LTC (http://litecoin.org) - Litecoin
Ushbu kriptovalyuta ommaviyligi jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan kriptovalyutadir. Unda bloklar har 2,5 daqiqada generatsiya qilinadi va unda 84 million pul birligi mavjud. Tizimning murakkabligi har bir 2016 blokda o‘zgarib turadi (3,5 kunda) va har bir blok uchun mukofotlanuv – 50 LTC har 840 000 blokda ikki barobar kamayadi. Xeshlashtirish algoritmi «scrypt» turiga mansub. Ushbu algoritmning boshqalaridan asosiy farqi LTC ning markaziy protsessorda osonroq mayning qilinishidir. Bular haqida Litecoinning ma`lumotnomasida va mayning b’yicha qo‘llanmada batafsilroq keltirilgan.
NMC (http://namecoin.info) - Namecoin
Namecoin kriptografik jihatdan himoyalangan va .bit deb nomlangan domen zonasida ishlash uchun yaratilgan. Ushbu «valyuta» Bitcoin kontseptsiyasiga asoslangan bo‘lib, u bilan bir xilda hisoblanilishi mumkin. Pullarning o‘zi .bit zonasidagi domenlarni qayd qilishga asoslangan. Bitcoin kriptografik tizimchasi tufayli bunday domenlar ularning egalaridan boshqalar tomonidan o‘zgartirishga qarshi himoyalangan. Ammo DNS-serverni o‘z shaxsiy kompyuterida ko‘rib chiqish imkoniyati har bir ishtirokchi uchun mavjud.
PPC (http://ppcoin.org) - PPcoin
POW & POS ning gibrid dizayni xuddi shu valyutada amalga oshirilgan. Bu tizimda tranzaktsiya 520 marta tasdiqlashni so‘raydi, ammo pullar hamyonda darhol paydo bo‘ladi. Tizim xakerlar xujumiga anchagina chidamli hisoblanadi.
NVC (http://novacoin.org) - Novacoin
Novakoin tizimini yaratishdan asosiy maqsad PPCoin larning afzalliklarini yana bir marta qaytarish bo‘lgan. Ammo bunda uning juda ham katta emissiya xajmi kabi kamchiliklaridan qutulishga harakat qilingan. NVC o‘zida xeshlashtirish algoritmi sifatida Scrypt funktsiyasidan foydalanadi. Emissiyaning chegaraviy tezligi 100 martagacha kamaytirilgan, murakkablik oshishi bilan mukofotlanishning kamayish tezligi esa qiyaligi biroz kamroq bo‘lgan chiziq ko‘rinishida amalga oshirilgan.NVC daPPCoin loyihasiga o‘xshash, murakkablik tarmoqning har bir blokida qaytadan hisoblanadi. Har bir hisob-kitobda murakkablik oshishining maksimal kattaligi 1% ni tashkil qiladi. Tarmoqlardagi bloklarni generatsiya qilishning maqsadli tezligi soatiga 6 blokni tashqil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |