Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Raqamli elektron marketingning tashkil qilinishi


Download 2.84 Mb.
bet125/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

12.6. Raqamli elektron marketingning tashkil qilinishi


Elektron tijoratda ma’lumotlarni saqlash, o‘qish va tanib olish uchun quyida tavsiflangan bir qancha kodlashtirish turlaridan foydalaniladi:

  • Shtrix-kodlar– bunda tovar oq va qora vertikal chiziqchalar shaklidagi grafik markirovka qilinadi va uning yordamida tovar haqidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda o‘qish mumkin bo‘ladi.

  • QR-kod – sensor tomonidan ikki o‘lchamli tasvir sifatida aniqlaniladigan matritsaviy kod ko‘rinishida bo‘ladi. Bunda bitta kodga juda katta miqdordagi ma’lumotlarni hamda fotografiyalarni yozib qo‘yish mumkin bo‘ladi. Ma’lumotlar qancha ko‘p bo‘lsa, QR-kodning murakabliligi ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Ma’lumotlarni o‘qish uchun bir marta skanirovanie qilish kifoya bo‘ladi.

  • NFC (Near Field Communication) – kontaktsiz ma’lumot uzatish tizimi bo‘lib, bunda ma’lumot uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar orasida simsiz aloqa amalga oshiriladi.

  • 3D-interfeysning uch o‘lchamli kubiklari – dinamik kubikning har bir tomonida ma’lum bir massiv informatsiya saqlanadi. Ular virtual hamda to‘dirilgan voqe’lik tizimlarida ishlatilishi mumkin.

Ushbu kodlarning birini tanlash uchun bajarilishi lozim bo‘lgan operatsiyalardan kelib chiqqan xolda optimal variantni tanlash tavsiya etiladi. Bu esa rahbarlar hamda biznes egalari bilan kelishgan xolda hal qilinadi.
Xozirgi paytda reklamalarning yangidan-yangi turlari shiddat bilan rivojlanib bormiqda. Bular jumlasiga ijtimoiy tarmoqlardagi reklamani, elektron pochta orqali reklamani, qidiruv tizimlaridagi reklamani va YouTube orqali reklamani kiritish mumkin. Internet tufayli operativ, tezkor va aniq analitikadan foydalangan holda biznes samarador boshqaruv yechimlarini qabul qila boshladi. Buning natijasida oldin mavjud bo;lmagan yangi mutaxassisliklar, shu jumladan, SEO-mutaxassis (axtaruv optimizatsiyasi bo‘yicha mutaxassis), SEO-kopirayter, SEO-rerayter, SMM-mutaxassis (ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish bo‘yicha mutaxassis), content-menedjer, reklama kompaniyalarini sozlash bo‘yicha mutaxassis (Googe Adwords), ma’lumotlarni elektron pochtadan jo‘natish bo‘yicha mutaxassis, infografika bo‘yicha mutaxassis (vizualizator), HTML-koder, YouTube kanalida reklama qilish bo‘yicha mutaxassis va boshqalar.
Elektron biznesni, saytni, korporativ blogni reklama qilishning marketing strategiyasi kompaniyaning bozorga muvaffaqiyatli kirib borishi, on-line va off-line biznesda faoliyat ko‘ratishi va ularnda muvaffaqiyat qozonishi uchun zarurdir.
Elektron marketing (elektronic marketing, e-marketing) informatsion texnologiyalarning imkoniyatlaridan foydalangan xolda bozorda o‘z egallagan joyini kengaytirishni, iste’molchilarning tovar va xizmatlardan qoniqishlarini oshirishni va foydani ko‘paytirishni ko‘zda tutadi. Marketingning 4P-kontseptsiyasini marketingni rejalashtirishning mahsulot (product), narx (price), reklama (promotion) va joy (place) kabi ko‘rsatgichlarini ko‘zda tutadi. Elektron marketing uchun ushbu uchta elementlarning integratsiyasi ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan, muvaffaqiyatli kompaniyalarning saytlari barcha bunday 4P elementlariga ega:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling