Efirium yoki Efir – bu nafaqat kriptovalyuta, balki to‘laqonli platforma bo‘lib, uning yordamida istalgan aktivlar (valyuta, qimmatli qog‘ozlar va boshqalar) bilan ish olib borish mumkin. Uning imkoniyatlari blokcheynga Yangicha yondoshuv natijasida bitkoin potentsialidan ham kattaroqdir. Uni aqlli (smart) kontraktlar asosida ishlaydigan markazlashmagan virtual mashina deb tushunish ham mumkin.
Feyk nyus (fake news) – fake news –yolg‘on habarlar
G2B – Government-to-Business – davlat-biznez bozor segmenti
G2C – Government-to-Citizens - davlat-fuqarolar bozor segmenti
GPL – General Public License – ommaviy general litsenziya
Gigonomoka – gig economy – to‘liq bo‘lmagan va qisqa muddatli ishga joylashish asosida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish.
Globalizatsiya – Jahon savdosi va tovar almashinish jarayonlarining dunyo miqyosida chegaralarsiz, ochiqlik bilan va integrallashgan ravishda amalga oshirilishi.
Gorizontal savdo maydoni - bir qancha tarmoqlar kompaniyalarini birlashtiradi `rb tarmoqlararo savdo maydoni.
Global menejment paradigmasi – bu jahon darajasidagi milliy, madaniy yoki siyosiy an’analar va odatlardan qat’iy nazar, kompaniyalar tomonidan to‘liq yoki qisman amal qilinadigan boshqarish tizimidir. Bu tashkil qilish, qarorlar qabul qilish va asoslash kabi sohalarda o‘zaro bog‘langan, mantiqiy izchil harakatlar majmuidir. Global menejment paradigmasi xalqaro giperraqobatga–zamonaviy iqtisodiyotning tez o‘zgarib borayotgan sharoitida transmilliy korporatsiyalarning jadal raqobatiga nisbatan aks ta’sir sifatida paydo bo‘lgan tashkiliy, operatsion va strategik faoliyat tizimi hisoblanadi.
Global tarmoq– buochiq tizim bo‘lib, unga xohlagan kishi ulanishi mumkin, faqat bunda barcha uchun umumiy bo‘lgan qonunlarga amal qilishlozim bo‘ladi. Global tarmoq shunday tuzilganki, bunda mavjud tarmoq to‘rini o‘zgartirmay turib, uni kengaytirish, oshirish mumkin. Global tarmoq ochiq tarmoq tizimlari o‘zaro ta’sirining modeli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |