Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti
Download 2.84 Mb.
|
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Freemium
- Angry Birds, Fruit Ninja, Subway Surfers
- Apple
- Apple Music
- Music-on-Demand
Komp’yuter o‘yinlari
Endi raqamli kontentlar bozorining komp‘yuter o‘yinlari segmentini ko‘rib chiqamiz. Deyarli barcha ijtimoiy saytlar va messenjerlar foydalanuvchilarga turli xil o‘yinlar taklif qiladilar va bu o‘yinlarning ichiga reklamalarni joylashtirib foyda olishga harakat qiladilar. O‘yin portallariga Microsoft MSN Games, Zone.com, Station.com (Sony), Real Arcade (RealNetworks va Elektronic Arts), Wargaming, Entertainment Software Assosiation larni kiritish mumkin. Bu segmentdagi monetizatsya modellari Freemium va Free-to-Play lar hisoblanadi. Komp’yuter o‘yinlari bozorida eng katta muvaffaqiyatga erishgan o‘yinlardan biriga Nintendo kompaniyasining 2016 yilda ishga tushirilgan Pokemon Go o‘yinini kiritish mumkin. Bu o‘yining yaratuvchilar bir kunda $1,6 million dollar daromad qilganliklari haqida xabarlar ham bo‘lgan (Sensor Toweranalitik kompaniyasi ma’lumotlaridan–RBK,15 iyul 2016 yil, №125(2381),str.8-9). O‘yinning bir oylik daromadi $200 ming dollardan ortib ketgan. Shuning uchun ham hozirgi kunda Pokemon Go o‘yini monetizatsiya bo‘yicha liderlardan biri hisoblanadi. Keyingi yollarda bundan tashqari quyidagi komp’yuter o‘yinlari ham ommaviylik kasb eta boshladilar: Angry Birds, Fruit Ninja, Subway Surfers. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan komp’yuter o‘yinlari mobil internet va mobil tijorat bozorlarining, aksessuarlarning, mobil gadjetlarning, portative qurilmalar bozorlarining o‘sish katalizatori bo‘lib hizmat qiladi. 12.2. Musiqa servislariInternetdagi musiqa servislari ham tezlik bilan rivojlanayapti. Masalan, ovoz yozish halqaro federatsiyasi (IFPI) ma’lumotlariga ko‘ra, tarmoqda va onlayn servislarda musiqa sotish bo‘yicha yillik daromadlar miqdori $16 milliard dollarga yetib qoldi. Striming servislar bozori esa ancha yoshligga qaramay, juda tezlik bilan rivojlanayapti. Striming servislar musiqa treklarini va albomlardagi kataloglarni sotib olmasdan turib, onlayn ravishda eshitishga imkon beradi. Shuning uchun ham bu usul musiqa kontentini iste’mol qilishning eng ommabop usulidir. Strimimg hizmatlarini taqdim etishning quyidagi usullari mavjud: Musiqani onlayn rejimda eshitish imkoniyati; Musiqani onlayn rejimda eshitib, so‘ng uni qurilmaga yuklab olish va keyin oflayn rejimda qayta tinglsh; Striming servislar bozorining rivojlanishiga bir qancha xodisalar sabab bo‘ldi. Birinchidan, raqamli transformatsiya jarayoni xuddi shu innovatsion texnologiyaning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi, ikkinchidan, internetning limitsiz trafigi modelining paydo bo‘lishi va uchinchidan, monetizatsya sxemasining o‘zgarishi, ya’ni, kontentga alohida to‘lovdan pulli qayd qilinish orqali tekin kontentga ega bo‘lish sxemasi. Apple korporatsiyasi bu yangi imkoniyatdan darxol foydalanib qoldi va raqamli inqilobni amalga oshirdi: ya’ni u Apple iTunes Store musiqa magazini tashkil qildi va endi insonlar raqamli kontentga pul to‘lashni odat qildilar. Kompaniya servisdan pulli va tekin foydalanish mumkin bo‘lgan Apple Music modelini taklif qildi. Apply Music foydalanuvchiga musiqani iTunes orqali ham, striming rejimida ham elektron katalog orqali ham tinglashga imkon beradi. Shu bilan birga, servis foydalanuvchilarga onlayn radio Beats 1 ni ham tinlash imkoniyatili yaratadi. Musiqa bozoridagi boshqa kompaniyalar safiga Spotify, Zvooq, Google Play Music, Yandex.Muzika va Deezer larni kiritish mumkin. Musiqa xizmatlari bozoridagi eng muvaffaqiyatli model Music-on-Demand hisoblanadi. Bunda iste’molchi oylik to‘lov shartlarida tizimda qayd qilinganidan so‘ng, o‘ziga kerakli bacha musiqalarni tanlaydi va shulargagina haq to‘laydi. Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling