Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»
Jamoatchilik fikri tushunchasining mohiyati, sub'ekti, ob'ekti, xususiyatlari
Download 0.98 Mb.
|
Sotsiologiya darslik
Jamoatchilik fikri tushunchasining mohiyati, sub'ekti, ob'ekti, xususiyatlari
Jamoatchilik fikrini amaliy sotsiologik jihatdan o‘lchash va o‘rganish jarayoni X1X asrda AQShda boshlangan bo‘lib, ular jamiyatda iqtisodiy muammolar va siyosiy vaziyat, ya'ni saylovlar va partiyalarning faoliyati borasida axborot olishga bo‘lgan katta ehtiyoj tufayli yuzaga kelgan. Jamoatchilik fikri sotssiologiyasi sotsiologiyaning eng ko‘p talab qilinayotgan yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning asosiy maqsadi jamoatchilik fikrini o‘rganishdagi samarador mexanizm va texnologiyalarni yaratishdan tashqari, uni tashkil etish va dinamikasini aniqlashdan iborat. Bunda jamoatchilik fikrining ob'ekti va sub'ektini o‘rganish, muhim sotsial institut sifatidagi faoliyatining muhim tendensiyalarini ochib berish muhim kahamiyat kasb etadi. Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi nisbaatn yosh yo‘nalitshlardan biri bo‘lib, u fuqarolik jamiyatining rivojlanishidan darak beradi. XXasrning o‘rtalaridan boshlab fanda jamoatchilik fikri va uning haqqoniyligi kabi masalalarga nisbatan shubha bilan qarash urf bo‘lgan. Bu jamoatchilik fikrii sotsiololgiyasining o‘rganish doirasini qator yangi muammolar bilan boyitib, tadqiqot uchun zamin yaratmoqda. Ko‘p hollarda oddiy xalq va olimlar o‘rtasida ham jamoatchilik fikrining muhimligi va haqqoniyligi juda past baholanishi kuzatilmoqda. Misol uchun P.Burdening “Jamoatchilik fikri mavjud emas” nomli dokladi yoki U.Lippmanning “jamoatchilik fikri ratsional emas, yetarlicha emotsional va voqyealar rivojidan ortda qoladi, shuning uchun jamoatchilik fikrini boshqaruv qarorlarini qabul qilish paytida asos sifatida qabul qilib bo‘lmaydi”, degan fikrlari139 . XX asrda jamoatchilik fikri sotsiologiyasi boshqa sotsiologiya yo‘nalishlari orasida o‘zining mustahkam o‘rnini egallab oldi. AQShda jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi firmalar tarmog‘i shakllarndi. Ularning eng yirigi Djordj Gellappning xalqaro tarmog‘i sanaladi. yevropada Germaniyada faoliyat olib boruvchi demoskopiya Instituti mashhur. Fransiyada J.Stetsel jamoatchilik fikrini o‘rganish masalasini institutlashuviga yirik hissa qo‘shgan bo‘lib, ko‘p yillar davomida “Zondaj” nomli jurnalni chop ettirgan. Bugungi kunda “Gellapp interneyshnl” xalqaro tarmog‘i Shimoliy Amerika va yevropaning deyarli barcha mamlakatlarini qamrab olgan va ularda faoliyat olib boradi. Jamoatchilik sotsiologiyasi XX asrda sotsiologik bilimning tarmog‘i sifatida shakllangan. Sotsiologik nuqtai nazardan jamoatchilik fikri murakkab sotsial kompleks bo‘lib, uni o‘rganishda uch xil yondashuv nuqtai nazaridan amalga oshiriladi. Ma'naviy hayotning mental komponenti. O‘ziga xos sotsial jarayon. O‘ziga xos sotsial institut. Jamoatchilik fikri – ommaviy ongning o‘ziga xos shakli bo‘lib, u orqali jamiyatda sodir bo‘layotgan jarayonlar, hodisalar, muammolar, davlat arboblari, faktlarga nisbatan ijtimoiy bahoni, xalq manfaatlarini hamda ma'naviy-amaliy yondashuvini bilish mumkin. Jamoatchilik fikrining mohiyati quyidagi holatlarda o‘z aksini topadi. Birinchidan, jamoatchilik fikri jamiyatdagi insonlarning tafakkuri mahsuli. Ikkinchidan, jamoatchilik fikrining shakllanishidan ijtimoiy manfaat va ehtiyojlar asosiy tanlov sharti sanaladi. Uchinchidan, insonlarning ommaviy tafakkur mahsuli sanalagan fikrlarining ob'ektivligi turli xil darajada bo‘ladi va ba'zan xato bo‘lishi ham mumkin. To‘rtinchidan, jamoatchilik fikri keng jamoatchilikni faoliyatga rag‘batlantiruvchi fikr snaladi. Beshinchidan, jamoatchilik fikri jamiyatda faoliyat olib boruvchi turli bilim darajasi va ko‘nikmalarga eg bo‘lgan, yosh jihatidan va boshqa kriteriylar asosida farqlanuvchi individlar fikrlarining yig‘indisi sanaladi. Jamoatchilik fikrining sub'ekti – keng jamoatchilik bo‘lib, o‘zining ichki strukturasiga ega bo‘ladi va uni sotsiologik jihatdan o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Ularga sinflar, tabaqalar, guruhlar, yakka shaxslar kiradi. Mazkur birliklar doirasida jamoatchilik fikri shakllanadi. Jamoatchilik fikrining ob'ekti – bu jamoatchilik fikri nima borasida shakllanganligidir, ya'ni jamiyatdagi biror dolzarb muammo, qandaydir fakt, holat yoki shu kabilar. Ob'ekt qay darajada inson manfaatlariga tegishli bo‘lsa, jamoatchilik fikrini shu darajada relefliroq bo‘ladi. Misol uchun ekologik muammolar yoki jamiyatdagi sotsial tengsizlik masalasi. Jamoatchilik fikrining xususiyatlari: Asos (bazis) xususiyatlari Institutsional xususiyatlar Instrumental xususiyatlar. Jamoatchilik fikrining asos xususiyatlariga dixotomik reflektivlik (aks ettirish) va substansional yo‘nalganlik kiradi. Jamoatchilik fikrining institutsional xususiyatlariga jamoatchilik fikrining shakllanganlik darajasi, harakatda namoyon bo‘lishi, ma'lum vazifalarga yo‘nalganligi, ma'lum vazifalarga ega bo‘lishi kiradi. Jamoatchilik fikrining instrumental xususiyatlari, ya'ni jamoatchilik fikrining miqdoriy ko‘rsatkichlariga masshtablilik, jamoatchilikfikrining geografik tarqalganligi, o‘zaro bog‘liqligi, bir xil elementlardan tashkil topishi, intensivligi, qat'iyligi, modalligi kiradi. Modallik jamoatchilik fikri strukturasidagi asosiy baholarning taqsimlanishi va mutanosibligini belgilaydi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling