Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti
Download 2.84 Mb.
|
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik platforma
- Raqamli texnologiyalar transferi
- 4.4. Ta’lim biznesida raqamli innovatsion texnologiyalar
- Khan Academy
Bu g‘oyaning amalga oshirilishiga jahon, mamlakat, xudud yoki korxona miqyosida jamiyatning talabgorligi;
Ushbu g‘oya amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko‘rsatiladigan hizmatlarga ichki va tashqi bozorlarda talab mavjudligi; Bu g‘oya asosida tavakkalchilik bilan yangi firma tashkil qilib, uni boshqara oladigan real tadbirkorning mavjudligi; Ushbu venchur firmani moliyalashtirish uchun kerakli miqdordagi “tavakkalchi” kapitalni topish mumkinligi. Investitsiyalarning boshqa turlaridan farqli o‘laroq, venchur biznesga moliyaviy mablag‘ investitsiya qilish quyidagi hususiyatlarga ega: Venchur biznesga moliyaviy mablag‘lar kafolatsiz hamda moddiy ta’minotsiz jalab qilingani uchun investorlar katta tavakkalchilikka duch keladilar, chunki muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ular juda katta mablag‘larni yo‘qotishlari mumkin. Ammo bunday tavakkalchilikka tayyor bo‘lish tadbirkorlarning venchur biznes muvaffaqiyatiga astoydil ishonishlari va ularning o‘zlari yakka holda bu ishni amalga oshira olmasliklari bilan tushuntiriladi; Investorning venchur firma ta’sis (ustav) kapitalida majburiy 50% dan oshmagan bevosita yoki bilvosita ulushga ega bo‘lishi. Ya’ni tavakkal kapitali firmaning ustav kapitaliga ulush kiritish tariqasida ishtirok etib, bu moliyaviy mablag‘lar ajratilishiga alohida ta’sir ko‘rsatidi. O‘z navbatida investorlar moliyalashtirilgan firmaning foydasidan o‘z ulushlarini olish huquqiga ham ega bo‘ladilar; Mablag‘lar qaytib bermaslik asosida uzoq muddatga beriladilar, chunki ba’zi hollarda mablag‘larining samaradorligini bilish va tegishli daromad olish uchun investorlar 3-5 yil kutishlariga to‘g‘ri keladi; Investorning moliyalashtirilgan venchur firmani boshqarishda faol ishtiroki talab qilinadi, chunki investorlar venchur firmaning muvaffaqiyatiga shaxsan qiziqadilar va shuning uchun mablag‘ berish bilangina kifoya qilmaydilar. Venchur firmalar ikki xil tashkiliy ko‘rinishlarda faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Bulardan biri mustaqil venchur firmalar bo‘lsa, ikkinchisi yirik tashkilotlar tarkibida tashkil qilinadigan venchur firmalardir. Yangi mahsulot yoki hizmat turi yaratish bo‘yicha loyiha tanlanganida ikki holat albatta hisobga olinadi: birinchidan, bu loyihaning maqsadlari va hal qiladigan masalalari asosiy kompaniyaning an’anaviy faoliyati bilan mos tushmasin – ya’ni, ichki venchurning asosiy maqsadi - katta daromad keltiradigan yangi innovatsiyalar topish va uni kompaniya faoliyatiga tadbiq etishdir. Ikkinchidan, yangi g‘oyalar tanlanayotganda ulardan olinishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy natija sarf-xarajatlarni oqlashdan tashqari, katta foyda keltiradigan darajada yetarlicha miqdordagi kattalikda bo‘lishi lozim. Texnologik rivojlanishning milliy qadriyatlarini hosil qilishda va ularni amalga oshirishda davlatning, ilm-fanning hamda biznesning imkoniyatlarini birlashtirishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan eng muhim uskunalardan biri texnologik platformalardir. Texnologik platforma – yangi tijoriy raqamli texnologoyalar, mahsulotlar, hizmatlar yaratishda qo‘shimcha zahiralarni jalb etish uchun barcha qiziquvchilarni (shu jumladan, davlat, fan, biznes va jamiyat a’zolarini) birlashtirish imkonini beradigan kommunikatsion imkoniyatdir. Uning vositasida biror bir ilmiy-texnik innovatsiyani amalga oshirayotgan firma va tashkilotlardan iborat bo‘lgan klasterlarga (birlashmalarga) kerakli bo‘lgan ko‘mak ko‘rsatiladi. Klasterlar esa raqamli texnoligiyalarda yangilik kutilayotgan yo‘nalishlarda tashkil qilinib, uning vositasida yangi bozorbop imkoniyatlar topiladi. Shuning uchun ham iqtisodiy jihatdan rivojlangan va endigina rivojlanayotgan ko‘pgina mamlakatlar eng yangi raqamli innovatsion yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida klasterlar tashkil qiladilar. Ilm-fan va ishlab chiqarish birlashishining yana bir asosiy imkoniyatlaridan biri raqamli texnologiyalar transferining bozoriy mexanizmini yaratishdir. Raqamli texnologiyalar transferi jarayonini tezlashtirish uchun mamlakatdagi korxonalarni olimlar bilan hamkorlikda yangi raqamli texnologiyalarni topa olishiga va olimlarning biznes topshiriqlarni bajara olishiga qiziqish uyg‘otadigan mexanizmni yaratish kerak bo‘ladi. Bu mexanizm sifatida raqamli texnologiyalar transferini amalga oshirish uchun tashkil qilingan konsortsiumlarga davlat tomonidan yordam berilishini ko‘rsatish ham mumkin. Agarda korxona olimlar tomonidan ishlab chiqarilgan yangilikni bozorga olib chiqishga tayyor bo‘lsa, uning ilmiy tashkilotlardagi mualliflari o‘z ilmiy natijalarini ishlab chiqarishgacha yetkazishga tayyor bo‘lsalar, u holda ushbu faoliyat loyihalashtirish asosida davlat tomonidan moliyalashtirilishi lozim. Bu holatda raqamli texnologiyalarni oxirigacha yetkazish uchun ketgan mablag‘larni to‘liq yoki qisman davlat tomonidan qoplanishi zarur, ilmiy tekshirish instituti esa tayyor mahsulotni sotishdan olingan foydaning bir qismiga ega bo‘lishi nazarda tutilishi kerak (shundagina u konsortsiumda to‘laqonli ishtirok etishga qiziqish bildiradi). Raqamli innovatsion faoliyat doirasidagi korxonalarning faolligi yuqorida keltirilgan innovatsion tashkilotlar bilan aloqasi qanchalik yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi bilan aniqlaniladi. Raqamli innovatsiyalar yaratish jarayonida innovatsion firmalar fan, texnika, texnologiya va iqtisodiyot sohalaridagi ma’lumotlar bilan ta’minlanishlari hamda moliyaviy, huquqiy va siyosiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishga erishishlari lozim. Shuning uchun ham bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotda innovatsion yoki yaratuvchanlik infratuzilmasi juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 4.4. Ta’lim biznesida raqamli innovatsion texnologiyalar Zamonaviy ta’lim tizimi hozirgi davrning barcha o‘ta jiddiy talablariga javob bera olmayotganligini juda ko‘pchilik olimlar va mutahassislar tomonidan tan olinayapti. Ushbu holatni tubdan o‘zgartirishning asosiy yo‘llaridan biri – ta’lim tizimiga zamonaviy texnologik rivojlanishning eng yangi dasturiy-texnik vositalarini keng miqyosda jalb qilishdir. Bunday vositalardan biri – insonlarning ishlab chiqarishdan va boshqa kundalik yumushlardan ajralmagan holda to‘laqonli ta’lim olishiga imkon beradigan raqamli platformalardagi ochiq masofaviy ta’lim tizimidir (MOOC – massive open online cources – ommaviy ochiq onlayn ta’lim tizimlari). Bundan bir necha yillar oldin, ya’ni, 2012 yilning kuzlarida Stenford universitetining ikki professori Sebastyan Trun va Piter Norvig internetda barcha istovchilar uchun sun’iy intellekt bo‘yicha ma’ruzalar tinglashni taklif qilishdi. Bu ma’ruzalar o‘z tarkibiga barcha kerakli materiallarni, testlarni va yakuniy imtihonlarni qamrab olgan edi. Mashg‘ulotlar esa faqat on-line ko‘rinishida tashkil etilgan edi. Ma’ruzachilar eng ko‘pi bilan 2-3 ming talaba ushbu mashg‘ulotlarga qatnashishini rejalashtirgan bo‘lsalarda, semester boshida unga dunyoning 200 ta mamlakatidan 160 ming kishi yozilib bo‘lgan edi. Bunga o‘xshash masofaviy ta’lim tizimlari borgan sari murakkablashib va sifati oshib borayotganini ta’kidlamasdan iloji yo‘q. Kun sayin yanada ko‘proq tajribali o‘qituvchilar va professorlar o‘z ma’ruzalarini boshqalar bemalol foydalanishi uchun YouTube va iTunes tizimlariga yozib qo‘yayaptilar. Ularning ba’zilari, masalan, siyosiy falsafa bo‘yicha Garvard professori Maykl Sendel o‘zining ma’naviyat haqidagi «Justice» deb nomlangan kursini haddan tashqari ommalashib ketgani tufayli internetdagi eng mashhur shahslardan biri bo‘lib qoldi. Har yili dunyo miqyosidagi eng yaxshi bilimlarni to‘plash va ularni internet orqali barcha foydalanishi uchun tarmoqqa joylashtirish bo‘yicha yangidan-yangi ishlar qilinib, filantroplar va venchur tadbirkorlar buning uchun o‘nlab million dollar mablag‘lar ajratayaptilar. Ularning birgalikdagi say’i-harakatlari dunyoning istalgan joyida yashovchi insonlarning zamonaviy va sifatli ta’lim olishlariga sabab bo‘lishi kuzatilayapti. Professorlar Sebast’yan Trun va Piter Norvig larning ta’kidlashlaricha, 2050 yilga kelib, jahon miqyosida bor-yo‘g‘i o‘ntagina katta zamonaviy universitetlar qolib, ularda bir vaqtning o‘zida millionlab talabalar o‘qitilishiga erishiladi. Tabiiyki, bunday biznes unga jalb etilganlarning barchasi uchun ham foydali, ham raqamli iqtisodiyot uchun kadrlar yetishtirishga katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunga misol sifatida hozirgi paytda real ishlab turgan minglab ta’lim tizimlari orasidan quyidagilarni keltirishimiz mumkin: Khan Academy –2008 yilda moliyaviy analitik Salman Xan tomonidan asos solingan notijorat tashkiloti bo‘lib, u matematika, fizika, biologiya, astronomiya va boshqa tabiiy fanlar bo‘yicha turli-tuman topshiriqlar va videomateriallarning raqamli olamdagi o‘ziga hos ombori hisoblanadi. Ushbu akademiyaning materiallari turli xil murakkablikda bo‘lib, asosan o‘rta maktab talabalari uchun mo‘ljallanilgan. Shuning uchun undagi materiallardan AQSH dagi o‘nlab o‘quv muassasalarida doimiy asosda foydalaniladi. Khan Academy raqamli ta’lim tizimi o‘qituvchilarga ta’lim jarayonini tubdan o‘zgartirishga imkon beradi, ya’ni, o‘quvchilar uylarida internet orqali ma’ruzalarni eshitib oladilar va darsga kelganlarida o‘qituvchi yordamida uy vazifalarini bajaradilar. O‘qituchi esa istalgan paytda o‘quvchi qanday materiallarni o‘zlashtirgan yoki qaysi materiallarni o‘zlashtirish unga qiyinchilik tug‘dirayotganini tekshira oladi. Xozirgi paytda bu akademiyaga Bill & Melinda Gates Foundationva Googlekompaniyalari moliyaviy yordam ko‘rsatmoqdalar. Ushbu akademiya bilan to‘liqroq ravishda www.khanacademy.org sayti orqali tanishib chiqishingiz mumkin. Maktablar uchun akademiya tomonidan ishlab chiqilgan materiallar jumlasiga quyidagi o‘quv video materiallarni misol sifatida keltirishimiz mumkin: Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling