Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Download 2.84 Mb.
bet121/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

12.3. Elektron ma‘lumotlar bozorlari


Endi elektron ko‘rinishdagi ma’lumotlar bozoridagi elektron tijoratning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Internetdagi informatsiyon hizmatlar ma’lumot manba’lariga bog‘liq ravishda turlarga bo‘linadi:

  • Ma’lumotning ifodalanish tili bo‘yicha – qaysi tildagi ma’lumot ma’nosida;

  • Tarmoqqa ta’alluqliligi bo‘yicha – information hizmatlar qaysi xududda yoki qaysi mamlakatda ko‘rsatilayapti;

  • Ma’lumotning ifodalanish usullari bo‘yicha - web-sahifalar, fayl serverlari yoki information portallar.

Kontent (mazmuni) bo‘yicha esa elektron ma’lumotlar quydagi asosiy turlarga bo‘linishlari mumkin:

  • Ommaviy iste’mol uchun (ommaviy bozor uchun) mo‘ljallangan ma’lumotlar – information agentliklar, yangiliklar portallari, ma’lumotnoma servislari, ob-havo bashorati, xuzuqiy ma’lumotlar, ommaviy axborot vositalari;

  • Moliyaviy, birja, statistik va biznesga oid ma’lumotlar, yangiliklar, bozor haqidagi ma’lumotlar, jahon OAV daydjestlari va turli biznes jurnallaridagi ma’lumotlar;

  • Ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar – universitetlar va ta’lim muassasalari saytlari, ilmiy jurnallargagi ma’lumotlar, ta’lim protallari va onlayn ta’limga oid ma’lumotlar.

Zamona zayliga mos ravishda, ishbilarmonlikka oid yangiliklar yetkazib beruvchilar keyingi yillarda o‘quvchilar va elektron hizmatlar iste’molschilari bilan muloqotni asosan elektron usulda olib bormoqdalar. Bunga ayniqsa o‘quvchi yoshlar juda o‘rganib qolib, qog‘oz ko‘rinishidagi ma’lumotlardan minimal miqdorda foydalanmoqdalar. Ushbu tendentsiya keyinchalik ham yanada kuchayib borishi kutilmoqda.
Quyida elektron ko‘rinishdagi ma’lumotlarning aylanishiga bir misol sifatida umumiy ovqatlanish sohasidagi elektron tijoratda elektron ma’lumotarning qanday ishlatilishini ko‘rib chiqamiz. Hozirda ushbu sohadagi rivojlanishning asosiy tendentsiyasi restoranlardan ovqatlarni xo‘randalarga onlayn usulda yetkazib berish bo‘lib qoldi. Bunday hizmat turini restoran va kafelarning o‘zlari jam va faqat shu ish bilan shug‘ullanishga mutaxassislashgan kompaniyalar ham amalga oshira oladilar. AddVenture kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada ushbu hizmat turi bozorining hajmi hozirgikunda (2018) $1,8 milliard dollar atrofida ekan va bu bozor asosan Moskva va Sankt-Peterburgga o‘xshash katta shaxarlarda mavjud ekan. Halqaro bozorda esa ovqatlarni onlayn yetkazib berish bilan FoodPanda, Lieferheld, Lieferando.de, GrubHub va JustEat kompaniyalari shug‘ullanadilar. Ovqatlarni onayn yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalarining biznes-modellari quyidagiga asoslangan: Agregator-kompaniyalar barcha hamkor restoranlar to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarni, shu jumladan, menyu, baholar, yetkazib berish shartlarini xo‘randalarga intenet orqali taqdim etadilar (https://vc.ru/p/deliveryclub-50). Agregatorlarni ko‘rsatgan narxlari restoranlarning portallarida keltirilgan narxlar bilan bir xil bo‘lishi kerak. Agregator-kompaniya xar bir operatsiyadan oldindan kelishilgan miqdordagi daromad oladi. Bunday modeldan foydalanilganda biznesning barcha ishtirokchilari o‘z ulushlarini oladilar, ya’ni, agregator masshtab (ko‘lamlilik) effektidan daromad oladi, restoranlar iste’molchilar soni k’paygani tufayli daromad oladi, xo‘randalar esa sifatli va qulay servisdan foydalanadilar. Keyingi yillarga ovqatni 10-15 daqiqada yetlazib berish servisi ham yo‘lga qo‘yildi. Bunga misol bo‘lib, UberEATS ni keltirishimiz mumkin. Ko‘rib chiqilayotgan bozorda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun tanlangan bozordagi iste’molchi-xo‘randalarning xoxish-istaklarini, qaerda va qanday ovqatlarni xush ko‘rishlarini yaxshilab o‘rganish kerak bo‘ladi. Masalan, Moskvada sushi zakaz qilishi yaxshi ko‘rishsa, Peterbergda pitstsani ma’qul ko‘rishdai, Senegalda esa muzqaymoqni afzal ko‘rishsa, Malayziyada Starbucks kofesini, Qozogstonda frantsuz bulochkalarini, Toshkentda esa oshni ko‘proq zakaz qilishadi. Ovqat zakaq qilish ba’zi mamlakatlarda onlayn amalga oshirilsa, boshqalarida call-markazlar vositasida qilinadi. Biznes tashkil qilishda shularni ham hisobga olish kerak bo‘ladi, albatta.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling