Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti
Download 2.84 Mb.
|
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiyalar
- Pontsi loyixasi
- Internet tarmogidagi firibgarliklarning turlari
Piramidaning yana bir turi ko‘p bosqichli marketing (multi-level marketing - MLM) deb ataladi. U yuqoridagi piramidadan printsipial jihatdan farq qilmaydi, lekin unda nafaqat yangi a’zolar jalb qilinadi, balki biror bir real tovar sotilishi xam tashkil qilinadi. Masalan, rasmlar, parfyumeriya maxsulotlari, dietik oziq-ovqat maxsulotlari, oziq-ovqatga «qimmatli va foydali» bioqo‘shimchalar, meditsina preparatlari va xakozolar. Oddiy sotuv shaxobchalarida bunday tovarlar unchalik chaqqon sotilmasligi uchun (chunki ular ancha qimmat va unchalik foydali xam emas) uni kuchli va ta’sirli reklama asosida piramida a’zolariga sotish amalga oshiriladi. Bunda asosiy shart – ma’lum miqdordagi oylik sotuv xajmiga erishishdir. Piramida a’zolari distribyuterlar deb ataladilar va sotuvdan tushgan mablag‘ning bir qismiga egalik qilish xuquqiga egadirlar. Lekin pulning asosiy va katta qismi bunday turdagi piramidani tashkil qilgan asoschilar xamyoniga tushadi, albatta. Investitsiyalar bilan bog‘liq Internet firibgarligi usulida Sizga faqat Internet orqali amalga oshadigan va tezlik bilan boyib ketishingizga olib keluvchi tadbirda ishtirok etishingiz taklif qilinadi. Masalan, Sizga ma’lum bir miqdordagi mablag‘ni biror bir ajoyib loyixaga investitsiya qilishingiz so‘raladi va oyiga katta miqdordagi foiz to‘lash va’dasi beriladi. Siz o‘z pulingizni jo‘natganingizdan so‘ng ma’lum bir muddatda oyiga foizlarni va’da qilingan miqdorda olib xam turasiz va shuning uchun bunga boshqalarni xam jalb qila boshlaysiz. Aslida esa bu loyixa fiktiv bo‘lib, foizlar xilma xil insonlarning pulini ustalik bilan bir biriga qayta jo‘natish kombinatsiyasi orqali amalga oshiriladi. Lekin bir kunmas bir kun shunday noqulay vaqt keladiki, Sizning pulingiz ham, foizingiz ham izsiz g‘oyib bo‘ladi. Misol sifatida Pontsi loyixasini keltirish mumkin. U o‘z kompaniyasiga investitsiya qilishni taklif qiladi va bunga ishonganlarga katta foiz va’da qiladi. Investorlarning pullariga esa mazza qilib boy yashaydi. Investorlarning biridan olingan mablag‘ning bir qismini boshqasiga jo‘natib, ularga bergan va’dasini bajarib turaveradi. Investorlar ko‘plab jalb qilinganda bu tadbir yaxshi ishlaydi, lekin ularning soni juda xam ko‘payib ketganda, ularga jo‘natish uchun mablag‘ yetmay qoladi va natijada loyixa xam barbod bo‘ladi.
Internet orqali xech qaerda qayd qilinmagan aktsiya yoki boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlar sotib olish xam firibgarliklarning biror bir turiga mansub bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Lekin bunday ishlar xam Internet orqali amalga oshiriladigan ajoyib biznes deb tushuntirilishi mumkin. Kreditlarni tozalab berish takliflari, offshor zonalarda bank operatsiyalarini o‘tkazib berish kabi qiziqarli takliflar, elektron pochta orqali Siz katta miqdordagi pulni yutganligingiz xaqidagi xabarnoma («Siz faqatgina pulingizni sizga jo‘natish uchunbizga 10 dollar jo‘natsangiz kifoya, katta miqdordagi yutuq pulingizni olasiz» degan ajoyib taklif bo‘ladi) kabi takliflarning barchasi Sizdan ma’lum bir miqdorda pul mablag‘i undirib olishga yo‘naltirilgandir. Boshqa turdagi firibgarliklarga ajoyib dori-darmonlar, ozuqa moddalari, ozdiradigan preparatlar, uy ofisda bajariladigan ishlar taklifi kabilarni kiritish mumkin. Masalan, Sizga uyda o‘tirib Internet orqali bajariladigan ish taklif qilindi, deylik. Firmaga borganingizda, bu ishga mos kompyuter va programmaviy ta’minot sotib olishingiz yoki faqatgina mana bu provayderda ishlashingiz so‘ralishi mumkin. Demak, bunday firibgarlar Sizga o‘z maxsulotini yoki xizmatini o‘tkazmoqchi, degan xulosa chiqadi albatta. Fosh qilingan bir firibgarlikni tavsif etamiz. Bir firibgar o‘ziga internet.com degan server ochib, uni kompyuter qurilmalari bo‘yicha virtual magazin deb atadi va undagi tovarlarga juda past baxo belgiladi. Qiziqqan shaxslar unga pul jo‘nata boshladilar va u ularga talabingiz bajariladi deb javob jo‘natadi. Ma’lum bir vaqtdan so‘ng qurilmalar o‘z vaqtida olinmaganligi sababli, talabnoma jo‘natganlar talablarini rad qilib, o‘z pullarini qaytarib ola boshladilar. Firibgar esa bu pullarning o‘rtacha qiymati o‘z bankida turgan vaqti uchun foiz olib juda yaxshi xayot kechirgan. Yana bir firibgarlik www.multicredit.gua.net serveri bilan bog‘liq bo‘lib, u Construcredit nomli Gvatemala bankining juda arzon kreditini taklif qiladi. Lekin taklif qilingan anketani to‘ldirgan biror bir inson kredit ololmagan, chunki bu tadbir tashkilotchilari uchun anketa ma’lumotlari kerak bo‘lgan xolos. Ushbu anketa ma’lumotlari esa boshqa turdagi «antiqa» firibgarliklarni amalga oshirish uchun xomashyo rolini o‘ynagan. Emigratsiya bilan bog‘liq firibgarliklarda Internetdan Kanada, AQSh yoki Avstraliyaga viza to‘g‘rilab beramiz, deb taklif qilinadi. Bu shaxslar o‘zlarini advokat deb atashadi va Sizning cho‘ntagingizni yanada engillashtirishga o‘z hissalarini baholi-qudrat qo‘shishga harakat qiladilar. Barcha firibgarliklar bir xil ko‘rinishdagi so‘zlarni ishlatadilar – ya’ni «eksklyuziv taklif», «ajoyib imkoniyat», «shoshiling, vaqt juda xam tig‘iz», «bunaqasi bo‘lmagan» va xakozalar. Bunda asosiy maqsad, diqqatni chalg‘itish va potentsial mijozning taklifni yaxshilab fikrlab ko‘rishidan iloji boricha ko‘proq chalg‘itishdir. Juda katta foyda va barcha kasalliklarga davo bo‘ladigan preparatlar xaqidagi cho‘pchaklar xam ko‘pchilik insonlarni ishontiradi. Shu yerda bir savol tug‘iladi - qanday qilib kompyuter firibgarligini bilish mumkin?Internet bilan bog‘liq firibgarliklarni aniqlash uchun masalan, quyidagilarni xar kim bilishi kerak: ® Taklif elektron pochta orqali juda ko‘p potentsial mijozlarga keladi; ® Olingan taklifda jo‘natuvchining manzili yo‘q yoki bo‘lsa xam u fiktiv; ® Sizga kredit kartochkangiz raqamini ko‘rsatishni so‘raydilar; ® Sizdan pul jo‘natishingizni so‘raydilar; ® Maxsulot yoki xizmatning asosiy ko‘rsatgichlari o‘rniga «bundan millionlar foydalanayaptilar va juda xursandlar» kabi antiqa ma’lumotlar jo‘natiladi; ® Bu mahsulot yoki hizmatdan foydalangan insonlarning ajoyib fikrlari misol sifatida va jonli ravishda keltiriladi; ® Taklif juda foydali, qulay va aqlga muvofiq emas. Internet tarmogidagi firibgarliklarning turlari Internetdagi ko‘pchilik foydalanuvchilar undan o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni qidiradilar, qiziqarli musiqa va filmlarni yozib oladilar, bloglarda yoki turli chatlarda yozishmalar qiladilar, ijtimoiy tarmoqlarda boshqa insonlar bilan tanishadilar, turli mahsulotlar sotib oladilar yoki hizmatlardan foydalanadilar, qiziqarli saytlarga kiradilar, elektron pochtadan foydalanadilar va shularga o‘xshash turli-tuman ishlarni amalga oshiradilar. Lekin kunlardan bir kuni ular juda qisqa vaqtda kattagina pul ishlab olish xaqidagi taklif bilan to‘qnash keladilar. Ushbu taklif shunchalik qiziqarli, ishonarli, chiroyli va foydali qilib tushuntiriladiki, internetda ishlovchi oddiy (va laqma) fuqaroning unga ishonmasdan ilojisi qolmaydi. Ozgina pul sarf qilib, kattagina mablag‘ ishlab olishga qiziqish shunchalik bo‘ladiki, bu inson ko‘rsatilgan elektron (yoki pochta yoxud bank hisob raqamiga) manzilga talab etilgan pulni o‘tkazadi va chidam bilan yaxshigina daromad olishni kuta boshlaydi. Lekin afsuski, bu birodarimiz qancha kutgani bilan orzu qilgan pulini ololmaydi, firibgar esa unga o‘xshash boshqalarni ham chuv tushira beradi. Xozirgi paytda shunga o‘xshash firibgarliklar internet tizimida keng miqyosda amalga oshirilayapti va sodda hamda ishonuvchan insonlardan pul olishning yangidan-yangi usullari kashf qilinib, xayotga bemalol tadbiq qilinayapti. Bunday virtual fazo firibgarlarining javobgarlikka tortila olinmasligi, ularning anonim ravishda ishlashi va ishonuvchan insonlarning juda ham ko‘pligi bunday «tadbirkorlik faoliyati» ning o‘ziga xos yoqilg‘isi sifatida namoyon bo‘layapti. Ko‘pchilik foydalanuvchilar internetda ham xuddi real xayotdagidek qonun va qoidalar amal qilayotganligini tushunmaydilar yoki tushunishni istamaydilar. Agar xayotda kartadan yoki biror turdagi qimordan katta yutuq olish mumkin emasligini ko‘pchilik bilsada, ular internetdagi xuddi shunday faoliyat turlaridan katta pul ishlab olish mumkin deb o‘ylaydilar. Lekin shuni aniq va ravshan qilib ta’kidlash mumkinki, «tekin ovqat faqat qopqondagina bo‘ladi». Xaqiqiy pullarga o‘xshash elektron pullar ham xech yerda yo‘qdan bor bo‘la olmaydilar. Internet esa ma’lumot uzatish va almashinish vositasigina xolos. Pul ishlash uchun asosiy vositalar esa faqatgina qandaydir maxsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatishdir. Bu xolatni internetga tadbiq qilsaq, quyidagini olamiz: internetda pul ishlash uchun unda intellektual mulk yaratish kerak yoki unda ko‘pchilik uchun kerakli bo‘lgan qandaydir xizmatlar ko‘rsatish lozim. Firibgarlik bilan bog‘liq bir askiyani keltiramiz: «Endigina ish boshlagan kompyuter xakeri boshqasidan kompyuter forumida suradi: - Menga aytingchi, qanday qilib internetda pul ishlash mumkin? Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling