Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Ochiq kalitli shifrlash tizimlari


Download 2.84 Mb.
bet59/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

Ochiq kalitli shifrlash tizimlari
Ochiq kalitli shifrlash tizimlarida ikkita kalit ishlatiladi. Informatsiya ochiq kalit orqali shifrlansa, mahfiy kalit yoqdamida rasshifrovka qilinadi. Ochiq kalitli tizimlarni qo‘llash asosida qaytarilmas yoki bir tomonli funktsiyalardan foydalanish yotadi. Bunday funktsiyalar quyidagi hususiyatlarga ega. Hech kimga sir emaski, xma’lum bo‘lsa, y = f(x) funktsiyani aniqlash juda oson. Ammo y = f(x) funktsiyaning ma’lum qiymati bo‘yicha xni aniqlash amaliy jihatdan juda ham qiyin. Kriptografiyada yashirin deb ataluvchi yo‘lga ega bo‘lgan bir tomonli funktsiyalar ishlatiladi. zparametrli bunday funktsiyalar quyidagi xususiyatlarga ega. Ma’lum zparametr uchun Еz va Dz algoritmlarini aniqlash mumkin.
Еz algoritmi yordamida aniqlik sohasidagi barcha x lar uchun fz(x) funktsiyani osongina topish mumkin. Xuddi shu tariqa Dz algoritmi yordamida joriy qiymatlar sohasidagi barcha ylar uchun teskari funktsiya x = f ( y ) ham osongina aniqlanadi. Ayni vaqtda joriy qiymatlar sohasidagi barcha z parametrlar va deyarli barcha ylar uchun hatto Еz ma’lum bo‘lganda ham x = f ( y )ni hisoblashlar yrdamida topib bo‘lmaydi. Ochiq kalit sifatida yishlatilsa, mahfiy kalit sifatidaxishlatiladi. Ochiq kalitni ishlatib, shifrlash amalga oshirilsa, o‘zaro muloqotda bo‘lgan sub’ektlar orasida mahfiy kalitni almashish zaruriyati yo‘qoladi. Bu esa o‘z navbatida uzatiluvchi informatsiyaning kriptohimoyasini soddalashtiradi. Ochiq kalitli kriptotizimlarni bir tomonlama funktsiyalar ko‘rinishi bo‘yicha farqlash mumkin. Bularninmg ichida RSA, Эль-Гамал va Мак-Элис tizimlarini aloxida tilga olish o‘rinlidir. Xozirda eng samarali va keng tarqalgan ochiq kalitli algotirm sifatida RSA algoritmini ko‘rsatish mumkin. Ushbu algoritmning nomi uni yaratganlarning familiyalari birinchi harflaridan olingan (Rivest, Shamir, Adleman). Algoritm modul arifmetikasining darajaga ko‘tarish amalidan foydalanishga asoslangan (bunda Eyler funktsiyasi hisoblanadi). El-Gamal tizimi chekli maydonlarda diskret logarifmlarning hisoblanish murakkabligiga asoslangan. Mak-Elis kriptotizimida esa xatoliklarni tuzatuvchi kodlar ishlatiladi.
Xozirgi kunda shifrlashning zamonaviy usullari quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Shifrning kriptoanalizga turg‘unligi (kriptoturg‘unlik) shunday bo‘lishi lozimki, uning fosh etilishi faqatgina kalitlarni to‘liq saralash masalasini yechish orqaligina amalga oshirilishi mumkin bo‘lsin.

  • Kriptoturg‘unlik shifrlash algoritmining mahfiyligi orqali emas, balki kalitning mahfiyligi orqali ta’minlanadi.

  • Shifrimatn hajmi bo‘yicha dastlabki ma’lumotlardan ortiq bo‘lmasligi kerak.

  • Shifrlashdagi xatoliklar informatsiyaning buzilishiga va yo‘qolishiga olib kelmasligi lozim.

  • Shifrlash vaqti juda ham katta bo‘lmasligi kerak.

  • Shifrlash narxi berkitiluvchi informatsiya narxi bilanmuvofiqlashtirilishi lozim.

Shifrlash usullariga bo‘lgan ushbu talablar ruyhati tom ma’noda jo‘natilayotgan axborotning tegishli sub’ektlarga (tashkilot, individ yoki tarmoq komp’yuterlariga) havfsiz darajada yetib borishini to‘la-to‘kis ta’minlab beradi.

    1. Ma’lumotlarning elektron himoyasini amalga oshirish

Umuman olganda, kriptografiyani ikki qismga bo‘lish mumkin: ma’lumotlarni berkitishning umumiy usullarini rivojlantirish, shifrlash tizimlarining tahlili va ularning ishonchlilini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan nazariy qism hamdashifrlash tizimlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanadigan amaliy qismlardan iborat. Ma’lumotlarni himoya qiladigan shifrlar juda ham ishonchli bo‘lishi lozim, ya’ni, ular shifrlashni buzishga bo‘lgan urinishlarga nisbatan o‘ta bardoshli bo‘lishi kerak. Shifrning ishonchliligini asoslash uchun uni ochishga ketadigan ish hajmini chamalash zarur. Bunda agar shifr kalitini topish uchun ketadigan vaqt ma’lumotlarning foydali ravishda ishlatiladigan vaqt intervalidan ko‘p bo‘lsagina, bunday shifr ishonchi deb hisoblaniladi. Lekin shifrlash bo‘yicha yirik olim K.Shennonga ko‘ra, shifrlanayotgan informatsiya hajmiga teng bo‘lgan uzunlikdagi kalitli shifrgina absolyut ishonchli shifr hisoblanadi. Boshqa barcha shifrlarni ochish mumkin, ammo bunda gap buning uchun kerakli bo‘lgan texnik vositalar quvvati va deshifrlash uchun ketadigan vaqtga bog‘liq bo‘ladi. Jamiyatdagi ma’lumotlar hajmi kam miqdorda bo‘lganida unchalik murakkab bo‘lmagan shifrlarni ishlatish yetarli bo‘lgan. Ma’lumotlar hajmining ko‘payib borishi bilan yanada murakkabroq shifrlarni ishlatish zaruriyati paydo bo‘lib, ma’lumotlarni shifrovka qilish uchun bu sohaga mahsus o‘qitilgan insonlar – shifrovkachilarjalb qilina boshlandi. Keyinchalik, ma’lumotlar hajmi juda ham ko‘payib, rasshifrovkani insonlar bajara olmaydigan xolat yuz bergani tufayli, bu ishni bajara oladigan mexanik va elektorn qurilmalar yaratildi. Komp’yuterlar paydo bo‘lganidan so‘ng esa ma’lumotlarni shifrovka va rasshifrovka qilishning yanada zamonaviy va o‘ta murakkab usullari paydo bo‘ldi va ular turli sohalarda keng miqyosda ishlatilina boshlandi. Kompyuterlar yordamida endi nafaqat ma’lumotlar himoyasi, balki yangi muammolar ham hosil qilina boshlandi, Masalan, elektron xujjat almashinishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan elektron imzo ham ishlatilina boshlandi. Chunki endi elektron pochta imkoniyatlari moliyaviy hujjatlarni va konfidentsial ma’lumotlari uzatishda ham ishlatila boshlandi. Elektron tijorat ham ma’lumotlarning konfidentsalligini ta’minlovchi, autentifikatsiya qiluvchu va kirishni boshqaruvchi vositalarni talab qiladi. Raqamli pullar, kriptovalyutalar, ICO lar hamda ularning tokenlari va raqamli valyuta almashtirish shahobchalari ham elektron himoyaning samarador vositalarini talab qiladi. Xuddi shunday texnik va dasturiy vositalar sifatida ham zamonaviy kriptografik himoya usullardan foydalaniladi. Kriptografiyadan foydalanish quyidagilarni ta’minlab beradi:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling