Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Download 2.84 Mb.
bet119/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

Onlayn ta’lim texnologiyalri
Global Industry Analysts ning ma’lumotlariga ko‘ra, global onlayn ta’lim bozori hajmi 2020 yilga kelib, bir necha yuz milliard dollarga yetar ekan.Shuning uchun ham bozorning bu segmenti investorlar uchun borgan sari qiziqarli bo‘lib bormoqda, Masalan, Google chet tillarni o‘rganish va kraudsorsing o‘tkazmalarni ni amalga oshirib beradiga Duolingo servisini tashkil qildi (https://www.duolingo.com). Chet tillarni tekinga o‘rgatadigan repetitorlarni birlashtirib turadigan ijtimoiy sayt Busuu tashkil qilish uchun esa (https://www.busuu.com/ru/) investorlar $6,7 million dollar ajratishdi. Rosiiyada ham ingliz tilini elektron usulda o‘rganish bo‘yicha bir qancha muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirildi, shu jumladan, LinguaLeo (http://lingualeo.com/ru), Puzzle English (https://www.puzzle-english.com). Bu tizimlarda monetizatsiya “tizimda qayd qilinishdan daromad olish” ko‘rinishda bo‘lgan.
Bulardan tashqari, Massachusets texnologiya institutining Open Course Ware (http://ocw.mit.edu/index.htm)ta’lim servisi ham tashkil etilgan va unda hozirgi paytda 2340 dan ortiq kurslar joylashtirilb, 200 million foydalanuvchi qayd etilgan. Bu tizimga kirish Creative Common (CC) litsenziyasi yordamida amalga oshiriladi. Xuddi kunga o‘xshash Rossiya milliy servisi Open.edu (https://openedu.ru) deb nomlanib, unda turli xil yo‘nalishlardagi 84 ta kurs mavjud. 350 dan ortiq kompanuyalar o‘zlari uchun malakali mutaxassislarni topish maqsadida Coursea va Udacity deb nomlangan MOOC (massive open online courses) lar bilan xamkorlik qiladilar. Masalan, Google kompaniyasi o‘zining 80 ming xizmatchilarini Udacity ta’lim platformasining HTML5 kurslariga yozdirdi. Bozorning B2B segmentida elektron kurslar yaratishga Oracle, IBM, Prometey, Websoft va Amplua-Broker kabi kompaniyalar taklif qilmoqdalar.
Korporativ ta’limda ham zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanilmoqda, shu jumladan, soial networks, m-learning (mobile-learning), e-coaching, korporativa blog, korporativa onlayn kutubxonalar (wikis). Forrester Research ma’lumotlariga ko‘ra, bir qancha xorijiy firmalar o‘z xodimlarining malakalarini oshrish uchun video o‘yinlar ham yaratmoqdalar (Johnson&Johnson, Volvo, Hilton Hotels). O‘zbekistonda ham onlayn ta’limni rivojlantirish juda ham muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi, chunki bu birinchidan, o‘qishga jalb etilganlar sonini ancha ko‘paytirishga imkon bersa, ikkinchidan, oliy ta’lim muassasalari uchun katta daromad manbai bo‘lishi mumkin.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling