Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


Download 2.84 Mb.
bet83/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

LITECOIN (LTC)ning BITCOIN (BTC)dan asosiy farqlari:

  • Litecoin hisoblash amallari uchun markaziy protsessorni Bitcoinga nisbatan samaradorroq ishlatadi, mayning jarayonining afzalliklari esa unda biroz pastroq darajada.

  • Pul o‘tkazmalarini tasdiqlash uchun to‘rt marta kamroq real vaqt sarfi kerak bo‘lishi;

  • Pul mablag‘larining maksimal katta miqdoridan foydalana olish mumkinligi – ya’ni 84 million dollar;

  • Har 3,5 kunda kriptografik hisoblarning murakkablik darajasi qayta hisoblanilib turiladi;

  • Tarmoqda jami bo‘lib 84 million LTC dan foydalanish mumkin, bu esaBTC ga nisbatan to‘rt marta ko‘p deganidir (21*4);

  • Yangi bloklar generatsiya qilinganiuchun mukofotlanuv miqdori ham 840 000 blokdan so‘ng, ikki baravarga kamaytiriladi;

  • Laytkoinning loyihachilari o‘zlarining asosiy maqsadlari sifatida bitkoin tizimidagi xatolar va kamchiliklarni tuzatishni qabul qilganlar. Kriptovalyutalar bilan ish olib borilganida Litecoinning kursi Bitcoinning kursiga bog‘liq ekanligi kuzatiladi. Bu ularning bir biriga bog‘liqligidan emas (chunki ular bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan valyutalardir), balki Bitcoin va Litecoinga bo‘lgan talab va taklifning o‘zaro balansi natijasida paydo bo‘ladi. Kriptovalyutalarning kurslarini umuman bashorat qilib bo‘lmaydi va xolat istalgan daqiqada batamom o‘zgarib ketishi mumkin. Ayniqsa bu xolat 21 million bitkoinlar ishga tushib ketgandan so‘ng yaqqol kuzatiladi.

Laytkoinlarning keyingi vaqtda kuzatilgan katta muvaffaqiyati quyidagilarda deb ta`kidlashimiz mumkin:
1. Kipr davlatining o‘z iqtisodiyotining ayrim qismlarni bitkoinlarga o‘tkazishni rejalashtirganligi;
2. Kriptovalyutaga juda katta pullar oqimining kirib kelganligi. Ularning kapitalizatsiyalashuvi bir necha milliard AQSH dollaridan oshib ketdi;
3. Ko‘pchilik insonlarning 100 sumga ham, 3 dollarga ham bitkoin sotib ollolmaganliklari ularning bitkoin millionerlari bo‘lish imkoniyatlarini batamom yo‘qqa chiqarganligi, laytkoinga bo‘lgan umidni oshirdi;
4. Shuning uchun ham bitkoindan keyingi ikkinchi alternativ kriptovalyuta – laytkoinning obrusi orta boshladi. Ushbu bozorda faoliyat ko‘rsatayotgan ko‘pchilik insonlar laytkoin ham bitkoinning muvaffaqiyatini qaytarishiga va u ham 1000 dollargacha kattalikka o‘sa olishiga ishonadilar;
5. Kriptovalyutalarning asosiy birjalari o‘zida laytkoinlardan ham foydalanish mumkinligini bildirdi;
6. Yuqoridagi ko‘rsatilgan sabablar tufayli ko‘pchilik insonlar yaxshi umid bilan laytkoinlarni faol ravishda sotib ola boshladilar.
Xozirgi davrdagi asosiy kriptovalyutalarning qisqacha tavsifi quyidagi jadvalda keltirilgan:

Valyuta

Kod

Yaratilgan vaqti

Muallif

Faollik

Sayt

Xesh

Izox

Bitcoin

BTC

2009

Satoshi Nakamoto

Ha

bitcoin.org

SHA-256

Birinchi va eng ommabop kriptovalyuta, proof-of-work

Litecoin

LTC

2011

Coblee

Ha

litecoin.org

Scrypt

proof-of-work

Namecoin

NMC

2011

Vinced

Ha

dot-bit.org

SHA-256

proof-of-work. Markazlashmagan DNS sifatida, internet-tsenzurani qiyinlashtirish maqsadida

Kriptovalyutalarning ba`zi bir xususiyatlarini va internet manzillarini quyida qisqacha tavsiflab o‘tamiz:

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling