Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Elektron biznesini moliyalashtirish usullari


Download 2.84 Mb.
bet131/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

13.3. Elektron biznesini moliyalashtirish usullari


Yuzlab milliard dollarlik kattalikka ega bo‘lgan jahon internet bozorining rivojlanishi nafaqat tadbirkorlar uchun qiziqarli, balki investorlarni ham o‘ziga jalb qiladi. Chunki bu sohada tavakkalchilik miqdori ancha katta bo‘lishiga qaramay, elektron biznesga bo‘lgan investitsiyalar 3-5 yilgahca bo‘lgan muddatlardi Forbes ning ma’lumotlariga ko‘ra, 1000% gacha daromad keltirishi mumkin ekan. Shuning uchun ham venchur fondlar elektron biznes yo‘nalishidagi loyihalarga ularning boshlang‘ich bosqichlaridayoq yaxshi niyat bilan pullar jalb qiladilar. Ko‘pchilik xollarda bunday biznes loyihalari yuqori texnologik va innovatsion hususiyatga ega bo‘ladilar. Investor uchun venchur investitsiyalash juda yuqori tavakkalchilik darajasiga ega bo‘ladi. „Venchure“ so‘zi ham o‘zbek tiliga tajima qilinganida tavakkalchilik bilan boshlangan ish degan ma’noni berdai. Ammo bunday biznes loyihasi innovatsion yangilik bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun investorning boshlang‘ich kapital qo‘yilmasini o‘nlab, yuzlab va ba’zi xollarda esa minglab marta katta miqdorda ko‘paytirishga imkon beradi. Lekin suni ham aytish kerakki, barhca vachur investitsiyalar ham muvaffaqiyatli bo‘lavermaydi – 70%-80% investitsiyalar zararga ham kirib ketishi mumkin. Qolgan 20-30% venchur investitsiyalar barcha zararlarni qoplaydi va katta foyda ham keltiradi. „MoneyTreeTM:Venchur bozori navigatori“ ning ma’lumotlariga ko‘ra,2 013 yilning uchta choragida amalga oshirilgan venchur kelishuvlarning 157 tasidan 138 tasi IT-loyihalarga to‘g‘ri kelganligini ko‘rish mumkin. Keyingi yillarga investorlar meditsinadagi, ta’limdagi, biotexnologiyadagi, transportdagi va moliya soxasidagi loyihalarga ham faol investitsiyalarni amalga oshirmoqdalar. Bunday investorlarga misol qilib, i2bf fondini, Bright Energy (al’ternativ energetika) fondini, QWave (kvant texnologiyalari) fondini, Biopress Capital Ventures va Maxwell Biotex (biotexnologiya) fondlarini keltirish mumkin. Bright Capital venchur fondi top-menejerining fikriga ko‘ra, industriyaga va raqamli texnologiyalar investitsiyalarning absolyut turli xildagi tipologiyasiga ega bo‘ladilar. Masalan, energetika va biotexnologiyga bo‘lgan investitsiyalar davomiyligi 7-8 yil bo‘lib, kapital sig;imi ham ancha katta bo‘ladi. Raqamli texnologiyalarda esa investitsion tsikl ancha kichik bo‘ladi.
Kraudfunding platformalariga bo‘lgan zamonaviy turdagi investitsiylar ham ancha samarador hisoblanadi. Bu turdagi 45 ta platforma tahlil qilinganida, ularga 230 ta moliyaviy tashkilotlardan $866 million dollar inbestitsiya jalb qilingani ma’lum bo‘lgan va bu summadan 79% qismi P2P turidagi xalq kreditlar servislariga to‘g‘ri kelgan (http://crowdssourcing.ru). Venchur investitsoyalar bo‘yicha eng ilg‘or mamlakat AQSH hisoblanib, bu ish Xitoyda, Xindistonda, Evropa Ittifoqida va Izroilda ham yaxshi rivojlangan. Amerika venchur fondlari uchun eng qiziq bo‘lgan sohalar dasturiy ta’minot, biotexnologiya va mediya tarmoqlari hisoblanadi (J’Son&Partners Consulting). Hozirda investorlarning diqqat-e’tibori ko‘proq elektron savdo va bulutli texnologiyalarga qaratilmoqda. Amaliy innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi davlat va davlatsifat tashkilotlarining asosiy turlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: „afzallilarga erishish markazlari“ tarmoqlari, texnologiyalar transferi markazlari, ekuv moliyalash fondlari, biznes-inkubatorlar, davlat venchur fondalri va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash universal institutlari.
Trasmilliy korporatsiyalar innovatsion loyihalarga quyidagi bir qancha usullar vositasida kirishlari mumkin:

  • To‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) investitsiyalar – bunda tavakkalchilik darajasi juda katta bo‘ladi, ammo juda katta foydaga ham ega bo‘lish mumkin;

  • O‘zining kichik innovatsion korxonasini tashkil qilish;

  • Korporatsiya oldindan mavjud bo‘lgan va tegishi mutaxassislakka ega bo‘lgan venchur fondga kirishi mumkin;

Venchur fondlarga investitsiya qiladigan korporatsiyalar sifatida Intel Capital, Google Ventures va Mikrosoft firmasining investitsiyalar fondini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin. Innovatsion loyihalarni rivojlantirish uchun foydalaniladigan tashkilotlar sifatida esa quyidagilarni keltirishimiz mumkin: texnologik markazlar (klasterlar), innovatsion-texnologik markazlar, texnoparklar, biznes-inkubatorlar va biznes-akseleratorlar. Bunday tashkilotlarning asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

  • Ish yuritish uchun qulay va foydali bo‘lgan ofislar hamda ishlab chiqarish maydonlarini olishga yordam berish;

  • Informatsion qo‘llab-quvvatlash;

  • Investitsiyon loyihalarni amalga oshirishda ish kuchini, mutaxassislarni va xamkorlarni topishda yordam berish;

  • Potentsiyal investorlar guruxini kengaytirish;

  • Soha bo‘yicha mutahassislarni topishda ko‘mak berish;

  • Innovatsion joyihalarning boshlang‘ich bosqichlarida moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish.

Innovatsion loyihalar uchun moliyaviy mablag‘lar topishning eng yaxshi usullariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: o‘z mablag‘laringiz, do‘stlar va olilaviy mablag‘lar, grant yoki subsidiyalar olish, bankdan kradit olish, biznes-farishtalarga murojaat qilish va venchur kapitaldan foydalanish. Biznes-farishtalar deb, biznesning ilk bosqichlarida investitsiyalardan katta foyda olishni mo‘ljallagan hususiy investorlarga tushuniladi. AQSH dagi unday turdagi tashkilotlarga New York Angels, Tech Coast Angels, Launchpad Venchure kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
Venchur fondlar keng tanlash imkoniyatiga egadirlar, ammo ularga bank, sug‘urta va investitsion kompaniyalarga vositalar jalb qlishga ruxsat berilmaydi. Ular aniq bir yoki bir necha yo‘nalishlarga mablag‘lar jalb qilishlari mumkin. Masalan, venchur fondlar faqat meditsinaga yoki og‘ir sanoatga investitsiya qilishari mumkin yoki bir vaqtning o‘zida ham tibbiyotga, ham og‘ir sanoatga, ham aloqaga va ham ekologiyaga investitsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Oxirgi yillarda startaplar orasida elektron biznesga, ijtimoiy saytlarga, tanishuv saytlariga, blokcjeynlarga, ta’limga va mediaga investitsiyalar jalb qilish ommabop bo‘lib bormoqda. Bu sohalarga bo‘lgan investitsiyalar 2015 yilda barcha startaplarning 55% ga tegishli bo‘lgan (Internet servislar va kontentlar bozori 2014-2015 yillarda. RAEK, NIU VIGE. Ekonomika Runeta RF. str.58).
Startaplarga investitsyalar qilishning asosiy shartlari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

  • Loyihaning tijoriy jihatdan maqsadga muvofiqligi;

  • Kuchli boshqaruv komandasining mavjudligi;

  • Yangi turdagi mahsulot yoki hizmatning yaratilishi yoki uning texnik darajasining oshirilishi;

  • Fondning kompaniya boshqaruv organlarida ishtirok etishi;

  • Kompaniyaga bo‘lgan investitsiyalarning aniq vaqt gorizonti va undan chiqish shartlari;

  • Mamlakat ilm-fani, texnik va texnologik rivojlanishining pioritetli rivojlanish yo‘nalishlariga mos kelishlik.

Ozbekistonda venchur investitsiyalar bir qancha muammolarga duch keladi. Ulardan birinchisi intellektual mulkni himoya qilish bilan bog‘liq, ikkinchisi esa vencher fondlarni boshqarish bo‘yicha malakali mutaxassislarni yo‘qligidir. Uchinchi muammo venchu fondlar tashkil qilish va uni yuritish o‘yicha soliq imtiyozlari mavjud emasligi. Dunyo miqyosida venchur kompaniyaarning muvaffaqiyati ularning kapitalizatsiyasi va daromadliligi bilan aniqlanadi. Sobiq sovet ittifoqi xududidagi aktiv venchur fondlar safiga quyidagilarni kiritshimiz mumkin: Almaz Capital, Runa Capital, Kite Venchures, Runet Venchures, AddVenture, iTech Capital, ABRT, Mangrove Capital, RBK, Bright Capital, Inventure Capital va boshqalar.
Venchur investitsiyalarning bir qancha turalri bo‘lib, ular orasida eng keng tarqalganlari quyidagilardir:

  1. Biznes loyihaga investitsiya qilish (seed investment);

  2. Boshlang‘ich biznesga investitsya qilish (start-up investment);

  3. Qandayidr mahsulot loyixasi, ishga tushirilayotgan mahsulot yoki hizmat lineykasiga va biznes tarixiga ega bo‘lgan kompaniyaga investitsiya qilish (earlystage investment);

  4. Stabil va perspektiv kompaniyaning mahsulotlarini mukammalashtirish va uning bozor ulushini kengaytirish uchun investitsiya (expansion investment).

Venchur investitsiyalarning turlari startaplarning quyida keltirilgan rivojlanish bosqichlariga mos tushadi:
1. Ekish bosqichi – Seed, Seedstage – kompaniyada biznes go‘ya bor, mahsulot yoki hizmatning prototipi yaratilishi ustida ish olib borilayapti, biznes-reja ishlab chiqilmoqda yoki u yo‘q, bozorga chiqish va capital axtarish uchun bir qancha tayyorgarlik ishlarini olib borish kerak, risklarni baholash lozim, byudjetnu rejalashtirish zarur, potentsiyal investor uchun loyihaning taqdimot versiyasini ishlab chiqish kerak. Bubosqichda startaplar Ekish fondlaridan yoki biznes-farishtalardan moliyalashtirish olishlari mumkin. AQSH da super-farishtalar bitta loyihaga $1 milliondan ko‘proq pul tikishlari mumkin va bunda boshqa venchur kapitalistlar bilan sifatli startap uchun raqobat ham qiladilar. Loyihani baholash uchun esa huquqiy, moliyaviy, marketing va ilmiy texnik expertiza o‘tkaza oladigan kompaniyalarga ham murojaat qilinishi mumkin.
2. Startap – start-upstage – startapning ishga tushirilishi, pilot versiyada mahsulot yaratigan, uni testlashtirish jarayoni boshlangan va birinchi mijozlarga hizmat ko‘rsatish boshlangan. Bu bosqichda g‘oyaning mualliflari vechur fondlardan investitsiya olishlari mumkin.
3. O‘sish bosqichi – Early Stage – Mahsulot bozorga chiqarilishga tayyor, startapning rivojlanishi amalga oshirilayapti, mahsulot sotuvi o‘sayapti, stabil iste’molchilar paydo bo‘layapti. Bu bosqichda venchur fondlar yoki banklardan investitsiya olinishi mumkin.
4. Kengayish bosqichi – Expansion Stage – kompaniya faoliyati tezlik bilan o‘sib borayapti, sotuv bozorlari kengayayapti, aktiv sotuvlar amalga oshayapti. Bu bosqichda qo‘shimcha moliyalashtirish talab qilinishi mumkin. Bu bosqichda banklardan investitsiya olinishi mumkin.
5. Rivojlanishning keyingi bosqichi – Later Stage – bu bosqich kompaniyaning keyingi rivojlanishi va uning katta ommaviy tashkilotga aylanishi bilan bog‘liq.
6. Chiqish bosqichi – Exit – bu bosqichda investor biznesdan chiqib ketishi mumkin, kompaniya esa hech kimning yordamisiz o‘z faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Tashqi moliyaviy mablag‘larni jalb qilishning keng tarqalgan usullaridan biri moliyaviy royalty (Royalty Financing) hisoblanadi. Bunda investor ustav kapitalda ulush emas, balki kelishilgan vaqt davomida daromaddan ma’lum bir qismini olish bo‘yicha shartnoma tuzadi. Bunday kelishuvlar odatda loyihaga investitsya qilingan summa miqdoridan 3-6% ko‘proq pulni qaytarib olishni ko‘zda tutgan holda tuziladi. Ushbu moliyalashtirish usulida kichik biznes egalari biznesga bolgan egalikni saqlab qoladilar. Bu usulda moliyalashtirishga erishishda investorni kelajak mahsulotning foyda bera olishiga ishontirish kerak bo‘ladi.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling