Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti soatov n. M., Nabiev g. N., Sayfullaev s. N
Download 1.88 Mb.
|
Статистика маъруза матнлари
1) Ish oyi uzunligidan (kunlar) foydalanish Kt = 21/20 =1,050 yoki 105,0% 2) Ish kuni uzunligidan (soat) foydalanish Kt = 6,7/7,0 = 0,959 yoki 95,9% 3) Ish vaqtidan to’liq foydalanish Kt = 1,05 x 0,959 = 1,008 yoki 100,8% Demak korxonada ish oyi uzunligidan (kunlar) bo’yicha foydalanish joriy davrda bazis davrga nisbatan 5,0%ga ortgan, ish kuni uzunligidan (soat) foydalanish 4,1%ga kamaygan. Natijada ish vaqtidan to’liq foydalanish darajasi joriy davrda bazis davriga nisbatan 0,8% ortgan. Amaliyotda quyidagi ish vaqti fondlarini bir-biridan ajratish lozim: 1. Kalendar ish vaqti fondi – korxona barcha xodimlariga to’g’ri kelgan kalendar kunlar sonini ifodalaydi va u quyidagicha hisoblanishi mumkin: - o’rtacha ro’yhatdagi xodimlar sonini shu davrdagi kalendar kunlar soniga ko’paytiriladi; yoki - ishga kelgan va kelmagan kishi-kunlar soni qo’shiladi. 2. Tabel vaqt fondi – ni aniqlash uchun kalendar vaqt fondidan bayram va dam olish kunlari ayriladi; 3. Eng ko’p imkoniyatli ish vaqt fondi – ni aniqlash uchun tabel ish vaqti fondidan navbatdagi mexnat tatili kunlari ayriladi. Bu fond “Mexnat xaqida”gi qonunga asosan foydalanish mumkin bo’lgan eng katta ish vaqti salohiyatini bildiradi. Masalan, korxona bo’yicha mart oyida quyidagi ma’lumotlar berilgan (kishi-kunlarida) xodimlar tomonidan ishlangan kishi-kunlar – 5868; kun bo’yi to’xtab turishlar – 200; ishlanmagan kishi-kunlar – 3032, shu jumladan, navbatdagi tatillar – 480; dam olish kunlari – 2400; O’rtacha ro’yhatdagi xodimlar soni – 300 kishi; ushbu ma’lumotlar asosida quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblash mumkin: 1) ishga kelgan kishi kunlar soni – ishlangan kishi – kunlar va kun bo’yi to’xtab turishlar soni yig’indisiga teng. 5868+200 =6068 kishi/kuni 2) kalendar ish vaqti fondi 6068+3032 =9100 kishi/kuni 3) tabel ish vaqti fondi 9100-2400 =6700 kishi/kuni 4) maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi 6700-480 =6220 kishi/kuni 5) may oyidagi kalendar vaqt fondi (agar o’rtacha ro’yhatdagi xodimlar soni o’zgarmay qolsa) 300 x 31 =9300 kishi/kuni 4. Ishlangan ish vaqti fondi. Ishlangan kishi/soatlar soniga xodimlarning ishlagan barcha soatlari kiritiladi (bayram va dam olish kunlari, hamda odatdan tashqari ishlangan soatlar ham qo’shiladi). Ammo bunga smenalar ichidagi to’xtab turishlar, betobligi sababli ishga kelmaslik, mexnat ta’tillari va shunga o’xshashlar qo’shilmaydi. Odatdan tashqari ishlangan vaqtlar – qonunda belgilangandan tashqari vaqtlardagi ish soatlari kiritiladi (bayram va dam olish kunlari, smenadan tashqari ishlangan vaqtlar va h.k.). 5. To’langan kishi-soatlar soni – bu xodimlar tomonidan ishlangan kishi-soatlar va ishlanmagan bo’lsa ham, ammo haqqi to’langan soatlardan tashkil topadi. Ko’rsatkichda yillik mexnat tatili vaqti, qo’shimcha va o’quv tatillari vaqti, rahbariyat qarori bilan berilgan ta’tillar vaqti, malaka oshirish tizimida o’tkazilgan vaqt, qishloq xo’jaligi va boshqa ishlarga jalb qilingan vaqt, 18 yoshga etmagan o’smirlar uchun qisqartirilgan ish vaqti kiritiladi, ammo betob bo’lgan vaqt uchun to’lovlar ijtimoiy fondlardan to’langan uchun to’langan soatlar kiritilmaydi. Ish vaqti fondlaridan (kalendar, tabel, maksimal imkoniyatli) foydalanish koeffistienti quyidagicha aniqlanadi: Bu koeffistient taaluqli vaqt fondining qancha qismi amalda foydalanilganini ifodalaydi. Maksimal imkoniyatli vaqt fondi tarkibini o’rganish uchun ushbu vaqt fondi 100% deb olinadi va quyidagilar necha foizni tashkil etishi aniqlanadi: 1) ishlangan vaqt; 2) uzrli sabablar bilan ish vaqtini yo’qotish (shu jumladan, ayrim sabablar bo’yicha); 3) uzrli sabablar bilan ish vaqtini yo’qotish (shu jumladan, ayrim sabablar bo’yicha). Masalan, avvalgi misoldagi ma’lumotlar asosida quyidagilarni aniqlaymiz: amalda ishlangan vaqt, kalendar vaqt fondining 64% ini tashkil etgan (5668/9100 x 100 = 64%); tabel ish vaqti fondining 87,4% (5668/6700 x 100 = 87,4%); maksimal imkoniyatli ish vaqti fondining 94,2% (5668/6220 x 100 = 94,2%) tashkil etgan. Binobarin, bunda ish vaqtini yo’qotish 3,5%ni, uzurli sabablar bilan yo’qotish esa 2,2%ni (1336/6220 x 100 = 2,2%) tashkil etgan. Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling