb.
#1835926
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97
Bog'liq
Статистика маъруза матнлари

11.7. Bazis vaznli agregat indekslar. Laspeyres indekslari
Agregat so`zi lotincha “aggregatus” so`zidan olingan bo`lib, o`zaro biriktirish, birga qo`shish, uzviy birlashtirish degan lug`aviy mazmunga ega. Demak, agregat ko`rsatkichlar turli xil iqtisodiy ko`rsatkichlarni o`zaro biriktirishdan, uzviy birlashtirishdan tuzilgan umumiy , yig`ma, to`plama ko`rsatkichlardir va ular murakkab hodisalarni miqdor sifat aniqligini o`lchaydi.
Ana shunday ko`rsatkichlarni turli davrlar uchun tuzib, ularni o`zaro taqqoslashga asoslangan indekslar agregat indekslar deb ataladi. Ular murakkab iqtisodiy hodisalar o`zgarishini ta`riflaydi.
Agregat indekslar tuzishdagi asosi muammo mohiyatan turli xildagi ko`rsatkichlardan umumiy agregat barpo etish uchun ularni vazminlashtirishdan iborat.
O`z-o`zidan ravshanki, indekslashtirilayotgan hodisalar mazmunan turli xilda bo`lganligi uchun ularning ko`rsatkichlarini bevosita qo`shib bo`lmaydi. Demak, dastlab ularni bir o`lchovli ko`rinishga keltirish lozim, so`ngra agregat ko`rsatkich hosil qilish mumkin. Buning uchun indeksni hisoblash jarayoniga qo`shimcha ko`rsatkich kiritishimiz kerak, ammo u o`zgarmas miqdor bo`lishi shart. Shu bilan birga u ayrim indekslashtirilayotgan ko`rsatkichlar umumiy agregatda qanday vaznda bo`lishini ham aniqlaydi.
Shunday qilib, agregat indeksni umumiy ko`rinishda quyidagicha yozish mumkin:
sifat ko`rsatkichlari uchun (11.24)
miqdoriy ko`rsatkichlar uchun (11.25)
Vazn vazifasini har doim indekslashtirilayotgan hodisa bilan uzviy bog`langan bir iqtisodiy sharoitda shakllanadigan ko`rsatkich bajaradi. U o`zgarmas miqdor maqomida bo`lishi uchun bazis vaznli agregat indekslarni tuzayotganda bazis davr holatida biriktiriladi:
miqdoriy ko`rsatkichlari uchun (11.26)
sifat ko`rsatkichlari uchun (11.27)
Agregat indekslarda vaznlarni bazis davr holatida olish zarurligini 1871 yilda nemis olimi E. Laspeyres asoslagan. Indekslar nazariyasida ular Laspeyres indekslari deb yuritiladi. 12.1-jadvalga binoan,





Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling