Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Download 2.84 Mb.
bet67/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

Internetdagi gadoychilik
Internetda qandaydir gumanitar jamoat tashkiloti, bolalar uyi yoki yetimxona nomidan muxtoj yoxud kasal bolalarga moddiy yordam ko‘rsatishni so‘rash bo‘yicha iltimoslar paydo bo‘lishi ham mumkin. Firibgarlar darhol bunday saytlarga aynan o‘xshash saytlar yaratib, ularning pul o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan rekvizitlarini boshqacharoq qilib qo‘yadilar. Shuning uchun, agar Internet orqali yordam puli o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, eng avvalo erinmay ko‘rsatilgan tashkilotlarga boring yoki ularga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib, ularning aniq revizitlari qandayligini biling. Muammoning asl mohiyatini bilgandan so‘nggina pul o‘tkazish xaqidagi qaroringizni qabul qiling. Aks xolda sizning ajratgan moliyaviy mablag‘laringiz firibgarlarning qo‘liga tushib qolishi mumkin.
Xorijiy fuqarolarga nisbatan firibgarliklar
Real xayotda o‘z turmush o‘rtog‘ini topa olmaganlar bu ishni virtual dunyoda, ya’ni internetda ham davom ettiradilar. Qidiruv bo‘lg‘usi qalliqlarning rasmlari joylashtirilgan tanishish saytlarida va kundaliklarda boshlanadi. Firibgarlar pul topish maqsadida chiroyli qizlarning rasmlarini saytlarga joylashtiradilar va ularni yoqtirib qolgan chet ellik fuqarolar bilan bu «qizlar» nomidan yozishma uyushtiradilar. Chet ellik kuyovlar bunday e’lonlarga laqqa tushib, go‘zallar bilan ishonch ila xatlar almashinadilar. Biroz ishonchga kirgandan so‘ng, «qizlar» turli iltimoslarini boshlaydilar: kasal ota-onamga yordam bering, kredit to‘lashim uchun biroz pul ajrating, sizning oldingizga uchib borish uchun biletga xamda sarf-xarajatlarga pul ajrating va boshqalar singari. So‘ralgan pul olinganidan so‘ng, «qalliqlar» aloqaga chiqmay qo‘yadilar. Aldanganliklarini bilib qolgan xorijiy fuqarolar esa yordam so‘rab, politsiyaga murojaat qiladilar. Shuni ham aytish kerakki, bunday firibgarlar uzoq mamlakatlardagi «qalliqlar» bilan ishlaydilar, aks xolda yaqin mamlakatdagilar o‘zlari kelishlarini so‘rashlari mumkin bo‘ladi. Bu esa firibgarlar uchun unchalik yoqimli emas, albatta.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling