Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti
Download 2.84 Mb.
|
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mayning fermalari
- VISA, Master Card
- 7.3. Elektron tijoratda blokcheyn texnologiyalari va smart kontraktlar
- Aqlli kontrakt
- Everledger
- Elektron tijoratda qo‘llaniladigan kriptovalyutalarning tavsifi Litecoin ( Laytkoyn
- BTC-E
- Bitcoin
To‘lovlarni amalga oshirishda albatta banklar tomonidan belgilangan yuqori komission haqni to‘lash;
Tomonlarning to‘liq rekvizitlarini (manzili, hisob raqami, ismi-sharifi va boshqalar) o‘zaro oldi-sotti qilayotgan shaxslardan tashqari, albatta uchinchi tomonga (bankka) ma’lum bo‘lishi; To‘lovlarni markazlashgan holda qaysidir tashkilotlar tomonidan boshqarilishi; Ayrim holatlarda to‘lovlar amalga oshirilgach, uni bekor qilish ham mumkinligi tufayli, sotuvchi ham ishonch hosil qilishi uchun ko‘proq ma’lumotlar so‘rashi kerak bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan barcha kamchiliklarni hal qila oladigan bir tizim sifatida ilk kriptovalyutalardan biri bo‘lgan raqamli pul birligi bitkoin paydo bo‘ldi. Bitkoin 2009 yil 3 yanvarda o‘zini Satoshi Nakamoto deb atagan shaxs tomonidan yaratilgan va 2008 yil 31 oktyabrida «Birkoin – elektron to‘lovlarga mos raqamli tizim» («Bitcoin: A Peer-to-Peer Elektronic Cash System») deb nomlangan maqolada ommaviy e’lon qilingan. Ushbu bitkoin valyutasi ishonchga emas, balki kriptografik kodlash tizimiga asoslangan va o‘zaro hech qanday vositachilarsiz (bank yoki boshqa moliyaviy instrumentlarsiz) to‘lovlarni bevosita ishtirokchilar orasida amalga oshirilishini ta’minlovchi to‘lov tizimi valyutasidir. Bunda nazorat qiluvchi organlarsiz, raqamli valyutalarning haqiqiyligini murakkab matematik algoritmlar asosida tasdiqlanadigan tizim amal qilgan xolda ishtirokchilarning har biri ushbu pul birliklarni emissiya qilishi ham mumkin. Bitkoinning o‘ziga xos jihatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin: Markazlashmagan tizim – har bir ishtirokchi teng huquq va imkoniyatlarga ega; Hisob-kitoblarning to‘liq shaffofligi – har bir ishtirokchi barcha tranzaktsiyalarni ko‘rishi mumkin; Nazoratning yo‘qligi – hech bir davlat yoki tashkilot tizim ichidagi operatsiyalarni nazorat qila olmaydi; Sirlilik – tizim ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlanishini so‘ramaydi; Kriptotangalarni emissiya qilish cheklangan –jami 21 million BTC (bitkoin tangasi) chiqariladi; Balans ikki yoqlama yozuv asosida bo‘lmaydi, balki barcha tranzaktsiyalar xronologik tartibda barcha ishtirokchilarda ko‘rinadi; Kriptovalyutalar inflyatsiyaga uchramaydi. Qiymati esa bozordagi talab va taklifga qarab o‘zgaradi; Yuridik (huquqiy) jihatdan kriptovalyutalarning ishlatilishi uchun hech qanday asos mavjud emas; Bitkoin va u bilan bog‘liq operatsiyalarning amalga oshirilishi uchun faqatgina internet tarmog‘iga ulangan va tegishli dasturiy-texnik ta’minotga ega bo‘lgan ishtirokchilarning mavjud bo‘lishi kifoya. Kriptovalyutalar bilan ishlash jarayoni qaysidir ma’noda oldindan mavjud torrent tizimida ishlovchi ishtirokchilarning o‘zaro fayllar almashinuviga ham o‘xshab ketadi. Faqat bu tizimda fayllar o‘rnida maxsus kriptografik kodlar xeshlangan xolda bloklarga yig‘iladi. Ushbu bloklarning vaqt bo‘yicha to‘g‘ri ketma-ketlikda tuzilishi esa blokcheyn (bloklar zanjiri) texnologiyasini yuzaga keltiradi, masalan: Har bir ishtirokchining amalga oshiradigan tranzaktsiyalari ommaviy kalit va mahfiy kaliti orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Ommaviy kalit orqali bo‘ladigan harakatlar va tranzaktsiyalar umumiy tizimda barcha ishtirokchilar tomonidan qayd etilib boriladi. Mahfiy (yopiq) kalit orqali kelib tushgan pul mablag‘lari tasdiqlanadi. Bu tranzaktsiyalarni amalga oshirish va umuman boshqa har bir tranzaktsiyani ishlov bergan xolda saqlab olish uchun zamonaviy yuqori ko‘rsatgichli parametrlarga ega bo‘lgan (videokarta ishlov berish tezligi va protsessor takt chastotasi o‘ta yuqori bo‘lgan) komp’yuterlar va tezkor internet aloqasi bo‘lishi talab etiladi. Tizim to‘liq kuchlanishda ishlashi uchun esa komp’yuterlar ko‘proqen ergiya sarfini talab etadi. Ushbu harajatlarni sarflash orqali ishtirokchilar rag‘batlantirish sifatida yangi kriptovalyuta (bitkoin, efirium, laytkoin va boshqalar) yoki oddiy pullarda komission haq olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ishtirokchilar soni qanchalik ko‘paygani sari kriptovalyuta tangalarini olish ham shunchalik qiyinlashib boraveradi. Xuddi shuning uchun ham kriptovalyuta tangalarini qo‘lga kiritishni oltin qazib olish mayning qilish uchun katta-katta inshootlar va binolardan foydalangan xolda doimiy ravishda ishlab turuvchi yirik serverlardan iborat “Mayning fermalari” tashkil qilingan. Kim avvalroq shu ishga qo‘l urgan bo‘lsa, hozirda barcha harajatlarni qoplagan xolda, bir necha million dollarlik daromadga ega bo‘lgan. Ammo bu amalni kechroq boshlaganlarda esa barcha harajatlar hali to‘liq qoplanmagan. Yuqorida kriptovalyutalar orqali amalga oshirladigan to‘lovlarning xususiyatlari haqida ma’lumotlar berildi. Endi esa nima uchun ularning (bitkoin, laytkoin, efirium va boshqalarning) qiymati so‘nggi vaqtlarda yuqori sur’atlar bilan oshayotgani haqida ma’lumotlar keltiramiz. Aslida kriptovalyuta tangalarini yaratish uchun sarflanadigan harajatlar unchaik katta emas, biroq, foydali qazilmalar yohud heftni qazib olishdagi tashkilotlar ko‘payishi va ushbu zahiralarning kamyob topilishi bois narxi oshgani kabi bitkoinni ham mayning orqali hosil qilish murakkablashgan holatda butun boshli mayning fermalaridagi bir necha kunlik to‘xtovsiz amaliyot natijasida bor-yo‘gi bir nechta bitkion hosil bo‘layotgani hamda bitkoinlar maksimal soni chegaralangani (21 million) narxning ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda. Biroq narxlar ko‘tarilishiga bundan boshqa sabablar ham mavjud. Eng asosiy sabablardan biri bitkoinni Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya singari rivojlangan davlatlar rasman to‘lov vositasi sifatida qabul qilayotgani (yoki bunga tayyorlanayotgani) bitkoin tangalarga nisbatan talabni o‘ta kuchaytirib, uning narxi 2017 yilning o‘zida 998 AQSH dollaridan salkam 20000 AQSH dollarigacha o‘sdi (850foiz). Shuning uchun ham dunyoning yetakchi birjalari va yirik banklari bitkoin savdosini treyding tizimida yo‘lga qo‘ymoqdalar. Garchi kriptovalyutalar bozorining gurkirab rivojlanishi butun jahon moliy-iqtisodiy tizimiga katta ta’sir qilgan xolda mavjud tizimning yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lsada, ayni paytda katta daromad ko‘rish istagida bo‘lgan investorlar bitkoinlar bozorining rivojlanishidan manfaatdor bo‘lmoqdalar. Shuningdek, kriptovalyutalar bozorining gurkirab rivojlanishidan eng ko‘p manfaatdor insonlar – yashirin iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi investorlardir. Shu va shu kabi faktorlar oqibatida hozirgi davrda bir qancha iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar bitkoin orqali turli noqonuniy va jinoiy faoliyatlarning rivojlanib ketishining oldini olish maqsadida kriptovalyutalari (shu jumladan, bitkoinni ham) to‘lov vositasi sifatida qabul qilishga shoshilishmayaptilar. Bitkoinni harid qilish masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, hozirgi vaqtda uni bir necha maxsus birjalar va bitkoin egalaridan (ishtirokchilardan) to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olishning bir qancha usullari mavjuddir. Bu savdoda bitkoinning joriy qiymati ishtirokchilar orasida o‘zaro kelishilgan xolda aniqlaniladi. Agar savdo birjalar orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, u xolda to‘lovlar halqaro VISA, Master Card kartalari orqali va bundan tashqari Webmoney, Qiwi, Perfect Money, Advcash, Payeer, Paypal hamda boshqa turdagi elektron hamyonlar orqali sotib olish mumkin. Agarda siz 2010 yilda 0,003 kurs bo‘yicha 100 dollarga bitkoin sotib olgan bo‘lsangiz, bugungi kunga kelib uning qiymati 153 million dollardan oshgan bo‘laredi. Biroq bitkoin yagona kriptovalyuta emas, xozirgi vaqtda undan tashqari boshqa bir qancha turdagi kriptovalyutalar ham mavjud. 7.3. Elektron tijoratda blokcheyn texnologiyalari va smart kontraktlar Endi blokcheynlarning mohiyati va amaliy-iqtisodiy ahamiyati haqida ham yana biroz to‘xtalib o‘tamiz. Ko‘pincha “Blokcheyn — ma’lumotlarni saqlash uchun taqsimlangan reyestr (ruyhat)…” deb tushuntiriladi. Ushbu izohni bir necha marta eshitgan, biroq hech narsani tushunmagan bo‘lishingiz mumkin. Shuning uchun bu atamaning klassik ma’nosini keltirib o‘tamiz: Blokcheyn — bu bir-biri bilan internet orqali bog‘langan ko‘plab kompyuterlarda bir vaqtning o‘zida saqlanuvchi taqsimlangan ma’lumotlar bazasidir. Uning nega kerakligini misol yordamida tushuntirish osonroq. AQShdagi akangizga bank jo‘natmalari orqali 100 dollar yubordingiz deb tasavvur qiling. Jo‘natma shaklini to‘ldirganingizdan so‘ng, bank xodimi shahsiy hisobingizdan pulni yechib olib, uni halqaro o‘tkazmalar uchun bankning yagona hisobiga o‘tkazadi. Shundan so‘ng, boshqa xodim bu pullarni agent bankning hisobiga o‘tkazadi, u esa, o‘z navbatida, pullarni AQShga o‘tkazadi. U yerda o‘tkazmangiz aynan shu tahlit akangizning shaxsiy hisobiga tushadi. Jo‘natma davomida hech kimxatoga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, uch kun o‘tib akangiz 97 dollarni oladi (barcha banklarning komissionlari olinganidan so‘ng, albatta). Biroq eng qo‘rqinchlisi, shu uch kun ichida na siz, va na sizning akangiz, qolaversa, bankirlardan hech biri ayni vaqtda pullaringiz qayerda ekanligini va ularning hisobini kim yuritayotganligini bilmaydi. Serverning kutilmaganda buzilib qolishi, bank xodimining insofsizligi yoki xakerlik hujumi uzoq surishtiruvlarning boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Axir bu kabi hodisalar hisobingizdagi pullar bilan ham sodir bo‘lishi mumkin-ku. Demak, siz har kuni tizimga umid qilasiz va bankingizga ishonasiz, bu esa o‘ziga hos bir muammo. Hozirda blokcheynlar asosan kriptovalyuta jo‘natmalari uchun foydalanilmoqda. Biroq shu bilan bir vaqtda u turli tashkilotlarning turli-tuman maqsadlarini amalga oshirish uchun ham faol joriy etilmoqda. Blokcheynning afzalligi uning shaffof, tezkor, soddaligi va qiymatida. Siz kriptovalyuta yoki biror-bir ma’lumotni blokcheyn orqali jo‘natgan bo‘lsangiz, bunday jo‘natma haqida ma’lumotni o‘zgartirish yoki qalbakilashtirishning umuman imkoni yo‘q. Chunki bu jarayon butun dunyo bo‘yicha yuz minglab kompyuterlar tomonidan tasdiqlanadi. Aynan ushbu kompyuterlarda ushbu ma’lumotning ko‘plab nusxalari saqlanadi — ular bilan istalgan foydalanuvchi istalgan vaqtda tanishishi mumkin. Jo‘natma jarayoni markazlashmagan holda bor-yo‘g‘i bir necha daqiqa vaqt oladi va bank jo‘natmasidan bir necha o‘n marta arzondir. Agar siz pullarni yoki qandaydir ma’lumotni blokcheynda saqlasangiz, ushbu qaydlar hech qachon yo‘qolib ketmaydi yoki soxtalashtirilmaydi. Bozorning istalgan ishtirokchisi istalgan daqiqada moliyaviy ahvolingizga ishonch hosil qilishi mumkin. Blokchenda hech qanday uchinchi tomon yoki vositachi ishtirokisiz, to‘liq shaffoflik va hisoblar aniqligining matematik kafolati ta’minlab beriladi. Blokcheynni chuqurroq tushunish ushun avvalo pulning asosiy vazifasi nima ekanligini tushunib olamiz. Pulning asosiy vazifasi insonlar orasidagi savdo jarayonini osonlashtirishdir: Agarda pulning jamiyatdagi harakatini tahlil qilsak, juda ham murakkab jarayonlar ko‘z oldimizga keladi: Bunda barcha hisob kitoblar tabiiyki, buxgalteriya orqali amalga oshadi: Buxgalteriyadagi ma’lumotlar esa konfidentsiyal va ularni boshqarish anchagina murakkab masaladir. Ushbu vazifani osonlashtirish uchun bir qancha turdagi vositachilar hizmatidan foydalanish mumkin. Masalan, banklar, auyditor kompaniyalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy tashkilotlar. Bu esa hisob ishlarini juda ham murakkablashtirib yuboradi. Shuning uchun hozirgi paytda blokcheynlardan foydalangan xoldagi taqsimlangan buxgalteriya kontseptsiyasi ishlab chiqilmoqda. Uni sxematik ko‘rinishda quyidagicha tasvirlashimiz mumkin: Bunda buxgalteriya kitoblari tarmoqda joylashtirilib, barcha uchun birday ko‘rinshga ega bo‘ladi va hech kim unga egalik qilolmaydigan ko‘rinishga keladi. Natijada biz taqsimlangan buxgalteriya kontseptsiyasiga kelamiz. Bunda buxgalteriya kitoblarining barcha nusxalari bir xil bo‘ladi. Barcha tranzaktsiyalar esa barcha tarmoq ishtirokchilari tarmoq orqali ko‘ra oladigan shaffof va ommaviy xolatga keladi: Noto‘g‘ri va noqonuniy tranzaktsiyalarni esa boshqalardan berkitib bo‘lmaydi, ular darhol barchaga oshkor bo‘ladi-qo‘yadi: Amalga oshirilgan har bir alohida tranzaktsiya esa maynerlar tomonidan tasdiqlanadi va foydalanuvchilar tomonidan tekshirib turiladi: Bu operatsiyalarningbarchasi blokcheyn deb atalgan taqsimlangan kompyuter tarmog‘i vositasida amalga oshiriladi: Demak, blokcheyn bu - bir xil huquqqa ega bo‘lgan va tarmoqqa P2P (peer to peer) usulida ulangan bir qancha kompyuterlarga yozilgan ma’lumotlardan iborat jurnal bo‘lib, unda istalgan turdagi va ko‘rinishdagi ma’lumotlar (masalan, pul operatsiyalri, kontraktlar, patsientlar yoki mijozlar haqidagi ma’lumotlar, turli ko‘rinishdagi bilimlar va boshqalar) saqlanishi mumkin. Blokcheyn texnologiyalarini amalda qo‘llashda ko‘pincha aqlli kontraktlar (smart contract) tushunchasi ham ishlatiladi. Aqlli kontraktlarga o‘tishdan avval kontrakt nimaligini eslatib o‘tamiz: Kontrakt bu ikki yoki undan ko‘p shaxlar orasida qandaydir huquq yoki majburiyatlarining tuzilganligi, o‘zgarganligi yoki tugaganligini aniqlab beruvchi hujjatdir. Unda qandaydir xodisaning ro‘y berishiga olib keluvchi shart-sharoitlar majmusi aniqlab beriladi. Aqlli kontrakt esa, real dunyoda yoki raqamli olamda qandaydir xodisaning ro‘y berishiga olib keluvchi shart-sharoitlar majmusini aniqlab beradigan elektron hujjat - algoritmdir. Aqlli kontraktlarning amalga oshirilishi uchun insoniy faktorni umuman chetga chiqarib tashlaydigan markazlashmagan muhit kerak bo‘ladi. Agarda aqlli kontraktda biror-bir narsaning bahosini uzatish yoki ishlatish yoki ko‘rsatish zarur bo‘lsa, u holda qiymat uzatish vositasi - kriptovalyutani ishlatish lozim bo‘ladi. Masalan, agarda bitkoin blokcheynida aqlli kontraktni ishlatsak, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: Aqlli kontrakt orqali blokcheynda istalgan turdagi ma’lumotlarni yoki ma’lumotlar majmuasini yoki ma’lumotlar to‘plamini saqlay olamiz. Masalan: Blokcheyn texnologiyalaridan foydalanishga yana bir misol sifatida domen ismlarining taqsimlangan domenli tizimini ko‘rsatishimiz mumkin: Blokchen texnologiyasidan jahon miqyosida foydalanish bo‘yicha yana bir qancha real misollarni quyidagi tasvir orqali tasavvur qilishingiz mumkin: Blokchen texnologiyasining notarial idoralar ishida ishlatilishiga yaqqol misol esa quyida infogramma ko‘rinishida keltirilgan: Taqsimlangan reestr vositasida buxgalteriya ishini yuritish bo‘yicha real mavjud bo‘lgan platformalarga misol sifatida Everledger ni keltirishimiz mumkin (everledger.io). Bu blokcheyn texnologiyalarning jahon miqyosida ishlatilayotgani va tan olinayotganiga o‘ziga hos xayotiy bir misoldir. Gruziyada ham yer kadastri ishlari bitkoinning blokcheynida amalga oshirilgani haqida ma’lumotlar mavjud. Ukrainada esa blokcheyn yordamida kim oshdi savdolari o‘tkazilsh loyihalari amalga oshirilmoqda. Elektron tijoratda qo‘llaniladigan kriptovalyutalarning tavsifi Litecoin (Laytkoyn) deb nomlangan kriptovalyuta dunyodagi eng ommalashgan kriptovalyuta turlaridan biri hisoblanadi. Litecoinning maxsus yaratilgan saytida uni ko‘pincha «raqamli valyuta» deb ham ataylaydilar. Litecoin uni yaratuvchilar tomonidan asosiy raqamli valyuta bo‘lgan Bitcoinning evolyutsiyasi hisoblansada, undan ancha-muncha farq ham qiladi. 2013 yilning 11 dekabri xolatiga ko‘ra BTC-E birjasida 1 LTC taxminan 33 AQSh dollariga teng hisoblangan. Laytkoinlar pul almashtirish shaxobchalarida bitkoinga yoki oddiy pullarga almashtirilishi mumkin. Undan tashqari, kriptovalyutalar turli xil tovar va hizmatlarni sotib olish uchun ham ishlatilishlari mumkin (agarda sotuvchilar bunga rozi bo‘lsalar, albatta). Laytkoin o‘zining bir qancha ko‘rsatgichlari bilan Bitkoinga juda ham o‘xshab ketadi. Bular jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Mayning pullar topishning asosiy vositasi; Tarmoqning markazlamaganligi va tarqoqligi; Tizimda tashqi nazoratning mavjud emasligi; Laytkoin emissiyasining algoritmik jihatdan chegaralanganligi; Pulmablag‘larigaanonimjihatdanegalikqilish mumkinligivaulardanfoydalanishninganonimliligi (bungatranzaktsiyalarhamkiradi); Tranzaktsiyalarni rad etishning mumkin emasligi; Mablag‘larni tarmoqning bir qismi bo‘lgan hamyon faylida saqlanishi. Xuddi Bitcoin kabi, Litecoin ham C++ tilida yozilgan va mijoz uchun Windows, Mac OS X, Linux versiyalarida saqlanadi. Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling