Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


Jamoatchilik fikrining shakllanishi va uni o‘rganish metodologiyasi


Download 0.98 Mb.
bet72/108
Sana03.12.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1801317
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   108
Bog'liq
Sotsiologiya darslik

Jamoatchilik fikrining shakllanishi va uni o‘rganish metodologiyasi

Jamoatchilik fikri shakllanishi davomida paydo bo‘lish, shakllanish va faoliyat bosqichlarini bosib o‘tadi. Jamoatchilik fikri stixiyali yoki ongli ravishda shakllanishi mumkin.
Jamoatchilik fikrini shakllantirishning o‘ziga xos usullari mavjud. Ularga singdirish, ishontirish, taqlid usullari kiradi. Jamoatchilik fikrini shakllantirish kanallariga esa ommaviy axborot vositalari, og‘zaki tashviqot, siyosiy targ‘ibot, shaxslararo munosabatlar kiradi.
Jaomatchilik fikrining shakllanish bosqichlari o‘z ichiga individual fikrlarning paydo bo‘lishi, fikrlar almashinuvi, ko‘plab fikrlarning o‘zaro moslashishi asosida yagona fikrning hosil bo‘lishi hamda faoliyatga kiritilishini oladi. Kundalik hayotimizda jamoatchilik fikrining shakllanish bosqichlari hammasi birgalikda amalga oshirilib, o‘ziga xos ko‘tarilish va tushishlardan iborat bo‘ladi. Har daqiqa biror yangi individual, guruhiy yoki jamoatchilik fikri shakllanadi.
Jamoatchilik fikri deyarli har doim o‘zining sardorlariga, boshchilariga ega bo‘ladi. Urug‘chilik jamoasida bu yoshi ulug‘ oqsoqollar bo‘lgan, keyinchalik esa diniy rahnamolar, zodagonlar, partiya rahbarlari va h.k. Ular o‘z ta'sir doirasi orqali jamoatchilik fikrini boshqarib, nazorat qilib turishgan.
Bugungi kunda jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi maxsus mutaxassislar – ideologlar, mafkurani targ‘ib etuvchilar mavjud. Ular jamiyatda ma'lum fikrning ustun bo‘lishini ta'minlash vazifasini bajarishadi. Bunda odatda propaganda (tashviqot), senzura, sotsial psixologiya usullaridan keng foydalaniladi.
Shakllangan jamoatchilik fikri integrativ xarakterga ega bo‘ladi. U fikrlarning umumiy yig‘indisi emas, balki umumiy ongning namoyon bo‘lgan shakli sanaladi. Shakllangan jamoatchilik fikrining tarkibini aksariyat baholar tashkil etadi. Bu baholar ba'zi hollarda aldamchi bo‘lishi ham mumkin.
Jamoatchilik firkini o‘rganishning asosini unining metodika va metodologik bazasi, jumladan so‘rovnomani tuzish usullari va yo‘llari tashkil etadi. Gellap institut tomonidan XX asrning 40 yillarida saylov kampaniyalarining yo‘nalishini va rivojlanishini bashorat qilish tajribasini o‘rganish natijasida jamoatchilik fikrini o‘rganish metodikasini takomillashtirish maqsadida besh o‘lchovli rejasini ishlab chiqilgan.
Unga ko‘ra, mazkur jarayonda eng asosiysi savolni tanlash va uni ifoda etish ekanligi aniqlandi. Mazkur sohada aniqlangan kamchiliklar to‘g‘ri qo‘yilmagan va sifatsiz savollar tufayli ekanligi aniqlandi. Misol uchun savol o‘rganilayotgan predjmet yuzasidan ma'lumotga ega bo‘lmagan pinsonlarga berilgan; savolga javobni o‘ylamasdan avtomatik beruvchilar hamda savolnio‘ylab, baholab javobberuvchilar o‘rtasidagi farq inobatga olinmagan; savollar turli guruhlar tomonidan turlicha baholanishi mumkin bo‘lgan, ya'ni ikki xil ma'noga ega bo‘lgan; ayrim savollarga bitta tugal javob berish imkoni bo‘lmagan; nima sababdan respondent ma'lum fikrni yoqlagani ex'tiborga olinmagan.
Gellappning rejasiga ko‘ra, jamoatchilik fikrining beshta xususiyati e'tiborga olinishi kerak:

  1. respondentning so‘ralayotgan predmet yuzasidan ma'lumotga egaligi

  2. respondentning umumiy nuqtai nazari

  3. nima sababdan respondent ma'lum qarashlarning tarafdori ekanligi

  4. muammoning o‘ziga xos tomonlari yuzasidan respondentning fikrlari

  5. bildirilayotgan fikrning intensivligi, ya'ni jadalligi.

Gellappning besh o‘lchovli rejasida besh xil turdagisavollardan foydalaniladi. Bular filtr savollar, ochiq savollar, sababiy savollar, o‘ziga xos savollar, fikrning jadalligini aniqlovchi savollar. Bugungi kunga kelib sotsiologiyaning rivojlanishi tufayli uning metodika va metodologiyasida ko‘plab o‘zgarishlar yuz berdi. Jumladan, savollarning ko‘plab turlari ishlab chiqilib, ularning shakllari takomillashib bormoqda. So‘rovlar mintaqaviy va umummilliy darajada o‘tkazilmoqda. Undan tashqari buyurtmachining talabiga binoan yopiq so‘rov tadqiqotlari; turli tadqiqot institutlarining eksperimental so‘rovlari olib borilmoqda. Ularning amaliy va nazariy ahamiyati yuqori bo‘lib, jamiyat va alohida buyurtmachilarning maqsadlaridan kelib chiqqan holda jamoatchilik fikrining ma'lum jabhalarini va baholovchi fikrlarini, fikrning rivojlanish tendensiyalarini aniqlash imkonini beradi.
Shundan kelib chiqqan holda bugungi kunda jamoatchilik fikrnini o‘rganishning va qayd etishning quyidagi shakllarini ko‘rsatish mumkin140:
1. Elektoral (saylovlar paytida)
2. Plebessentar (umumxalq muhokama)
3. Kommunikativ (prezidentning xalq bilan muloqoti)



  1. Download 0.98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling