Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti toshkent moliya instituti


KASSA.CC – yagona valyuta almashinuv punkti bo‘lib, almashinuvning minimal miqdori 0,01BTC


Download 2.84 Mb.
bet91/176
Sana02.06.2024
Hajmi2.84 Mb.
#1838135
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   176
Bog'liq
Raq iqt-УКУВ КУЛ-ТДИУга-лат-16.03.2020

KASSA.CC – yagona valyuta almashinuv punkti bo‘lib, almashinuvning minimal miqdori 0,01BTC, 3$ va 150 rubldir. BTC kriptovalyutasi va fiat valyutalar bilan ishlay oladi. Interfeysi ruscha, inglizcha, nemischa, xitoycha va frantsuzchadir. Kontaktlari esa : E-mail:support@kassa.cc
INDACOINVisa va Mastercard bank kartalati yordamida kriptovalyutalarni sotib olish va sotish mumkin. 24/7 rejimida tinimsiz ishlaydi. Bitkoinlarni Qiwi ga avtomatik ravishda sotib olish mumkin. Doimiy mijozlar uchun chegirmalar mavjud. Referal dastur bo‘yicha har bir almashinuvdan 1% daromad olish ko‘zda tutilgan. On-line chat orqali texnik yordam olish mumkin. Servis BTC va LTC kriptovalyutalari hamda fiat valyutalar bilan ishlash imkonini yaratadi. Interfeys ruscha, inglizcha, xitoycha va ispancha bo‘lib, kontaktlar: support@indacoin.com
ALFACASHIER–elektron valyutalar va kriptovalyutalarni almashinuv servisi bo‘lib, barcha operatsiyalar to‘liq avtomatlashtirilgan. Referal dasturida 5% dan 20% gacha komissiya ko‘zda tutilgan. BTC-e kodlari ham almashinuvga qabul qilinadi. BTC va LTC kriptovalyulalari bilan birgalikda fiat valyutalar ham qabul qilinadi. Interfeys tili inglizcha, ruscha, nemischa va ispancha bo‘lib, kontaktlar: www.alfacashier.com/contact
MATBEA – Bitcoin bilan ishlash uchun juda qulay servis bo‘lib, unda bitkoinlarni komissiyasiz sotib olish, uni bank hisoblariga va kartalarga chiqarish mumkin. Unda BTC dan tashqari, fiat valyutalar bilan ham ishlash mumkin. Interfeysi ruscha va inglizcha bo‘lib, kontaktlari: mail@matbea.com
BITPAY– bu servisning shtab-kvartirasi Djodjiya statining Atlanta shaxrida bo‘lib, u kriptovalyuta hizmatlarining global o‘yinchisi hisoblanadi. Servis valyuta almashinuvidan tashqari, to‘lovlarni boshqara oladi va Bitkoinning yirik operatorlaridan biri hisoblanadi. U Microsoft, NewEgg, TigerDirect, Warner Bros. Records, PayPal, Global Payments va AlterNet Systems kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. Servisning New-York, San-Frantsisko, Sankt-Peterburg, Amsterdam va Argentinada ofislari mavjud. 22 nafar elektron tijorat firmalari bilan integratsiya qilingan. BTC kriptovalyutasi va fiat valyutalar bilan ishlay oladi. Interfeysi bir qancha tillarni o‘z ichiga oladi.

Download 2.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling