Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Download 2.84 Mb.
bet44/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

Fundamental bilim, g’oyalar, ixtirolar va ilmiy yangiliklar

Amaliy ilmiy izlanishlar va amaliy fan



Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish

Bozorga chiqish

Mahsulotlarni yalpi ishlab chiqarish





Yangiliklarning multiplikativ tijoriy samara berishi uchun kompleks infratuzilmasini yaratish

Turli mamlakatlarda bunday raqamli innovatsion tizimning qanday ko‘rinishda iqtisodiy amaliyotga tadbiq qilinishi mamlakat oldiga qo‘yilgan strategik maqsadlarga monand ravishda amalga oshiriladi. Masalan, Frantsiyada raqamli innovatsion tizimning asosiy maqsadi, qo‘shimcha ish joylarini yaratish bo‘lsa, Germaniyada bu maqsad progressiv raqamli texnologiyalarni rivojlantirishdir. Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning asosiy maqsadi esa, mamlakatni nafaqat information-texnologik yo‘nalishda barqaror rivojlantirish, balki bu holatni iqtisodiy-ijtimoiy yo‘nalishda ham amalga oshirishdir. Bu esa quyidagi maqsadlar majmuini amalga oshirishni ko‘zda tutadi:



  • Raqamlashtirish vositasida iqtisodiyotning turli xil sohalarida qo‘shimcha ish joylarini yaratish;

  • Ilmiy bilimlar talab qiladigan raqamli mahsulotlar hajmini va aholining daromadlarini oshirib, byudjetning turli xil tushumlarini ko‘paytirish;

  • Raqamli texnologiyalar yordamida aholining madaniy-ma’naviy, ta’lim va bilim darajasini oshirish;

  • Mamlakat iqtisodiyotiga yangi turdagi raqamli mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari va zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng miqyosda jalb qilish;

  • Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni hal qilish.

Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi ko‘p jihatdan davlatning iqtisodiyot ilmiy-texnik sektori rivojlanishiga bo‘lgan yondoshuviga ham bog‘liq bo‘ladi va bu makroiqtisodiy siyosatda, normativ va huquqiy ta’minotda, raqamli innovatsion tizimning bevosita va bilvosita boshqarilishida o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham bunday raqamli iqtisodiyot funktsiyalari mamlakatning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish potentsiali, ichki bozor va mehnat bozori holati hamda tarixiy va tabiiy hususiyatlari bilan aniqlanadi. Bunga mos ravishda raqamli innovatsion tizimning bir qancha darajalarini farqlash mumkin: dunyo miqyosida, milliy – bir mamlakat miqyosida, regional – viloyatlar miqyosida va lokal – raqamli innovatsion iqtisodiyotni bir tarmoq yoki korxona miqyosida amalga oshirish. Lokal raqamli innovatsion tizim o‘z tarkibiga bir tomondan yirik korporatsiyalarni, kichik va o‘rta biznes firmalarini va ikkinchi tomondan, ilmiy izlanish faoliyati moliyaviy hizmatining an’anaviy hamda yangi ko‘rinishlarini, yangi raqamli texnologiyalar bozorini va davlatning bevosita va bilvosita ko‘magini qamrab oladi. U ilm-fan va ishlab chiqarishni samarali ravishda birlashtirib, o‘z tarkibiga raqamli tizimning barcha tashkil etuvchilarini, shu jumladan, ilmiy-texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarni qamrab oladi. Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning mohiyati - asosan tashqi va ichki ta’asirotlarga bardoshli bo‘lgan raqamli innovatsion tizimning tashkiliy ko‘rinishlari va funktsional tuzilmalarini hosil qilish bo‘lib qoladi, deyishimiz ham mumkin.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling