Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N


Asosiy hisoblamalar va makroiqtisodiy ko’rsatkichlar


Download 1.88 Mb.
bet89/97
Sana02.06.2024
Hajmi1.88 Mb.
#1835926
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   97
Bog'liq
Статистика маъруза матнлари

17.3. Asosiy hisoblamalar va makroiqtisodiy ko’rsatkichlar.
Hisoblamalar MHTning eng muhim qismi hisoblanadi. Ularda institustional birliklar yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, uy xo’jaliklari va h.k.lar amalga oshirgan iqtisodiy operastiyalar qayd etiladi. Qayd etilgan operastiyalar shu mamlakat rezidentlari yoki xorij mamlakatlar rezidentlari orasida amalga oshirilgan bo’lishi mumkin.
Hisoblamalardagi qayd etilganlar alohida iqtisodiy operastiyalarga tegishli bo’lmay, balki iqtisodiy operastiyalar guruhiga tegishli bo’ladi, masalan, iste’mol, jamg’arish, eksport va h.k. ba’zi yozuvlar iqtisodiy operastiyalarga tegishli bo’lmagan (bunda ikki va undan ortiq institustional birliklar orasidagi ixtiyoriy ravishdagi o’zaro bog’lanish nazarda tutiladi), balki ekstraordinar hodisalar (yong’in, tabiiy ofat, urush va h.k.) natijasida aktivlar hajmining o’zgarishini aks ettirishi mumkin.
Hisoblamalardagi ayrim qayd etishlar – iqtisodiy jarayonlar har xil tomonlarini aks ettiruvchi har xil analitik jamlovchi ko’rsatkichlar ham bo’lishi mumkin. Bu ko’rsatkichlarning ko’pchiligi, masalan, qo’shilgan qiymat, jamg’arish, birlamchi daromadlar balans usuli bilan yoki resurs qismi summasi bilan, ulardan foydalanish qismi orasidagi farq sifatida yoziladi. Yuqorida qayd etilganidek, butun iqtisodiyotga taalluqli bo’gan ko’rsatkichlar: masalan, YaIM, milliy daromad, milliy boylik kabi ko’rsatkichlar agregat ko’rsatkichlar bo’lib hisoblanadi.
Tuzilishi bo’yicha MHT hisoblamalari buxgalteriya hisobi hisoblamalariga o’xshaydi. Ular T-formasiga ega bo’lib, ularni balanslashtirishning ikki xil usuli mavjud. Ularning ba’zilari balans usulida yoki balanslashtiruvchi modda so’ngra, keyingi hisoblama uchun boshlovchi modda bo’lib hisoblanadi.
Boshqa hisoblamalar «aniqlash bo’yicha» balanslashtiriladi. Buning mohiyati shundaki, unda hisoblamaning resurs qismi bilan, ulardan foydalanish qismi orasidagi farq aniqlanadi. Shunday hisoblamalardan biri «tovar va xizmatlar» hisoblamasidir. U tovarlar va xizmatlarni xar xil maqsadlarda foydalanishni aks ettiradi: iste’mol, jamg’arish va boshqalar. Bu hisoblamada balanslashtiruvchi modda bo’lmaydi. Ammo agar moddalar to’g’ri aniqlansa, hisoblama avtomatik ravishda balanslashadi. Agar balanslashmay qolsa, u holda hisob-kitob ishlarida noaniqliklarga yo’l qo’yilgan bo’ladi.
MHT hisoblamalarida ikki tomonni bir-biridan ajratish lozim bo’ladi: resurslar va resurslardan foydalanish (bunda buxgalteriya hisobidagi debet va kredit emas). Qayd etish lozimki, har bir hisoblamadagi resurslardagi yozuvlar yig’indisi, resurslardan foydalanishdagi yozuvlar yig’indisiga teng bo’lishi shart.
MHTda hisoblamalarning aniq tasnifi mavjud. Quyidagi hisoblamalar guruhini bir-biridan ajratish lozim:
- iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar;
- iqtisodiyot tarmoqlari uchun hisoblamalar;
- ayrim iqtisodiy operastiyalar uchun hisoblamalar;
- butun iqtisodiyot uchun hisoblamalar (yig’ma hisoblamalar)
Iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar o’z navbatida quyidagi guruhlarga ajratiladi:
- joriy hisoblamalar;
- jamg’arish hisoblamalar;
- aktivlar va passivlar balanslari;
joriy hisoblamalar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- ishlab chiqarish hisoblamasi;
- daromadlarni hosil bo’ishi;
- daromadlarni birlamchi taqsimlash;
- daromadlarni pul formada qayta taqsimlash;
- ixtiyordagi daromadlardan pul formada foydalanish;
- daromadlarni natural formada qayta taqsimlash;
- tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlardan foydalanish hisoblamalari.
Jamg’arish hisoblamalari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- kapital bilan operastiyalar hisoblamalari;
- moliyaviy hisoblama;
- aktiv va passivlardagi boshqa o’zgarishlar hisoblamalari;
a) aktiv va passivlardagi boshqa o’zgarishlar hisoblamalari;
b) aktiv va passivlarni qayta baholash hisoblamalari.
Aktiv va passivlar balanslari o’z ichiga quyidagilarni oladi:
- davr boshidagi aktiv va passivlar balansi;
- davr oxiridagi aktiv va passivlar balansi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning milliy iqtisodiyotga ta’sirini tasvirlaydigan “boshqa dunyo” hisoblamalari.
Iqtisodiyot tarmoqlari orasidagi o’zaro bog’lanish va proporsiyalarni tasvirlaydigan tarmoqlararobalanslar.

Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling