Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N
Milliy hisoblamalar tizimi haqida umumiy tushunchar
Download 1.88 Mb.
|
Статистика маъруза матнлари
17.2. Milliy hisoblamalar tizimi haqida umumiy tushunchar.
MHT – jahonning barcha mamlakatlarida qo’llanilayotgan makrodarajadagi bozor iqtisodiyotining holati va uning rivojlanishini o’rganishda foydalaniladigan zamonaviy axborotlar tizimi bo’lib hisoblanadi. Bu tizimning ko’rsatkchilari va tasniflari o’zida bozor iqtisodiyoti tarkibini, uning institutlari va faoliyat mexanizmini aks ettiradi. MHT davlatni boshqaruvchi organlar tomonidan bozor iqtisodiyotini tartibga solish maqsadida 1953 yildan boshlab, faqat rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qo’llanilgan bo’lsa, xozirgi kunda 150dan ortiq mamlakatlarda qo’llanilmoqda. MHTda buxgalteriya hisobining ba’zi muhim jihatlari (masalan, operastiyalarni ikki yoqlama yozish prinstipi)dan foydalaniladi va uning maqsadi ko’p jihatdan buxgalteriya hisobining maqsadlariga mos tushadi: boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun informastiya bilan ta’minlanadi. Lekin buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlar korxona (kompaniya) darajasidagi qarorlarni qabul qilish uchun foydalanilsa, MHTda esa butun mamlakat iqtisodiyoti bo’yicha qaror qabul qilish uchun foydalaniladi. Shuning uchun u ma’lum darajada butun iqtisodiyotning buxgalteriya hisobi hisoblanadi. «Milliy hisoblar» tushunchasi bundan 50 yilcha avvall gollandiyalik iqtisodchi V.Kliff tomonidan tavsiya etilgan. V,Kliff «Milliy hisoblar» deyilganda buxgalteriya hisobi va balanslardan iborat jadvallar tizimini tushungan va ularda makrodarajadagi iqtisodiyotni tartibga soluvchi yozuvlar o’z aksini topgan. MHTni rivojlantirishda Dj.Keyns katta hissa qo’shgan va u MHTni o’zaro bog’langan ko’rsatkichlar tizimi sifatida qaragan (daromad, iste’mol, jamg’arish) va uning ma’lumotlari davlat organlari tomonidan iqtisodiy siyosatni amalga oshirish va bozor iqtisodiyotini tartibga solish uchun amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishda foydalanilgan. Hozirgi zamon iqtisodiyotida har xil iqtisodiy operastiyalar amalga oshiriladi: korxonalar xom ashyo va materiallar sotib oladilar, har xil mahsulotlar ishlab chiqaradilar, xodimlarga ish haqqi va davlatga soliqlar to’laydilar, banklardan qarzlar oladilar, bo’sh qolgan mablag’larni mashina va uskunalarga investistiya qiladilar va h.k. Iqtisodiy jarayonlarda korxonalardan tashqari quyidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, masalan, moliyaviy tashkilotlar (banklar, investistion fondlar, sug’urta kompaniyalari va h.k.), davlatni boshqaruv organlari, uy xo’jaliklari, xar xil notijorat tashkilotlar (kasaba uyushmalar, siyosiy, diniy tashkilotlar va h.k.) ham qatnashadilar. Ular ham tovar va xizmatlar, pullar, kreditlar, akstiyalar va boshqa moliyaviy vositalar bilan xar xil operastiyalarni amalga oshiradilar. Bundagi barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’zaro birgalikda faoliyat olib boradilar, yangi qiymat yaratish jarayonida tovarlar, xizmatlar va aktivlar bilan almashadilar. Iqtisodiyotda yuz berayotgan hodisalarni va iqtisodiy jarayonlarning muhim natijalarini bilish maqsadida avvalo xo’jalik yurituvchi sub’ektlar haqidagi ma’lumotlarni, ular amalga oshirgan operastiyalari, ularning aktiv va passivlari haqidagi ma’lumotlarni tartibga solish lozim bo’ladi. Bunday tartibga solish MHT doirasida maxsus qoidalar va jarayonlar asosida amalga oshiriladi. Ularning maqsadi: makrodarajadagi iqtisodiyotning holati va rivojlanishini yoritish, muhim makroiqtisodiy ko’rsatkichlar: yalpi ichki mahsulot, oxirgi foydalanish, investistiyalar, jamg’arish, ixtiyordagi daromad va h.k. orasidagi bog’lanishlarni bilish va h.k. Bunday tartibga keltirish natijasida olingan ma’lumotlar quyidagi ishlarni amalga oshirishda qo’llaniladi: - davlat boshqaruv organlari tomonidan makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun; - korxonalar va kompaniyalarni boshqarayotgan tadbirkorlar va biznesmenlar tomonidan mamlakatdagi umumiy makroiqtisodiy holatni o’rganish uchun; - xalqaro tashkilotlar (BMT, XVF, Jahon banki, OESR) tomonidan xalqaro iqtisodiy bitimlarni tuzishda (masalan, mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida yordam ko’rsatish, kreditlar berish va h.k.). Xalqaro tashkilotlar faqat MHTdagi muhim iqtisodiy ko’rsatkichlarni yig’ishi bilan emas, balki ular MHTning nazariyasi va metodologiyasi bilan, xalqaro andozalarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanadilar. Hozirgi vaqtda shunday andozalar sifatida BMTning statistik komissiyasi tomonidan 1993 yilda ishlab chiqarish andozalar qo’llanilmoqda. MHTni o’z funkstiyasini to’liq bajarishi uchun «iqtisodiy ishlab chiqarish» chegarasini ya’ni YaIM va milliy daromadni yaratish qaerda, qanday chegarada amalga oshirilayotganini bilish nihoyatda muhim hisoblanadi. Ma’lumki, bunday chegara ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi natijasida o’zgarib boradi. Bunday chegarani aniqlashda quyidagi iqtisodchi olimlarning: F.Kene, A.Smit, K.Marks, A.Marshall va boshqalarning ilmiy ishlari katta ta’sir ko’rsatgan. SSSR davrida makroiqtisodiyotni tahlil qilish uchun qo’llanilgan xalq xo’jaligi balansida iqtisodiy faoliyat chegarasiga faqat moddiy ne’mat ishlab chiqarish soha tarmoqlari kiritilgan. Nomaterial xizmat ko’rsatuvchi soha tarmoqlari (boshqaruv, mudofaa, sog’liqni saqlash, ta’lim va h.k.) esa ishlab chiqarmaydigan sohaga kiritilgan. Bu sohada faqat milliy daromadni qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish jarayoni amalga oshiriladi deb qaralgan. MHT da iqtisodiy ishlab chiqarish chegarasi kengaytirilgan va bunda quyidagi tovar va xizmatlar unga kiritilgan: - tovarlar ishlab chiqarish, shu jumladan, o’zi uchun ishlab chiqarish ham (masalan, fermerlar tomonidan o’zi uchun ishlab chiqargan qishloq xo’jaligi mahsulotlari); - sotish uchun ko’rsatilgan xizmatlar; - moliyaviy vositalar faoliyati (banklar, investistiya fondlari, sug’urta kompaniyalari va h.k.); - davlatni boshqaruv organlari tomonidan ko’rsatilgan nobozor xizmatlar (boshqaruv sohasidagi jamoa xizmatlari, mudofaa, sog’liqni saqlash, ta’lim sohasidagi yakka holdagi xizmatlar va h.k.); - yollanma xizmati (oshpaz, bog’bon, haydovchi)lar tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar - uy joy egalari tomonidan o’zlariga ko’rsatilgan xizmatlar. MHTning yana bir muhim yo’nalishi «daromad» ko’rsatkichini hisoblashga qaratilagan. Ingliz iqtisodchi olimi Dj.Xiks ta’limotiga ko’ra «daromad» bu o’zining to’plangan boyliklarini kamaytirmagan holda o’ziga hech qanday moliyaviy majburiyatlarni olmagan holda iste’mol tovarlari va xizmatlarini sotib olishi mumkin bo’lgan maksimal pul summasidan tashkil topadi. MHTning yana bir yo’nalishi bu ishlab chiqarish omillarining qiymatni yaratishdagi rolini aniqlashga qaratilgan. Avvalgi davrda qiymatni faqat tirik mehnat yaratadi deb qaralgan bo’lsa, MHT ta’limotiga asosan er va kapital ham xuddi mehnat kabi qiymat yaratishda qatnashadi deb qaraladi. 1993 yilda qabul qilingan MHTning yana bir muhim hususiyati shundan iboratki, unda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar quyidagi 5ta institustional sektorlar bo’yicha guruhlarga ajratilgan: 1. nomoliyaviy korporastiyalar va kvazikorporastiyalar; 2. moliyaviy korporastiyalar va kvazikorporastiyalar; 3. davlatni boshqarish; 4. uy xo’jaligi; 5. uy xo’jaliklari xizmatidagi notijorat tashkilotlar. Xar bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt iqtisodiy jarayondagi bajarayotgan funkstiyasiga qarab, yuqoridagi sektorlarning biriga kiritiladi. Masalan, nomoliyaviy korporastiyalarning funkstiyalari tovarlar ishlab chiqarish va nomoliyaviy xizmatlar ko’rsatishdan iborat. Ular ishlab chiqargan tovarlar bozorda ishlab chiqarish xarajatlarini qoplovchi va foyda olishni ta’minlovchi baholarda sotadilar; moliyaviy korporastiyalarning funkstiyasi bo’sh qolgan moliyaviy mablag’larni bir joyda to’plab, ularni investorlarga ma’lum shartlar asosida beradilar. Shunday qilib, moliyaviy korporastiyalar resurslarni saqlovchilar va investistiyalarni moliyalashtiruvchilar orasida vositachi rolini o’ynaydilar. Davlatni boshqarish muassasalarining funkstiyasi milliy boylik va milliy daromadni qayta taqsimlash, shuningdek, butun jamiyatga bepul xizmat ko’rsatish (boshqarish, mudofaa, ilmiy tadqiqotlar va h.k.). Uy xo’jaligiga kiritilgan birliklar o’z ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish jarayonida qatnashadilar va bozorda tovarlar va xizmatlarni sotib oladilar. Bundan tashqari uy xo’jaliklari kichik nokorporativ korxonalarni (fermerlar, oilaviy restoran, magazinlar va h.k.) egalari hisoblanadi. Bu nokorporativ korxonalar bozorda sotish uchun tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradilar, bundan tashqari yana o’z ehtiyojlarini qondirish uchun ham ishlab chiqaradilar. Nokorporativ korxonalar faoliyatining moliyaviy natijasi bo’lib, aralash daromad hisoblanadi va u, ham foyda elementlarini, ham ish xaqqini o’z ichiga oladi. Nokorporativ korxonalarning uy xo’jaliklari tarkibiga kiritilishiga sabab, ularning daromad va harajatlarini o’z egalarining daromad va harajatlardan ajratish qiyin bo’lgan. Uy xo’jaliklari xizmatidagi notijorat tashkilotlarning (ijtimoiy, siyosiy, diniy tashkilotlar) funkstiyalari shu tashkilotlar a’zolariga bepul xizmat ko’rsatishdan iborat. Shunday qilib, MHTda behisob miqdordagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarningbarchasi beshta nisbatan bir xil guruhlarga – sektorlarga birlashtirilgan. MHTdahar bir sektor uchun andozaviy hisoblamalar yig’indisidan foydalaniladi va quyidagi operastiyalar: ishlab chiqarish, daromadlarni hosil bo’lishi, daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ularni saqlash va jamg’arish, moliyaviy aktivlarni sotib olish va moliyaviy majburiyatlar olish kabilar hisobga olinadi. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling