Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti
Download 2.84 Mb.
|
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Skandinaviya kim-oshdi savdosi
- Sport o‘yinlari uchun pul tikish
- 6.3. Elektron tijoratdagi firibgarliklardan himoyalanish
Faol reklama tizimlari
Bunday turdagi pul ishlash usullari internetda juda keng tarqalgan, ammo bunda oldingi usullarga qaraganda ancha kamroqammo doimiypul topiladi. Firibgarlar sizga veb-ilovalarni xar bir turtganingiz uchun ma’lum miqdorda pul to‘lashni va’da qiladilar. Masalan, agar sizga xar bir turtki uchun 50-60 tsentdan to‘lashni va’da qilsalar, demak bu firibgarlarning ishi. Ammo agarda xar bir turtkiga 0,1-0,5 tsentdan to‘lashni va’da qilsalar, buni normal taklif sifatida qabul qilish mumkin. Bunday faol reklama tizimlarida ishlash taklifi orqalifiribgarlar ko‘pchilikning elektron ma’lumotlarini qandaydir g‘araz maqsadlarda yigadilar. Skandinaviya kim-oshdi savdosi Bunday turdagi auktsionda biror bir tovar juda past narxda sotuvga qo‘yiladi va xaridorlar uni sotib olish uchun narx qo‘yishda musobaqalashadilar. Kim eng ko‘p narx qo‘ysa, o‘sha inson tovarni yutib oladi. Bunda xar bir stavka qo‘yish uchun ma’lum miqdorda xak to‘anadi. Bunday kim-oshdi savdosida yaxshigina tovarlarni ancha arzon narxlarda sotib olish mumkin. Ammo firibgarlar bunday auktsionlarning klonini yaratgan xolda sizning xar bir stavka qo‘yish uchun to‘laydigan stavka pulingizni o‘zlashtirib olishlari xam mumkin. Sport o‘yinlari uchun pul tikish Turli xil sport musobaqalari uchun stavka qo‘yadigan yoki pul tikadigan tashkilotlarni bukmeyker kontoralar deb nomlanadi. Bu soxada xam yetarlicha firibgarliklarni topish mumkin. Ular sport o‘yinlari natijasi xaqida tajribali profesionallar tomonidan aytilgan juda ajoyib bashoratlarni sotib olishni taklif qiladilar yoki natijalari oldindan kelishilgan sport o‘yinlari natijalarini bilishlari bilan ham ko‘pchilikni jalb qila oladilar. Natijada ishonuvchan va sodda insonlardan yaxshigina miqdorda pularl ishlab oladilar. 6.3. Elektron tijoratdagi firibgarliklardan himoyalanish 1. Elektron pochta orqali amalga oshiriladigan firibgarliklardan ximoya usullari. Barchaga ma’lumki, elektron pochta xozirgi kunda xavfli dasturlarni internet orqali tarqatishning eng ommaviy va keng tarqalgan usulidir. Elektron pochtadan jo‘natiladigan ma’lumotlar oddiygina matn ko‘rinishida bo‘lib, u unchalik xavfli emas. Ammo bu ma’lumotga biror bir fayl biriktirilsa, endi ushbu elektron ma’lumot viruslar tufayli xavfli yoki o‘ta xavfli bo‘lib qolishi mumkin. Xavf-xatar tugdiradigan dasturlar u yoki bu ko‘rinishidagi bajariladigan fayllar (mustaqil yoki skriptli fayllar) bo‘lib, ular yozilgan kompyuterda ishga tushib ketadilar va foydalanuvchini o‘ta nochor axvolga solib qo‘yadilar. Ular bilan kurashish usullari sifatida quyidagilarni ko‘rsatishimiz mumkin: Xavfli va virus bilan zararlangan fayllarni kompyuteringizga tushishining oldini olish; Agarda ular kompyuteringizga tushganini bilib qolsangiz, bunday dasturlarni kompyuteringizda ishga tushirmaslik; Agarda virus ishga tushib ketgan bo‘lsa, ular katta talofat yetkazmasligi uchun kerakli chora-tadbirlarni ko‘rish. Agarda siz virusli ma’lumotni olib bo‘lgan bo‘lsangiz, demak kompyuteringizning zararlanishi tomon birinchi qadamni qo‘ygansiz, chunki xavfli fayl qattiq diskingizda saqlanib bo‘lgan. Ammo xozircha bu xolat barcha ish barbod bo‘ldi degani emas, lekin bu juda xavfli xolat. Shuning uchun xam zudlik bilan kerakli bo‘lgan ximoya chora-tadbirlarini ko‘rish lozim. Ko‘pchilik elektron pochta aloqa serverlarida xavfli va shubxali ma’lumotlarni filtrlaydigan dasturlar o‘rnatib qo‘yilgan. Lekin umumiy filtrlarning samarali ekanlgiga qaramasdan, ular oldindan ma’lum bo‘lgan viruslarnigina filtrlaydi, yangi viruslar esa elektron pochta qutisiga bemalol kirib, joylashaveradi. Bu esa o‘z navbatida xavfsizlikni ta’minlash uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rishni taqozo qiladi. O‘z pochta qutingizni xavfli dasturlardan saqlashning eng yaxshi usuli - bajariladigan fayllar biriktirilgan elektron ma’lumotlarni qabul qilmaslikdir. Agar shunday filtr o‘rnatilsa, bajariladigan fayllar biriktirilgan barcha elektron pochta ma’lumotlari pochta serverida avtomatik ravishda yo‘qotiladi. Bu tadbirning juda xam radikal ekanligiga qaramasdan, u juda xam samarador va foydalanuvchiga unchalik noqulaylik tugdirmaydi. Chunki, birinchidan, elektron pochta orqali ko‘pincha dasturlar emas, balki xujjatlar va tasvirlar junatiladi. Ikkinchidan, agar pochta orqali dastur olinishi kerak bo‘lsa, bu xaqda jo‘natuvchi bilan aloxida kelishib olish mumkin (masalan, unga dasturni arxivlangan ko‘rinishda jo‘natishni so‘rashingiz mumkin). Bunda ikki karra yutasiz - virusdan ximoyalanisiz xamda faylingiz tezroq uzatiladi. Yana bir usul serverdan dastlab ma’lumotlarning sarlavxalarini olib ko‘rib chiqish va keyin keraksizlarini yuqotgan xolda faqatgina keraklilarini kompyuterga yuklash. Bu ishni amalga oshirish uchun xam maxsus dasturlar mavjud. Agar siz ma’lumotlarni faqatgina bajariladigan fayllar ko‘rinishida olishga majbur bulsangiz, u xolda xavfli dasturlarni o‘z kompyuteringizda aslo ishga tushirmaslik choralarini ko‘rishingiz lozim. Agarda elektron ma’lumot sizga tanish bo‘lmagan insondan sizga jo‘natilgan bo‘lsa, sichqoncha bilan ikki marta turtgan xolda ma’lumotni ochib ko‘rish mumkin emas! Matnni tez ko‘rib chiqish rejimida ko‘rmoq tavsiya etiladi, buning uchun ma’lumotga sichqoncha bilan bir marta turtiladi va uning nomiga qarab, nimaligi aniqlanadi xamda shubxali ma’lumotlar darxol yo‘qotiladi. Siz jo‘natilgan fayllarni (u do‘stlaringizdan, xamkasblardan yoki taniqli firmalar nomidan bo‘lsa xam) darxol ochib o‘tirmang. Chunki ular tarmoq chuvalchanglari tomonidan avtomatik ravishda junatilgan bo‘lishlari xam mumkin. Elektron pochta ma’lumotlarini ko‘rib chiqayotganda fayllarning kengaytirgichlariga xam e’tibor bering. Quyidagi kengaytirgichli fayllar juda xavfli bulishlari mumkin: Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling