Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


Sotsial institut tushunchasi va uning vazifalari


Download 0.98 Mb.
bet48/108
Sana03.12.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1801317
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   108
Bog'liq
Sotsiologiya darslik

Sotsial institut tushunchasi va uning vazifalari

Sotsial institut tushunchasi etimologik jihatdan lotincha “institutum” so’zidan olingan bo’lib, nizom, qoidalar yoki ularning to‘plami, mahkama, muassasalar, deya tarjima qilinadi. Sotsiologiyaga sotsial institut tushunchasi huquqshunoslik fanlaridan kirib kelgan. Yurisprudentsiyada sotsial institutlar deyilganda, ijtimoiy – huquqiy munosabatlarni idora qiladigan huququiy normalar tushuniladi.
Sotsial institut – sotsial guruh va individlar tomonidan insonlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan normalar asosida bajarilgan sotsial harakatlarning qat'iy strukturasi.
G.Spenserning fikricha, sotsiologiyaning asosiy vazifasi sotsial institutlarning funksiyalarini o‘rganishdan iborat. Olim sotsial quyidagi holatlarni sotsial institut sifatida baholagan:
- davlat va cherkov vositasida sotsial nazoratni amalga oshiruvchi regulyativ tizim
- munosabatlarni nazorat qiluvchi urf-odatlarni ta'minlovchi status va ranglarni qo‘llab-quvvatlovchi tizim
- maqsadga yetkazuvchi hamkorlikni ta'minlaydigan distributiv tizim.
S.Frolov g‘arb sotsilogik adabiyotlarining tahlili asosida sotsial institutga quyidagicha ta'rif bergan: “sotsial institut - bu jamiyat sotsial ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ijtimoiy qadriyat va protseduralarni o‘z ichiga oluvchi tartibga solingan sotsial aloqalar va normalar tizimi96”. Misol uchun oila instituti o‘z ichiga er, rafiqa, farzand, qaynota, qaynona, buvi, bobo kabi sotsial rol va sotsial statuslarni qamrab oladi. Oiladagi ijtimoiy qadriyatlar sifatida muhabbat, farzandlarga nisbatan mehrli munosabat, oilaviy hayot namoyon bo’ladi. Farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanish, farzandlarning jismoniy rivojlanishini tashkil etish, oilaviy tartib va burchlar ijtimoiy protseduralar sifatida baholanishi mumkin.
Ko‘rib turganimizday, institut – bu ijtimoiy sinf emas. Masalan, boylar sinfi yoki ijtimoiy guruh, aytaylik barcha nafaqaxo‘rlar. Ular ham, bular ham – insonlar yig‘indisi. Sotsial institut esa mexanizm yoki muassasalar yig‘indisidir. Ammo elementlarning mexanik yig‘indisi emas. Istalgan muassasaga yoki ijtimoiy tashkilotga nazar tashlasak, u yerda aniq yo‘lga qo‘yilgan nazorat, rejalashtirish, hisob, xodimlar shtati, binolar va uskunalar, boshqaruv pog‘onasini va boshqa narsalarni ko‘ramiz.
Shunday qilib, sotsial institut bir tomondan me’yorlar yig‘indisi, ikkinchi tomondan rollar va mavqe’lar yig‘indisi sifatida baholanishi mumkin. Demak, sotsial institut – me’yorlar va ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini tartibga soluvchi muassasalar yig‘indisidan hamda muayyan ijtimoiy ehtiyojni qondirish uchun mo‘ljallangan rollar va mavqe’larning yig‘indisidan iborat.
Sotsial institutlarning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular quyidagilar:

  1. Asosiy ehtiyojlarni qondiruvchi sotsial harakat va sotsial amaliyotning qat'iy tartiblangani strukturasining mavjudligi

  2. Institut faoliyati amalga oshadigan rasmiy va norasmiy normalar, stereotiplar, xulq-atvor normalarining borligi

  3. Normalar bilan belgilangan status va rollar

  4. Sotsiomadaniy simvol va urf-odftlarning mavjudligi

  5. O‘zini – o‘zi tashkil etish va boshqarish organlarining mavjudligi.

Sotsial institut strukturaviy jihatdan o‘z ichiga quyidagi komponentlarni qamrab oladi:

  • Sotsial sub'ektlar, ya'ni shaxs va guruhlar

  • Institut faoliyatiga bo‘lgan asosiy ehtiyoj, maqsadlar, vazifalar, tamoyillar

  • Asosiy normativ ustanovkalar. Ular asosida institut va undagi status, rollar o‘z faoliyatini olib boradi

  • Institutning asosiy va yondosh funksiyalari

Har bir sotsial institut quyidagilarga tashkiliy elementlariga ega bo’ladi97:

  • o‘z faoliyatining ma’lum darajada aniq shakllangan maqsadlariga;

  • individlarga belgilangan ijtimoiy mavqe’ va rollarning to‘plamiga;

  • individlarning xulq-atvorini nazorat qiladigan sanksiyalar tizimiga;

  • ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan aniq xususiy vazifalarga;

  • harakat qilayotgan individlar o‘rtasidagi hamjihatlikni ta’minlash vazifasiga.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling