Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti
Download 2.84 Mb.
|
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020
1P (product) – sayt va uning dizayni raqamli maxsulotdir;
2P (price)–sayt mahsulot yoki xizmatning narxini ham ko‘rsatadi, va demak u prays-list sifatida bo‘ladi; 3P (promotion) – saytning qanchali muvaffaqiyatga erishishini uning usability darajasi (qulayligi, navigatsiyasi, dizayni) ko‘rsatadi va shuning uchun bu uning reklama funktsiyasini bajaradi; 4P (place) – sayt va sayt bo‘yicha navigatsiya savdo nuqtasining qayerda joylashganini ko‘rsatadi va shuning uchun ham u mansulot yoki xizmatning tarqatilish kanalidir. Internet paydo bo‘lishi bilan marketingning tabiati ancha-muncha o‘zgarganiga qaramay, 4P-kontseptsiyasi o‘zining dolzarbligini yoqotmadi. Amaliyotda esa elektron biznes hamda elektron tijoratda 4P ning tashkil etuvchilari orasidagi farqlar ma‘lummiqdorda yo‘qolib ketadi. Xamkorlir munosabatlari marketingi (partnership marketing) kontseptsiyaning tashkil etuvchilarini 7P gacha ko‘paytiradi va bunda ko‘shimcha tashkil etuvchilar sifatida ishtirokchilar (personal va mijozlar) – participants, fizik atributlar - physical evidence hamda jarayonlar – process larni ko‘rsatish mumkin. Elektron marketing uchun fizik atributlar yetkazib berishni, infratuzilmani, mahsulotni o‘rab-chirmashni o‘z ichiga olsa, jarayon sifatida elektron xizmat ko‘rsatish to‘liq tsiklining barcha biznes-jarayonlari kiradi. Marketingni tashkilotni boshqarishning bir qismi sifatida ko‘rish mumkin. Elektron marketingning byudjetini quyidagi harajatlar bo‘yicha bo‘lib chiqish mumkin: Lidogeneratsia, ya’ni, potentsial mijozlarni elektron portalga jalb qilish, sotuvlarni stimulyatsiya qilish, talabni hosil qilish bilan bog‘liq harajatlar; Bozorga kirib borish va bozorda o‘z joyini topishga ketadigan sarf-harajatlar; Kompaniya imidjini amalga oshiradigan reklama va brending, ya’ni, nafaqat kompaniyaning vizual obrazi, balki uning bozordagi o‘zni tutish holatini, xodimlarning kompaniya ichdagi va tashqarisdidagi faoliyatini tashkil qilish harajatlari; Mijozlar bilan o‘zaro aloqalarni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlar; Iste’molchilar va raqobatchilar ma’lumot bazalarini tashkil qilish bo‘yicha sarf-harajatlar; Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling