К = <ҒЎЗА> kaliti yordamida Т = <ПАХTAҒАРАМИ> dastlabki matnni shifrlash va so‘ngra rasshifrovka qilish talab etilsin. Shirflash va rasshifrovka qilish natijalari quyida keltirilgan:
Dastlabki matn: ПАХTA_ҒАРАМИ
Kalit: ҒЎЗАҒЎЗАҒЎЗА
Almashtirilgan so‘nggi matn: МЎЯТҒЯЕАНЎФИ
Shifromatn:МЎЯТҒЯЕАНЎФИ
Kalit: ҒЎЗАҒЎЗАҒЎЗА
Rasshifrovka qilingan matn: ПАХTA _ҒАРАМИ
Dastlabki matn: ПАХTA _ҒАРАМИ
Polialfavitli almashtirish usullarining kriptoturg‘unligi oddiy almashtirish usullariga nisbatan sezilarli darajada yuqori, chunki ularda dastlabki ketma ketlikning bir simvollari turli simvollar bilan almashtirilishi mumkin. Ammo shifrning statistik usullarga bardoshliligi kalit uzunligiga bog‘liq.
O‘rin almashtirish usullari
O‘rin almashtirish usullariga binoan dastlabki matn belgilangan uzunlikdagi bloklarga ajratilib, har bir blok ichidagi simvollar o‘rni ma’lum algoritm bo‘yicha almashtiriladi. Eng oson o‘rin almashtirishga misol qilib, dastlabki informatsiya blokini matritsaga qator bo‘yicha yozishni, o‘qishni esa ustun bo‘yicha amalga oshirishni ko‘rsatish mumkin. Matritsa qatorlarini to‘ldirish va shirflangan informatsiyani ustun bo‘yicha o‘qish ketma-ketligi kalit yordamida bajarilishi mumkin. Usulning kriptoturg‘unligi blok uzunligiga (matritsa o‘lchamiga) bog‘liq. Masalan, uzunligi 64 simvolga teng bo‘lgan blok (matrista o‘lchami 8x8) uchun kalitning 1,6 milliard kombinatsiyasi bo‘lishi mumkin. Uzunligi 256 simvolga teng bo‘lgan blok (matritsa o‘lchami 16x16) uchun esa kalitning mumkin bo‘lgan kombinatsiyalari soni 1,4 . 10 ga yetishi mumkin. Bu xolda kalitni saralash masalasi zamonaviy komp’yuterlar uchun ham ancha murakkab amal hisoblanadi.
Gamil’ton marshrutlariga asoslangan usulda ham o‘rin almashtirishlardan foydalaniladi. Ushbu usul quyidagi qadamlarni bajarish orqali amalga oshiriladi:
1-qadam: Dastlabki informatsiya bloklarga ajratiladi. Agar shifrlanuvchu informatsiya uzunligi blok uzunligiga karrali bo‘lmasa, oxirgi blokdagi bo‘sh o‘rinlarga mahsus hizmatchi simvollar – to‘ldiriluvchilar joylashtiriladi. Masalan, * simvoli.
Do'stlaringiz bilan baham: |