Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti
Turizm sohasidagi elektron tijorat
Download 2.84 Mb.
|
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020
12.4. Turizm sohasidagi elektron tijoratEndi barcha uchun birday qiziqarli bo‘lgan va yurtimizda tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan turizm sohasida (on-line travel) elektron tijoratni boshqarishni ko‘rib chiqamiz. Turizm sohasi barcha boshqa sohalar singari mijozga yana ham yaqinroq bo‘lish uchun onlaynda ishlash zarurligini tezda tushunib yetdi va bir qancha onlayn hizmatlarni yo‘lga qo‘ydi (on-oline travel services), shu jumladan: Avia, temir yo‘l, avtobus va avtomobil marshrutlari bo‘yicha biletlarni onlayn usulda zakaz qilish va sotib olish; Turizm bo‘yicha onlayn maslahat berish hizmatlari; Avtomobillarni onlayn ijaraga berish hizmati; Sayohatlarga, mahsus turlarga va ko‘rgazmalarga zakazlar berish va ularni sotib olish bo‘yicha hizmatlar; Biletlarning, turlarning va turli xildagi sayoxatlarning kal’kulyatsiyasini elektron usulda taqdim qilishning onlayn servislari; Onlayn usulda mehmonxonalarni zakaz qilish xizmatlari; Shaxarlar, muzeylar va ko‘rgazmalarag virtual sayohatlar uyushtirsh servislari va boshqalar. On-layn travel bilan bog‘liq bo‘lgan hizmatlar turlariga turistik marshrutlar bo‘yicha ma’lumotlar beradigan, daryo, dengiz va okeandagi kruizlar taklif qiladigan, turistlar boradigan joylardagi ob-havo sharoitlarini aytib beradigan, mehmonxonalardagi sharoitar haqida ma’lumotlar beradigan, restoranlardagi ahvolni tushuntirib beradigan kompaniyalarning hizmatlarini kiritishimiz mumkin. Misol sifatida Cruise Specialists, TripAdvisor, VacationsToGo.com larni keltirishimiz mumkin. Ushbu on-line travel bozorida biznes yuritishning quyidagi bir qancha usullari mavjud: Onlayn plyus offlayn biznes turi – bunda turistik kompaniyalar turistik hizmatarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘z oflayn bizneslariga elektron tijoratnig bir qator elementlarini qo‘shib qo‘yadilar, shu jumladan, shunga mos bo‘lgan internet-magazin tashkil qilishlari yoki onlayn maslahatlar berishlari mumkin; To‘liq onlayn biznes turi–ushbu turdagi biznesni internet tarmog‘ida bemalol ishlay oladigan kompaniyalar tashkil qila oladilar. Bularga misol qilib mexmonxonalarni bron qiladigan, biletlar sotadigan, mobil ilovalar bilan shug‘ullanadigan agregatorlarni keltirish mumkin. Turistik xizmatlar bozoridagi elektron sotuv kanallarining ahamiyati shundan iboratki, kompaniyalar bu kanallarda 365/7/24 soat qolishlari va unda faol ishlashlari mumkin. On-line travel bozoridagi eng keng tarqalgan monetizatsiya sxemalariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: O‘z sayohat turlarini sotishdan keladigan daromadlar; Biletlar sotishdan keladigan daromad; Elektron biletlarni qayta ishlashdan keladigan aniq miqdorlardagi daromad; Turoperator va iste’molchi orasidagi kelishuvga yordam berganlik tufayli keloshuv summasinig ma’lum bir qismi sifatida keladigan daromad; Reklamadan keladigan daromad. Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling