Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot tizimi


Download 2.84 Mb.
bet41/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot tizimi

Ilmiy tadqiqot ishlari maydoni


Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotning infratuzilmasi



Bilimlar hosil qilish


Bilimlar, ma’lumotlar, yangilklar


Jamiyatning mahsulot ishlab chiqarishi





Jamiyatning mahsulot ishlab chiqarish infratuzilmasini o‘rganilganda unda ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki hizmatlarda qanday bilimlar aks etishi va bu bilimlarning pirovard natijalari qanday bo‘lishiga ahamiyat beriladi. Bu yerda asosiy diqqat-e’tibor bevosita bilimlar hosil bo‘ladigan va uning shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi tushunchasiga qaratiladi. Undan so‘ng, uning zamonaviy sharoitlarga bog‘liq alohida hususiyatlari viloyatlararo miqyosda o‘rganiladi. Bilimlarning biror bir moddiy yoki ma’naviy ne’mat yaratadigan tashuvchisi, saqlovchsi va foydalanuvchisi inson bo‘lgani tufayli, jamiyat uchun kerakli bo‘lgan amaliy bilimlar asosan ta’lim tizimida hosil qilinadi. Shuning uchun ham bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotda sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishning asosi - ta’lim muassasalaridagi zamonaviy sifatli ta’lim jarayonida hosil bo‘ladi, deyishimiz mumkin. Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi orasidagi asosiy bog‘liqlik va munosabatlar majmui ham xuddi shu bilan aniqlanadi. Raqamli iqtisodiyotni bilimlardan foydalanish asosida tahlil qilib chiqqanda ishlab chiqarish tizimi, ishlab chiqarish potentsiali, bilimlarga asoslangan iqtisodiyotning ishlab chiqarish jarayoni, bu bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar sub’ektlari, innovatsion tizim, innovatsion potentsial, innovatsion amaliyot sub’ektlari va boshqa tushunchalar o‘rganiladi. Yuqorida tavsif etilgan muammolar bo‘yicha bir qancha ilmiy manba’larni /5-8/ tanqidiy ravishda o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ilk ilmiy izlanishlar informatizatsiya tushunchasi va uning iqtisodiyotga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan – xuddi shu holat “raqamli iqtisodiyot” paradigmasining paydo bo‘lishiga olib keldi. Ushbu yo‘nalishning muallifi iqtisodiyotdagi neoklassik yo‘nalish namoyondasi Dj. Stigler hisoblanadi /11/. Ammo informatsiya tushunchasi mavhumroq bo‘lgani uchun, “agent uchun informatsiya” tushunchasi kiritilib, u informatsiya jamlanishi va qayta ishlanishi natijasida paydo bo‘ladigan bilimni namoyish qilishga imkon beradi. Muhitnimg holati haqidagi ma’lumotlar majmui sifatida tushuniladigan ”bilim” tushunchasi informatsiyaga nisbatan birlamchi deb aniqlandi. Xuddi shuning uchun ham “raqamli informatsion iqtisodiyot” dan “bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot” tushunchasiga o‘tildi. Lekin “bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot” tushunchasi unchalik aniq emas va shuning uchun turli hil ilmiy iqtisodiy maktablarning namoyondalari tomonidan bir-biridan farq qiladigan bir qancha ma’nolarda talqin etilishi mumkin. Misol sifatida F. Xayekning “tarqoq bilim” kontsetsiyasini yoki P.N. Zavlin va L.A. Jolents, Polyak olimi Ya. Muyjel, Venger olimi B. Santo va boshqalarning ishlarida o‘rganilgan “innovatsion iqtisodiyot” ni keltirish mumkin. Bilimlar iqtisodiyoti tizimi, uning tuzilishi, infratuzilmasi va uning faoliyati mahsullari tahlili A.I. Tatarkin, A. E. Koguta, N.L. Frolova va V.J. Kellening ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan /9/. Yangilik kiritishlar va uning raqamli iqtisodiyotdagi ahamiyatini Y. Shumpeter aniqlab, ularning man’bai sifatida raqobatning asosiy faktori bo‘lgan korporatsiyalarning ilmiy faoliyatini ko‘rsatgan. Ammo bu holda ham asosiy dominanta sifatida yangi g‘oyalarni samarador iqtisodiy yechimlarga aylantira oladigan novator-tadbirkor insonning ijodi hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, Amerika iqtisodchisi R. Solou AQSH iqtisodiyotidagi quyidagi qiziqarli bog‘liqlikni aniqladi: ishlatilayotgan kapitalning ko‘paytirilishi mahsulot o‘sishining 12,5% gagina sabab bo‘ladi, qolgan 87,5 % li o‘sish esa texnologik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lar ekan. Shundan so‘ng, texnika va texnologiyaning rivojlanishini o‘rganadigan bir qancha soha mutahassislari, shu jumladan, iqtisodchilar ham ishlab chiqarish o‘sishining asosi - kerakli joyda, kerakli vaqtda va kerakli iqtisodiyot tarmoqlariga ilmiy-texnologik yangiliklar kiritish ekanligini ta’kidladilar. Iqtisodchi P.N. Zavlin fikricha /10/, iqtisodiyot mahsuloti sifatida bilimlarga asoslangan yangiliklar kiritish ishlab chiqarish usuli, ilg‘or texnologiya, hizmat ko‘rsatish turi, tashkiliy tuzilish, moliyaviy yoki ilmiy izlanish faoliyati ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.Ya. Muyjel va L.A. Jolents esa bilimlar natijasida vujudga kelgan yangilikni “ilmiy g‘oya yoki texnik ixtironi amaliy foydalanishgacha olib kelish jarayoni” deb tushuntirishadi. Rossiya olimlaridan V.J. Kelle fikriga ko‘ra esa, bilimlar asosidagi raqamli iqtisodiyotning poydevori yangi texnologiyalar va yangi mahsulotlarni yaratish, loyihalash, ishlab chiqarish va tarqatishda ilm-fanni keng miqyosda qo‘llashdir. A.I. Tatarkinning fikricha, bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot sharoitlarida ilmiy-texnik bilimlarning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida yangi mahsulot sifatidagi (mahsulot turi, hizmat turi, texnologiya, tashkiliy usul va boshqalar) “raqamli innovatsiyalar” hosil bo‘lib, ulardan foydalanish iqtisodiy yoki ijtimoiy samaralarga olib keladi. Ammo raqamli innovatsiyalarni yangi texnologiya va yangi mahsulotlar sifatida moddiy ishlab chiqarishdagina bo‘ladi deb tushunish xato bo‘lar edi. Ular inson faoliyatining istalgan sohasiga mansub bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham raqamli innovatsiyalarni ularning tarqalishi va ishlatilishi, ulardan qanday foydalanilishi, yangililik darajasi va boshqalarga nisbatan ham farqlash mumkin. Shunday qilib, raqamli innovatsion iqtisodiyot bilimlarni yuqori darajada tashkillashtirish asosida yoki bilimlarga asoslangan iqtisodiyot sharoitlarida amalga oshiradi. Undan so‘ng paydo bo‘ladigan raqamli iqtisodiyot esa ishlab chiqarishning yangi faktori – informatsiyani ajratib olish va uni keng miqyosda ishlatish bilan bog‘liq bo‘ladi. Zamonaviy bilimlar va informatsiyadan foydalanish asosida uyshtiriladigan ijtimoiy ishlab chiqarishning mahsuloti sifatida yangiliklar kiritish yoki raqamli innovatsiyalar vujudga kelsa, ularning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi, almashinuvi va iste’moli raqamli innovatsion iqtisodiyot borligidan darak beradi. Ushbu iqtisodiyot an’anaviy iqtisodiyotning barcha sektorlarini isloh qilish va rivojlantirish uchun tom ma’nodagi imkoniyatlar yaratib beradi. Shu jumladan, bu holat depressiv, stagnant va rivojlanib kelayotgan holatlardagi milliy iqtisodiyotlarga ham tegishlidir.

4.2. Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot


Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotni tushunish, uning tub mohiyatini o‘rganishdan, ya’ni oxirgi mahsulotda (yoki ko‘rsatiladigan hizmatda) aks etgan bilim yoki innovatsiyalarning mohiyatini tushunishdan boshlanadi. Zamonaviy nazariya asosida tushunilsa, innovatsiya bozorda amalga oshiriladigan, amaliyotda qo‘llaniladigan yangi yoki mukammallashtirlgan texnologik jarayon natijasida amalga oshadigan innovatsion faoliyatning yangi yoki mukammallashtirilgan mahsuloti sifatidagi oxirgi natijasi hisoblanadi. Turli xil ko‘rsatgichlardan foydalangan holda, iqtisodiy nazariya turli ko‘rinishlardagi ”innovatsiya” larning quyidagi tafsiflarini taqdim etadi. Bunda u innovatsiyalarning ishlatilishi va miqyosini, qanday ko‘rinishda amalga oshirilishi, yangilik darajasi va qo‘llanilish chegaralari bo‘yicha tavsiflaydi. Masalan, qamrab olish miqyosi va foydalanilishi bo‘yicha raqamli innovatsiyalarning quyidagi asosiy turlari bo‘lishi mumkin:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling