Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N


Download 1.88 Mb.
bet86/97
Sana02.06.2024
Hajmi1.88 Mb.
#1835926
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   97
Bog'liq
Статистика маъруза матнлари

Chizma 1





Asosiy fondlarni eskirish va amortizastiya orasidagi bog’lanish.
Asosiy fondlarning bozor qiymati – u korxona va muassasalarda mavjud bo’gan ob’ektlarni xozirgi holati, fizik va manaviy eskirishi, ulardan amalda va kelajakda foydalanish va foyda olish darajasini, talab va taqdim nisbatini hisobga olgan holda aniqlanadi va shu bahoda korxonalar va muassasalarda ularni sotib yuborishlari mumkin bo’ladi.


15.6. Asosiy fondlarning balanslari, ularning holati va takror ishlab chiqarish ko’rsatkichlari.
Asosiy fondlar doimiy ravishda ham bo’yum shaklida, xam qiymat shaklida o’zgarib turadi.
Ularning ko’payishiga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
- sotib olish;
- yangi qurilish;
- inventarizastiya paytida qayta baholashdagi o’zgarishlar.
Asosiy fondlarning kamayishiga esa quyidagi omillar ta’sir qiladi:
- eskirib ishlab chiqarishdan chiqib ketishi;
- boshqa korxonalarga sotib yuborilishi;
- tabiiy ofatlar natijasida yo’q bo’lishi;
- inventarizastiya paytida qayta baholashdagi o’zgarishlar.
Yuqoridagi o’zgarish omillaridan foydalanib, asosiy fondlarning ikki xil balansi tuziladi:
- to’la boshlang’ich qiymati bo’yicha;
- qoldiq qiymati bo’yicha.
Davlat statistika organlari asosiy fondlar balansini joriy baholarda, o’rtacha yillik baholarda va bazis yili solishtirma baholarda tuzadilar.
To’la boshlang’ich qiymat bo’yicha balans har bir korxona, firma yoki tarmoq bo’yicha hisoblanadi. Bunda odatda birinchi ustunda asosiy fondlarning tasnifi keltiriladi. Kirim va chiqim qismlari esa yanada konkretlashtirilishi mumkin.
Asosiy fondlarning qoldiq qiymati bo’yicha balansida barcha ko’rsatkichlar qoldiq qiymatlarda qatnashib, chiqim qismida qo’shimcha yillik amortizastiya ajratmalari keltiriladi.
Shunday qilib asosiy fondlar balanslarini quyidagicha formula tarzida keltirish mumkin:
- to’la boshlang’ich qiymatda:
F0+Fk-Fch=F
- qoldiq qiymatda:
F01+Fk-Fch1-A=F1
bu erda, F0 va F1 – asosiy fondlarning yil boshi va oxiridagi to’la boshlang’ich qiymatlari;
Fk va Fch – kiritilgan va chiqib ketgan asosiy fondlarning to’la boshlang’ich qiymatlari;
F01 va F11 – asosiy fondlarning yil boshi va oxiridagi qoldiq qiymatlari;
Fch1 – chiqib ketgan asosiy fondlarning qoldiq qiymati;
A – yillik amortizastiya ajratmalari.
Asosiy fondlarning balanslaridagi ko’rsatkichlardan foydalanib ularning xolati va takror ishlab chiqarilishi (xarakati) ko’rsatkichlarini hisoblash mumkin.
Asosiy fondlarning xolat ko’rsatkichlarini eskirish va yaroqlilik koeffistientlari ifodalaydi:
Kesk=F-F1/F x 100; Kyaroq=F1/F x 100
Kesk+Kyaroq=100%
Xolat ko’rsatkichlari odatda yil boshiga va oxiriga hisoblanib, ularni taqqoslash asosiy fondlarning xolati qay tarzda o’zgarganligini aniqlashga imkon beradi.
Eskirish koeffistienti yaroqlilik koeffistienti bilan uzviy bog’liqdir. Eskirish koeffistienti qancha kichik bo’lsa, yaroqlilik koeffistienti shuncha katta bo’ladi va aksincha. Agar koeffistient «1»dan eskirish koeffistientini ayirib tashlasak, yaroqlilik koeffistientiga ega bo’lamiz.
Asosiy fondlarning xarakatini yangilash va chiqib ketish koeffistientlari ifodalaydi:
Kyang=Fyang/F1 x 100; Kchiq=Fchiq/F0 x 100
Bu erda, Fyang va Fchiq - yil davomida yangidan kiritilgan va chiqib ketgan asosiy fondlarning to’la boshlang’ich qiymatlari.
Bu ko’rsatkichlar asosiy fondlar balansi ma’lumotlari asosida tuziladi.
Asosiy fondlar to’liq qiymati bo’yicha balansi (mln.so’m):


Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling