15.2. Milliy hisoblar tizimida milliy boylik hajmini aniqlash usuli
Iqtisodiyot har bir sektorning ma’lum momentga nisbatan iqtisodiy ahvoli, uning o’zining xususiy kapitali xajmi bilan baholanadi va u sektorning aktiv va passivlar balansining balanslashtiruvchi moddasida o’z aksini topadi. Balans ikki yoqlama jadvalga o’xshatib tuziladi, uning chap tomonida sektorning aktivlari (moliyaviy va nomoliyaviy), o’ng tomonida esa uning moliyaviy majburiyatlari va o’z kapitalining sof qiymati keltiriladi.
Aktiv va passivlar balansi
Sektor o’z kapitalining sof qiymati, uning aktivlari (moliyaviy va nomoliyaviy) qiymatining, uning moliyaviy majburiyatlariga nisbatan yuqori ekanligini ifodalaydi. Sof qiymat deyilishiga sabab asosiy kapital qoldiq qiymati bo’yicha aks ettiriladi. Bu balans ma’lumotlari asosida sektorning investistion faollik darajasini, ularni moliyalashtirishga extiyojini ishlab chiqarishning material oborot mablag’lar bilan ta’minlanish darajasi va uning samaradorligini tahlil qilish mumkin bo’ladi. Butun iqtisodiyot bo’yicha tuzilgan jamlovchi aktiv va passivlar balansi mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy holatini xarakterlaydi. Uning balanslashtiradigan moddasi bo’lib, milliy boylik ko’rsatkichi hisoblanadi. Shunday qilib, MHT metodologiyasi bo’yicha milliy boylik xajmini aniqlash uchun mamlakat rezidentlarining barcha iqtisodiy aktivlar qiymatlari (moliyaviy va nomoliyaviy) yig’indisidan ularning moliyaviy majburiyatlarini ayirib aniqlanadi. Demak, mamlakat milliy boyligi iqtisodiyot barcha sektorlarining sof kapitali yig’indilariga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |