Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti


Bandlik va ishsizlik turlari, darajalari


Download 0.86 Mb.
bet3/8
Sana07.11.2021
Hajmi0.86 Mb.
#171632
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Javliyeva Marjona MO-51 Bandlik va ishsizlik

Bandlik va ishsizlik turlari, darajalari.

Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlarning qonunlariga muvofiq ish bilan bandlik deganda fuqarolarning qonunda taqiqlanmagan va ularga daromad keltiradigan faoliyat bilan shugʻullanishlarini tushunamiz. Respublikamizdagi mashhur iqtisodchi olimlar prof. A. Oʻlmasov va prof. A.Vahobovlar oʻz darsliklarida bandlikka quyidagicha taʼrif beradilar: “Bandlik mehnat qobiliyatiga ega boʻlgan va mehnat qilishga ishtiyoqi bor kishilarning ishga joylashib foydali mehnat bilan mashgʻul boʻlishlaridir”. Ish bilan band aholiga yollanib ishlovchilar va oʻzlarini mustaqil ravishda ish bilan taʼminlagan shaxslar (tadbirkorlar, fermerlar, kooperativ aʼzolari va boshqalar) kiradilar.

Ish bilan band boʻlish uchun mexnatga layoqatli, yaʼni mehnat qilish qobilyatiga ega boʻlish kerak, bunday qobilyatga ega boʻlgan kishilar mehnat resurslarini tashkil etadilar. Oʻzbekistonda mehnat resurslariga quyidagilar kiradi:

І. Mehnatga layoqatli yoshdagilar:

- 16 yoshden-54 yoshgacha boʻlgan ayollar;

- 16 yoshdan-60 yoshgacha boʻlgan erkaklar.

II. Mehnatga layoqatli yoshdan katta yoshdagi (mehnat nafaqasidagi) ishlovchilar.

ІІІ. Balogʻat yoshiga yetmagan ishlovchi oʻsmirlar (16 yoshgacha boʻlganlar).

Yuqorida koʻrsatilgan axoli qatlami yalpi ishchi kuchini tashkil qiladi: Ishchi kuchi deganda insonning jismoniy va aqliy qobiliyatlari yigʻindisini tushunamiz. Mehmat esa insonning maqsadga muvofiq yoʻnaltirilgan ongli faoliyatidar.

Boshqa resurslar kabi, mehnat resurslari ham takror xosil qilib turilishi kerak, buni tor va keng maʼnoda qarash mumkin. Ishchi kuchini tor maʼnoda takror xosil qilish insonning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini uzluksiz kengaytirilgan tarzda tiklab turish, ularning mehnat malakasini, umumiy bilimi, kasbiy tayyorgarlik darajasini yangilab va oʻstirib borish hamda ishchi avlodini tayyorlash kabilarni oʻz ichiga oladigan jarayondir.



Bandlik toʻliq va toʻliqsiz boʻlishi mumkin. Toʻliq bandlik amalda mehnatga qobiliyatli aholining 90 — 92 % band boʻlishini nazarda tutadi. Bozor sharoitlarida toʻliq bandlik jamiyat darajasida tabiiy ishsizlikning boʻlishini ham bildiradi. Toʻliq boʻlmagan bandlik aksariyat hollarda yashirin koʻrinishga ega boʻlib, xodimlarni rasman band deb hisoblashni nazarda tutadi, amalda xodimlardan qisqartirilgan ish vaqti davrida foydalanishni anglatadi.

Ikkilamchi bandlik amalda oʻrindoshlik boʻlib, xodimning qoʻshimcha ish haqi topish uchun ish kuchini oʻzi asosiy band boʻlgan korxonaga (asosiy ishdan boʻsh vaqtlarda) taklif etishini bildiradi. Oʻzicha bandlik (oʻziga ish topish) daromad manbai boʻladigan faoliyatni mustaqil izlashni, davlatning turli darajadagi idoralari qoʻllab-quvvatlashi yordamida doimiy yoki vaqtinchalik daromad olish uchun ish oʻrinlari barpo etishni nazarda tutadi. Oʻzicha bandlik aksariyat hollarda kichik biznes koʻrinishiga ega boʻladi va xodimlarning oʻz tashabbuslari bilan turli isteʼmol tovarlari tayyorlash va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha yakka mehnat faoliyati bilan bogʻliq.

Toʻliq va samarali bandlik tushunchalarini ham bir-biridan farqlamoq kerak. Toʻliq bandlik ishga muhtoj boʻlganlar va ishlashni xohlaganlarning barchasi ish bilan taʼminlangan holatni bildirib, ish kuchiga boʻlgan talab bilan ish kuchi taklifi oʻrtasida muvozanat mavjudligini ifoda etadi. Samarali bandlikni esa ikki nuqtai nazardan: iqtisodiy nuqtai nazardan — inson resursidan eng oqilona foydalanish, ijtimoiy nuqtai nazardan — mehnatning inson manfaatlariga eng muvofiq kelishi jihatlaridan tavsiflash mumkin. Toʻliq bandlik bandlikni miqdor jihatdan, samarali bandlik esa sifat jihatdan tavsiflaydi.

Mehnat bozorida talab va taklif oʻrtasidagi muvozanatning boʻlmasligi hamisha toʻliq va samarali bandlikka sharoit qoldirmaydi. Agar taklif talabdan ortib ketsa, albatta ishsizlik paydo boʻladi, talab taklifdan va real ehtiyojlardan ortib ketgan sharoitlarda esa yashirin ishsizlik kelib chiqadi. Bandlik va ishsizlikni, ularni kerakli darajada saqlab turish maqsadlarida tartibga solishning asosiy mexanizmi bandlik xizmati ishini tashkil etish, kasbga tayyorlash va kasbga yoʻnaltirish hisoblanadi.

Keng maʼnoda ishchi kuchini takror xosil qilish esa quyidagilarni anglatadi:

- axolining tabiiy harakati, tabiiy oʻsishning umumiy shartsharoitlari yaratish;

- xodimlarni ishlab chiqarishga jalb qilish va boʻshatish;

- mehnat resurslarini tarmoqlar, sohalar va hududlar oʻrtasida taqsimlash hamda qayta taqsimlash;

- aholining ijtimoiy, maʼnaviy va madaniy ehtiyojlarini qondirib borish;

- ishchi kuchini toʻliq va samarali bandligini taʼminlash.


Ko`rsatgichlar







yillar
















2004

2006

2010

2012

2014

2016

2019

Tabiiy o`sish

21.489

21.963

22.612

22.700

22.664

22.243

21.172

O`lish

6.369

6.292

6.203

6.192

6.103

5.938

5.794

Tug`ilish

2.508

2.499

2.466

2.442

2.430

2.430

2.406

Ishchi kuchining miqdor oʻlchami – bu mehnatga layoqatli kishilarining (mehnat resurslarining) umumiy sonidir. Ishchi kuchining sifat oʻlchami esa uning bilimi, malakasi, mahorati, koʻnikmasi va ish tajribasi kabi koʻrsatgichlarda mujassamlashadi.

Har bir milliy iqtisodiyotning asosiy maqsadlaridan bittasi toʻla ish bilan bandlikni taʼminlash hisoblanadi. Bu maqsadga sobiq SSSR va boshqa sobiq sotsialistik mamlakatlar erishishga harakat qilganlar, lekin bu - bir tomondan real xayotda amalga oshirish mumkin boʻlmaydigan jarayon boʻlsa, ikkinchi tomondan iqtisodiyot uchun samarasiz va maqsadga nomuvofiq boʻlib chiqdi. Shu sababli amaliy hayotga “toʻliq bandlik” va “samarali yoki oqilona bandlik” tushunchalari kiritiladi. Band boʻlish tovar va hizmatlar yaratish orqali daromad topish vositasidir.

Ish bilan toʻla bandlik mehnatga layoqatli boʻlgan va ishlashni hohlagan barcha kishilarning ish bilan taʼminlanganini anglatadi.

Shuningdek, ish bilan toʻla bandlik bir tomondan iqtisodiyotda ishsizlikning tabiiy darajasi mavjud boʻlishini inkor etmaydi, boshqa tomondan, bu mehnatga layoqatli barcha kishilarning umumlashgan ishlab chiqarishga jalb etilish zarurligini bildirmaydi.

Bandlik miqdoran qancha vaqt ish bilan mashgʻul boʻlishini bildiradi. Sifat jiqatidan esa bu ishlagan vaqtda qanday miqdorda tovar va hizmatlar yaratilishi, ular qanchadan sotilishi, natijada necha pullik daromad olinishini bildiradi. Miqdoriy jihatdan toʻla bandlik belgilangan ish kuni, xaftasi yoki ish oyi davomida xar doim ish bilan mashgʻul boʻlishini bildiradi. Agar shu kuni 7 soat, ish xaftasi 5 kun boʻlsa, bir oyda 22 ish kuni boʻlsa, jami 154 soat (7x22=154) ishlaganda va shunga tegishli haq olganda toʻla bandlik mavjud boʻladi. Agar kuniga 5 soat, xaftasiga 4 kun, bir oyda 80 soat ishlansa, toʻla boʻlmagan bandlik kelib chiqadi.

Sifat jihatdan samarali yoki oqilona va samarasiz yoki nooqilona bandlik mavjud boʻladi. Oqilona bandlik bu yuksak mehnat unumdorligi va shunga binoan yuqori daromad keltiradigan va ishlovchining mehnatdan qoniqishini taʼminlovchi bandlik boʻladi. Oqilona bandlik yuksak texnologiyaga tayangan ish joyida boʻladi. Nooqilona bandlik mehnat unumdorligi past, ish haqi kam va ishlovchi oʻz mehnatidan qoniqmaydigan ish joyidagi bandlikdir. Nooqilona bandlik bor yerda texnologiya yuqori boʻlmaydi, malakasi va ish tajribasi kam kishilarning mehnati talab qilinadi. Oqilona bandlikka misol qilib kampyuter programmistining bandligini olish mumkin. U zamonaviy kompyuterlarda ishlaydi, uning mehnati maxsus isteʼdod va tayyorgarlik talab qiladi, uning ish haqisi boshqalarnikidan ancha yuqori boʻladi. Nooqilona bandlikka misol qilib qishloq xoʻjaligidagi terimchi bandligini olish mumkin. Terimchi qoʻl mehnati bilan band, undan aql-zakovat va maxsus tayyorgarlik talab qilinmaydi, bu ish hammaning qoʻlidan keladi, uning oladigan ish haqi programmistnikidan 6-8-marta kam boʻladi. Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, ish bilan samarali bandlik, xodimlarning oʻz mexnati natijalaridan toʻliq iqtisodiy manfaatdorligining taʼminlanishi zarurligini anglatadi. Bu oʻz navbatida mehnat resurslarining oqilona band qilinishini va ulardan foydalanishning intensiv turiga tayanishini taqazo qiladi.

Bandlik uning mexnat qiluvchi uchun axamiyatiga qarab birlamchi va ikkilamchi bandlikka boʻlinadi. Birlamchi bandlik bu asosiy ish bilan, yaʼni daromadning asosiy qismini beruvchi ish bilan band boʻlishidir. Ikkilamchi bandlik qoʻshimcha ish bilan, yaʼni qoʻshimcha daromad beruvchi ish bilan band boʻlishidir. Koʻpchilik ishlovchilar birlamchi bandlikka moyil boʻladilar. Birlamchi bandlik keltirgan daromad ishlovchini qoniqtirmaganda, u ikkilamchi bandlikka qoʻl uradi. Ikkilamchi bandlik oʻrindoshlik asosida ishlash shaklida boʻladi. Masalan, muxandis oyiga 200 ming soʻm ish haqi oladi. Bu uning oilasiga yetmaydi. Shu sababli u yana 50 minglik ish topib, ishdan soʻng yoki dam olish kunlari oʻrindoshlik mehnati bilan band boʻladi. Mehnat bozordagi holatni faqat ish haqi miqdori emas, balki bandlik darajasi ham ifoda etadi. Bu daraja taklif etilgan mehnatning qanchasi sotilganini bildiradi.Bandlik darajasi ishlashga qobiliyati va ishtiyoqi boʻlganlarning qanchasi amalda ishlab turishlarini bildiradi.

Bandlik darajasi mehnat resursi - mehnat qobilyati bor kishilarga nisbatan qisoblanadi. Bunda mehnat qobilyati borlarning hammasi ishlashni xohlaydi deb taxmin qilinadi. Bandlik darajasi (Vd) ishlovchilarning (I) mehnat resurslaridagi (mg) xissasi boʻlib, foizda ifodalanadi. Bunda Vd=N/Mr•100%, boʻladi. Agar mehnat resurslari 120 birlik, ishlovchilar esa 108 birlik boʻlsa Vd=108/120-100%=90% boʻladi. Bandlik darajasi ish kuchini qanday qismini bozor talab qilganligini bildiradi. Bu mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga va iqtisodiyotning imkoniyati hamda ahvoliga bogʻliq boʻladi. Iqtisodiyoti baqquvat mamlakatlarda uyuksalib borayotgan kezlarda bandlik yuqori boʻladi, yaʼni taklif etilgan ish kuchining katta qismi talab qilinadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar uchun mehnatga layoqatli aholining 94%ining band boʻlishi bandlikning tabiiy darajasi deb qabul qilingan. Iqtisodiy zaif mamlakatlarning bandlik darajasi past boʻladi, chunki ish oʻrinlari kam boʻladi, ularni koʻpaytirish uchun mablagʻ yetishmaydi.




Ishsizlik
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq 16 yoshdan boshlab to pensiyaga chiqish xuquqini olishgacha boʻlgan yoshdagi ishga va ish haqi (mehnat daromadi)ga ega boʻlmagan, haqiqatda ish qidirayotgan, mehnat qilishga, kasb-kor tayyorligiga va qayta tayyorgarlikdan oʻtishga tayyor shaxs sifatida, ish bilan taʼminlash davlat hizmatlari maqbul keladigan ishni taklif qilmagan, lekin mehnatga layoqatli shaxslar ishsizlar deb yuritiladi. Ishsizlarning quyidagi turlari mavjud: 1. Ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta'minlanishini kutayotgan ishchi kuchlari. Bu guruh ishsizlar iqtisodchilar tilida friktsion ishsizlik ham deyiladi. U asosan ish joylarining kengayishi, mavsumiy ishlar, korxonadagi eski modelning yangisi bilan almashishi natijasida paydo bo'ladi. Friktsion ishsizlikning bo'lishi ma'lum darajada iqtisodiy jihatdan zarurat va uning bo'lishi ob'ektivdir. 2. Strukturali ishsizlik - iste'mol bozori ma'lum mahsulot bilan to'ldirilganda va u mahsulotga ehtiyoj qolmagan taqdirda tashkil topadi. Boshqacha so'z bilan aytganda mahsulotga ehtiyoj bo'lmaganligi uchun shu mahsulotni ishlab chiqaruvchilar ham ishsiz qoladi. Sanoatning joylashuvida bo'lgan o'zgarishlar ham strukturali ishsizlarni keltirib chiqaradi. 3. Tsiklik ishsizlik - ishlab chiqarishni pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo'lgan talabning kamayishi va ishsizlarnign paydo bo'lishi
Ishsizlik kelib chiqish sabablariga koʻra: friksion, tarkibiy va siklik ishsizlikka boʻlinadi




Friksion

Tarkibiy



Siklik

Friksion ishsizlik yangi ishlash joyiga koʻchib oʻtishi natijasida asosiy ish joyini vaqtincha yoʻqotgan, lekin faol ish qidirayotganlar kiradi. Bularga quyidagilarni kiritishi mumkin:

- oʻz xohishi bilan ish joyini oʻzgartiruvchilar; - ishdan boʻshatilganligi tufayli yangi ish joyi qidiruvchilar;

- vaqtinchalik ish joyini yoʻqotganlar(masalan, avtomobil sanoatida yangi model ishlab chiqarishga oʻtish);

- birinchi marta ishga joylashish uchun ish qidirib yurgan yoshlar.

Bu turdagi ishsizlar u yoki bu sababga koʻra ish joyini yoʻqotgan boʻlib, bunday shaklda ishsizlik doimo saqlanib qoladi va mehnat bozorini toʻldiradi.

Friksion ishsizlik zarur va maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki koʻpchilik ishchilar oʻz xohishi bilan kam haq toʻlanadigan ish joyidan, koʻp haq toʻlanadigan ishga oʻtadi. Bu ish kuchining malakasini va maxoratini oshirishga undaydi. Mehnat resurslarini samarali taqsimlashga shu bilan birga real milliy mahsulotlarning koʻpayishiga olib keladi.

Tarkibiy ishizlik - isteʼmolchi talabi va texnologiyadagi oʻzgarishlar oqibati hisoblangan tarkibiy oʻzgarishlar natijasida kelib chiqadi. Tarkibiy ishsizlar maxsus tayyorgarlik qilmasdan, bilimini oshirmasdan ish topa olmaydilar.

Friksion ishsizlik qisqa muddatli harakterga ega, tarkibiy ishsizlik esa uzoq muddatga choʻzilib jiddiy hisoblanadi.

Siklik ishsizlik - iqtisodiy inqiroz frazasi bilan bogʻliq ravishda kelib chiqadi va majburiy ishsizlik hisoblanadi. Masalan AQSHda 1982-yilda krizis davrida ishsizlik darajasi 9.7%ga koʻtarilgan (buyuk turgʻunlik) davri – 1933-yilda esa siklli ishsizlik darajasi 25%ga yetan. 2008-yilgi jahon moilaviy - iqtisodiy inqirozda AQSHda ishsizlik darajasi 5,6%ga yetdi.

Ishsizlik namoyon boʻlish xususiyatiga koʻra ixtiyoriy, muassasaviy (institutsional), texnologik, xududiy, yashirin va turgʻun turlarga boʻlinadi.


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling