Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Download 2.84 Mb.
bet129/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

F oyda
B iznes-farishtalar, Bank kreditlari va bevosita investitsiya fondlari
Ekuvchi“ investorlar,
Ekuvchi“ fondlar,
Davlat fondlari, Boshlang‘ich Kengayish yoki oraliq Bozorga SPO
grantlar, venchur fondlar o‘sish davri davri chiqish
d avri
S eed ekish Seed ishga IPO
tushirush


Z ararsiz ishlash nuqtasi
O ‘lim maydoni
Vaqt


Zarar
Bu yerda IPOInitial Public Offering – kompaniyaning aktsiyalarini boshlang‘ich bozorda joylashtirish, SPO esa - Secondary Public Offering - kompaniyaning aktsiyalarini ikkilamchi bozorda joylashtirish. Shunday qilib, innovatsion kompaniyalarning hayotiy tsikli bir qancha davrlardan iborat bo‘lar ekan, ya’ni, o‘lim maydoni, boshlang‘ich o‘sish, kengayish, oraliq davr, IPO va SPO lar. O‘lim maydoni innovatsion kompaniya hayotiy tsiklining eng murakkab, boshlang‘ch davri bo‘lib, unda kompaniya ishni yo‘lga qo‘yish, mahsulot ishlab chiqarish, bozorni egallash kabi bir qancha harajatlar qilib, foyda hali olinmagan bo‘ladi. Bunda loyihadan voz kechishga ancha kech bo‘lib qoladi, chunki loyiha uchun juda ko‘p moliyaviy mablag‘lar, vaqt va kuch sarf qilingan bo‘lib, muvaffaqiyatga bo‘lgan ishonch hali so‘nmagan bo‘ladi. Startaplarda kuzatiladigan o‘lim maydoni uning boshqa bosqichlarida ham yuzberishi mumkin, shu jumladan, ekish (seed) bosqichida, ishga tushirilish (startup) bosqichida, boshlang‘ich o‘sish (early gorwth) bosqichida. O‘lim maydonining paydo bo‘lish sababi, tadbirkorlar va investorlarning ko‘pchilik xollarda biznesdan tezda foyda olishga bo‘lgan intilishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa, mansulotning boshlang‘ich prototipidan tijoriy mahsulotga o‘tish davrida o‘lim maydonidan o‘tish muammosi paydo bo‘ladi. Eng murakkab ishlardan biri 10 ming dollardan 50 ming dollargacha bo‘lgan pul aylanmasiga erishishdir - deyishadi bu soha bo‘yicha mutahassislar. Biznesni rivojlantirish uchun moliyaviy mablarlar jalb qilishning sinovdan o‘tgan usullaridan fond birjasiga kompaniya aktsiyalarini chiqarish bilan bog‘liq IPO va SPO larni keltirishimiz mumkin.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling