Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti
Download 2.84 Mb.
|
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron tijoratda elektron imzodan foydalanish
DSA algoritmi - (Digital Signature Algorithm) 1981 yilda yaratilgan bo‘lib, elektron raqamli imzo uchun AQSH standarti (Digital Signature Standart – DSS) sifatida ishlatiladi. DSS standartining aniqlanuviga ko‘ra, DSA algoritmi xesh-funktsiya sifatida SHA algoritmini ishlatishni ko‘zda tutadi. Bu algoritmning ko‘rsatgichlari mahfiylashtirilmagan, DSA algoritmi AQSH da ham raqamli imzoning standarti sifatida ishlatiladi. U faqatgina elektron raqamli imzoni xosil qilish uchungina ishlatilib, ma’lumotlarni shifrlash uchun ishlatilmaydi. Kalitdan foydalangan xoldagi istalgan shifrlash algoritmini kalitlarning barcha qiymatlarini tanlash usuli orqali rasshifrovka qilish mumkin. Ammo bunda rasshifrovka qilish uchun zarur bo‘lgan komp’yuter quvvati kalit uzunligi oshishi bilan exponentsial ravishda ko‘payadi. Kriptografik tizimning ishonchliligi uning eng kuchsiz qismi xususiyati bilan aniqlanadi. Shuning uchun shifrlash tizimining har bir qismini – algoritmni, shifrlashni qo‘llash usulini va kalitlardan foydalanish siyosatini ishlab chiqishda juda hushyor bo‘lish talab etiladi.
Elektron tijoratda elektron imzodan foydalanish Elektron raqamli imzoni hosil qilish, uni tekshirish, raqamli valyutalar bilan ishlash kabi bir qancha kriptografik operatsiyalar (o‘zgartirishlar) hamda chegaralangan ma’lumotlar ustida bajariladi. Shuning uchu ham katta hajmdagi (masalan, 125 megabaytli ma’lumot) fayllarga elektron raqamli imzo qo‘yishdan avval undan xesh-funktsiya hisoblanadi va shundan so‘ng uning qiymatiga elektron raqamli imzoni hisoblaydilar. Undan tashqari, parollarni ham ma’lumotlar bazasida ochiq xolda emas, balki xeshlangan xolda saqlash maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib,Xesh – istalgan uzunlikdagi ma’lumotlar massividan oldindan aniqlangan uzunlikdagi qandaydir qiymat olish uchun amalga oshiriladigan o‘zgartirishdir. Xesh-funktsiyani tushunish uchun eng oddiy misol nazorat yig‘indilarini hisoblashdir (kontrol’nie summi). Xeshlashning dasturiy va kriptografik turlari mavjud. Kriptografik xesh dasturiy xeshdan ikki xossasi bilan farqlanadi: orqaga qaytmaslik va kolliziyalardan ozodligi. Kalitsiz xesh funktsiyalar ikki guruhga bo‘linadilar: kuchli xesh-funktsiyalar va kuchsiz xesh-funktsiyalar. Kuchsiz xesh funktsiya deb, quyidagi shartlarni bajaruvchi bir tomonlama H(x) funktsiyaga aytiladi: Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling