Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti
O’zbekistonda bandlikni taminlashda mehnat birjalari faoliyati va ishsizlikni bartaraf etish choralari
Download 0.86 Mb.
|
Javliyeva Marjona MO-51 Bandlik va ishsizlik
O’zbekistonda bandlikni taminlashda mehnat birjalari faoliyati va ishsizlikni bartaraf etish choralari
Mehnat iqtisodiy resurslaridan biri boʻlganidan unga talab bozorda yuzaga keladi va bu mehnat yaratadigan tovar va xizmatlarga boʻlgan talabga bogʻliq boʻladi. Agar bularga talab oshsa bozorda mehnatga ham talab oshadi, aksincha bularga talab qisqarsa, mehnatga talab kamayadi. Mehnat bozori bu ishchi kuchini oldi-sotdi qilish yuzasidan ishga talabgorlar bilan ish beruvchilar oʻrtasidagi iqtisodiy munosatdir. Oʻzbekiston Respublikasi Konsitutsiyasiga muvofiq har bir shaxs megnat qilish, erkin ish tanlash, xaqqoniy mexnat sharoitlari asosida ishlash va qonunda belgilangan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Fuqorolarning mehnat huquqlari Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va tegishli qonunlari bilan himoyalanib qolmay, balki bunday himoya kafolatlanadi ham. Davlat mehnat bozorining shakllanishi va samarali amal qilishiga, xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini yaratishga, mehnat sifati va unumdorligini oshirishga va pirovard natijada mamlakat axolisining turmush darajasini oʻstirishga har tomonlama koʻmaklashadi. Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqorolar mehnat huquqlari va ulardan foydalanishgada teng imkoniyatlarga egadirlar. Xech kimning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi yoki ijtimoiy kelib chiqishi mehnat xuquqlaridan foydalanishda toʻsiq boʻla olmaydi. Mehnat bozori xaridorlar – ish beruvchilar boʻlib, ular davlat idora tashkilotlari, xususiy va jamoat tashkilotlaridan iborat boʻladi. Mehnatni bozorga taklif etuvchilar – sotuvchilar ish kuchi egalari boʻlib, ular mehnat qobiliyatiga ega boʻlgan va oʻz mehnatini sotishga ishtiyoqi boʻlgan kishilardan iboratdir, ular asosan xonodon axli xisoblanadi. Mehnat bozorining aniq shakllari boʻladi, bular mehnat birjalari va ishga yollovchi firmalardir, bular yollanib ishlovchilar bilan ish beruvchilarni bir biriga bogʻlovchi vositalar xisoblanadi. Vositachilikni kasaba uyuushmalari ham bajaradi. Mehnat bozorini tartibga solishda mehnat birjasi alohida oʻrin tutadi. Mehnat birjasi – ishchi, xizmatchi va korxona, firmatashkilotlar oʻrtasida ish kuchini sotish va sotib olish boʻyicha kesishuvni amalga oshirishda muntazam vositachi vazifasini oʻtaydigan maxsus muassasadir. Oʻzbekistonda bandlik xizmati muassasalari tomonidan ishga joylashtirilganlar quyidagi maʼlumotlar bilan tavsiflanadi (ming kishi) 20018-yilda Oʻzbekiston boʻyicha ish qidirib mehnat birjasiga murojat qilganlar soni 623.3 ming kishini tashkil qildi, murojat qilganlarning 87.7%ni ishga joylashganlar tashkil qildi. Dastlabki mexnat birjalari XIX asrning birinchi yarmida ochilgan. Xozirgi paytda mexnat birjasi funksiyasini asosan davlatning mexnat birjalari bajaradi. 2009-yildan boshlab mehnat birjalari -“Axoli bandligiga koʻmaklashish markazlari” deb atala boshlangan. Bunday markazlarning asosiy vazifalari quyidagilardir: - ishsiz qolganlarni roʻyxatga oladi, xamda ishi joyini oʻzgartirmoqchi boʻlganlarni ishga joylashtirishda vositachilik qiladi; - ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklifni oʻrganadi; - qanday ixtisosliklar boʻyicha ishchilar zarurligi xaqida axborot beradi; - yoshlarni kasb ixtisosliklar boʻyicha yoʻnaltiradi, yangi kasbhunarga oʻrgatishni tashkil qiladi. Chunki mexnat birjalari joylashgan xududdagi korxona, firma, tashkilotlar unga oʻzlariga zarur boʻlgan turli kasbdagi mutaxasislar boʻyicha talabnomalar bilan murojaat qiladilar. Bu markazlarning faoliyati faqat ish bilan taʼminlash emas, balki ishlab chiqarish tarmoqlari tarkibidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq xolda oʻzgarib turadigan mehnat bozori extiyojini qondirishdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Statistika Qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra 2019-yilda iqtisodiyotda band boʻlganlarning soni 25035.4 ming kishini tashkil qildi. Ushbu yilda Respublika bandlik xizmati muasasalariga 623.3 ming kishi ishga joylashtirishga koʻmaklashish uchun murojaat qilib, ulardan 546.6 ming kishi ish bilan taʼminlandi. Respublikamizda axolining yuqori surʼatlar bilan oʻsib borayotganligini, shuningdek jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining taʼsirini xisobga olgan xolda ish bilan bandlikning taʼminlash uchun mamlakatimizda bir qator tadbirlarni amalga oshirish moʻljallanmoqda: Birinchidan, keng faoliyat turlari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlikni kengaytirish uchun sharoit yaratish. Birinchi navbatda qishloq xoʻjaligi ham ashyoni qayta ishlash, isteʼmol mollari, maxalliy xom ashyodan qurish materiallari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol rivojlantirishni ragʻbatlantirish. Prezidentimiz taʼkidlab oʻtganlaridek “...... kichik, oʻrta va xususiy tadbirkorlikning yalp ichki maxsulot ishlab chiqarishda nafaqat xal qiluvchi mavqe egallashi, ayni vaqtda axoli farovonligi va daromadlar ortishida, ishsizlik muammosini yechishda xal qiluvchi omilga aylanishiga erishmogʻimiz lozim”. 2018-yili faoliyat yurityotgan kichik biznes subyektlari soni qariyb 400 mingtadan ortti, yaʼni soʻngi 6 yil mobaynida bu koʻrsatgich 2.9 barobarga koʻpaydi. Kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat maxsulotlari xajmi 2019-yilda salkam 30% ga koʻpaydi. Bu sanoat tarmoqlaridagi oʻrtacha oʻsish koʻrsatkichidan ancha koʻpdir. Buning natijasida kichik biznesning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi 2019-yildagi 45.5%dan 2020-yilgi 48.2% ga koʻtarildi. Bugungi kunda mamlakatimizda ish bilan band boʻlgan axolining 76%dan koʻprogʻi aynan shu soxada mehnat qilayapti. Ikkinchidan, xizmat koʻrsatish soxasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivojlantirishni ragʻbatlantirishga aloxida axamiyat berilmoqda. Prezidentimiz taʼkidlaganidek: “Bugungi bosqichda kasanachilik soxasi bandlik va oila byudjeti daromadlarini oshirishning qoʻshimcha manbaiga aylanib borayotganini xech kim inkor etolmaydi. Ayni vaqtda kasanachilik fuqorolarni, birinchi navbatda, xotin-qizlar, ayniqsa, koʻp bolali ayollarni, yordamga muxtoj nogironlar va mehnat qobilyati cheklangan boshqa shaxslarni ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etish uchun muxim axamiyat kasb etmoqda”. 2019-yilda kasanachilar tomonidan 34 miliard soʻmlik maxsulot ishlab chiqarildi va xizmatlar koʻrsatildi. Uchinchidan, qishloqlarda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish, shu orqali yangi ish joylarini ochish, yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish. Toʻrtinchidan, ishdan boʻshagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta oʻqitishni tashkil etishni tubdan oʻzgartirish. Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni boʻlmagan mehnatga yaroqli axolini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy ximoyalash. Bu siyosat ularning oʻta zarur extiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega boʻlishiga qaratiladi. Axolining ish bilan bandligi muammosi koʻp qirrali boʻlib, u barcha odamlarga oʻz qobilyatlarini ishga solish, oʻz extiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni taʼminlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga keltirish, ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish, zarur xollarda ishchi kuchini iqtisodiy tarmoqlari va soxalari oʻrtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham oʻz ichiga oladi. Oʻzbekistonda bandlik muammolari katta eʼtiborni talab etadi, chunki respublikada murakkab demografik vaziyat mavjud, aholining tabiiy oʻsish surʼatlari yuqori, aholi tarkibida yoshlar koʻpchilikni tashkil etadi, aholining koʻp qismi qishloqlarda yashaydi. 2018-yil Oʻzbekistonda mehnatga layoqatli aholining 33,9 % davlat sektori korxona va tashkilotlarida, 66,1 % esa nodavlat sektori obyektlarida, jumladan xususiy xoʻjaliklarda (2,7 %) ish bilan band edi.Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida mulkchilikning turli shakllari paydo boʻlishi tufayli nodavlat sektorida ishlovchilar soni ortib bordi. Ularning bandligi 12 % ga ortdi. Mehnatga layoqatli aholining ish bilan band boʻlmagan qismi ishsizlarni tashkil etadi. Iqtisodiy izlanish markaziga koʻra, hozirgi kunga kelib Oʻzbekistonning ish siyosati modeli oʻz samarasini yoʻqotib bormoqda va mamlakatning mehnat bozorida murakkab vaziyat paydo boʻlgan.Birinchidan, yaratilgan ish oʻrinlari soni yetarli emas, yaratilgan ish oʻrinlarining aksari boʻlsa barqaror emas. 2019-2020-yillarda aholining mehnatga layoqatli qismi ulushi 50% dan 61,1% ga oʻsdi. Shu vaqtning oʻzida mehnatga layoqatlilarning ish bilan band qismi ulushi 81,6% dan 66,9% ga kamaydi. Bundan tashqari, ish oʻrinlarning beqarorligi oʻsib bormoqda: yaratilgan yangi ish oʻrinlarining 30 % yoʻqotilmoqda. Urbanizatsiya jarayonining tezlashayotgani sabab shahar mehnat bozorlarida keskinlik oʻsib bormoqda. Ikkinchiddan, nokorporativ sohaning (individual mehnat faoliyati, uydagi mehnat va yuridik shaxs statusiga ega boʻlgan korxonalardan tashqaridagi turli faoliyatlar) keng koʻlamda tarqalganligi noustuvor oʻsish xavfini oshirmoqda. Bunga sabab nokorporativ soha davlat byudjetiga tushadigan soliqlarni kamaytirmoqda, pul va valyuta almashinishidagi disbalanslar chuqurlashmoqda hamda mehnat aloqalari rasmiylashtirilmagani uchun mehnat kuchi sifati pasaymoqda. Uchinchidan, mamlakat mehnat siyosati mehnat samaradorligini sust ragʻbatlantirmoqda hamda mehnat resurslarini yangi oʻsish nuqtalari boʻla oladigan tarmoqlarga samarasiz yoʻnaltirmoqda. Ilm va yuqori texnologiyali tarmoqlarda (maʼlumot xizmati, mashinasozlik, mikrobiologiya) ishlayotganlar ish bilan band aholining atigi 1,5% ini tashlik qiladi. Hozirgi bandlik sturkturasi va investitsiya siyosati sharoitida Oʻzbekistonda mehnat samaradorligini ikki marta oshirish uchun taxminan 15 yil kerak boʻladi. Bu esa ishlab chiqarish rivojlangan mamlakatlar bilan Oʻzbekiston orasidagi farqni kamaytirishni yanada mushkullashtiradi. Aholi bandligini oshirish boʻyicha asosiy tadbirlar ish bilan band boʻlgan aholining tarkibiy jihatdan qayta taqsimlash hamda mehnatga layoqatli yoshlarni yangi ilgʻor tarmoqdar va sohalarga jalb qilish boʻlib, bu esa oʻz navbatida mehnat salohiyatidan samarali foydalanishning muhim zaxirasi hisoblanadi. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida barcha ijtimoiy ishlab chiqarish xodimlarining uchdan bir qismidan koʻprogʻi band.[1] Ularning maʼlum qismini boʻshatib olish va iqtisodiyotning boshqa sohalariga, eng avvalo, sanoatga va xizmat koʻrsatish sohasiga yoʻnaltirish, noqishloq xoʻjaligi ish joylarini yaratish, mehnatni tashkil etishning ilgʻor uslublarini qoʻllash, oʻsmirlarni, koʻp bolalik ayollarni, pensionerlarni va nogironlarni iqtisodiy ragʻbatlantiruvchi ish bilan taʼminlash, ishsizlikni kamaytirish, mehnat birjalari faoliyatini yaxshilash kabi tadbirlar aholining ish bilan bandligini oshirishga olib keladi. Bugunga kunda viloyatimizda 148 887 nafar ishsiz fuqarolarning borligi fikrimizning isbotidir. Joriy yilda viloyatda 39 952 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etish belgilangan bo‘lib, amalda noyabrga qadar 37 486 ish o‘rinlari yaratildi. Shundan kichik loyihalar bo‘yicha o‘z mablag‘i hisobidan 4368 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan bo‘lsa, amalda 12 744 ish o‘rni yaratildi. Ammo kredit berish hisobiga tashkil etiladigan ish o‘rinlari amalda bajarilmagan. Sababi, banklar tomonidan kredit mablag‘lari ajratish paysalga solib kelinmoqda. Masalan, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan joriy yilda 9140 ta ish o‘rni yaratilishi belgilangan, biroq amalda 543 ish o‘rni tashkil etilgan. Shuningdek, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1050 ish o‘rni yaratilishi belgilangani holda atigi 676 ish o‘rni tashkil etilgan. Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida ham muntazam ishlar olib borilmoqda. Joriy yilda viloyat miqyosida 1140 nafar xotin-qiz og’ir ahvolda yashayotgani aniqlandi. Darvoqe, hududlar miqyosida olib qaraganda yashash sharoiti qiyin xotin-qizlarning eng ko’pi Samarqand shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Yil davomida Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi og’ir turmush sharoitidagi 500 nafar xotin-qizning 450 nafari ish bilan ta’minlandi. Jomboy, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Samarqand, Toyloq va Urgut tumanida yashovchi qiyin sharoitdagi ayollarning hammasi ish bilan ta’minlandi. Ularning asosiy qismi mavjud korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlariga yoki haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi. 2019 yil yanvar-noyabr oylarida aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga 54 570 nafar fuqaro ish so‘rab kelgan. Ish so‘rab murojaat qilganlarning soni jihatidan Samarqand shahri (6945 nafar) yuqori o‘rinni egallamoqda. Shundan ishga joylashganlar 30 190, kasbga o’qitishga yuborilganlar 3270, jamoat ishlariga jalb qilinganlar 18 037 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, 4747 nafar kishi yil boshidan buyon ishsiz deb topilib, ularga ishsizlik nafaqasi tayinlangan. Bugungi kunda 579 nafar kishi ishsizlik nafaqasini olyapti. Viloyat bo’yicha 1471 nafar kishi ish izlovchi sifatida ro‘yxatda turibdi. Shuni alohida qayd etish kerakki, ayrim xususiy korxona va tashkilotlar soliqlardan qochish maqsadida ba’zi ishchilarini rasman ishga olmaydi. Ish beruvchi kelishilgan holda ishchiga kunlik yoki oylik haq to’laydi. Tabiiyki, rasman ishga olinmagan fuqaro ish haqidan hech qanday soliq to’lamaydi. Shuningdek, unga ish staji ham yozilmaydi. Bunday tartib ham soliqqa ziyon, ham xodimga. Monitoring tekshiruvlar natijasida joriy yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatda jami 84 523 nafar xodimning ishi rasmiylashtirildi. O’rganishlar natijasida ish beruvchi tashkilotlar tomonidan qonunbuzilish holatlari ham aniqlanmoqda. Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan viloyatda 7475 holatda qonunbuzarliklar sodir bo’lgan. Bulardan eng ko’pi xalq ta’limi 3609, maktabgacha ta’lim 1658 hamda tibbiyot muassasalarida 517 holatda qonunbuzarliklar aniqlangan. Viloyat bandlik bosh boshqarmasi davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan fuqarolardan kelgan murojaatlar asosida 18 ta tashkilotda majburiy mehnatga jalb etish holatlari o’rganilgan. 13 holatda majburiy mehnat ko’rinishlari aniqlangan va aybdor shaxslarga nisbatan ma’muriy ishlar qo’zg’atilgan. 5 holatda esa majburiy mehnatga jalb etish aniqlanmagan. Majburiy mehnatga jalb qilgan aybdor shaxslarga nisbatan jami 9 528 310 so’m jarimalar undirilgan. oriy yilning iyun oyida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Respublika bandlik va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan metodika bo’yicha respublikaning 101 ta shahar va tumanlarida navbatdagi ijtimoiy so’rov o’tkazildi. Unda 490 ta fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organlari, 4,9 mingta uy xo’jaliklari hamda 25,9 ming nafar fuqaro qamrab olindi. Vazirlik xabariga ko’ra, COVID-19 pandemiyasi davrida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan karantin chora-tadbirlari mehnat bozoriga sezilarli darajada ta'sir ko’rsatdi. O’tkazilgan tadqiqot natijalari respublikada ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholining 13,2 foiz tashkil etganligini ko’rsatdi. Bu ko’rsatkich 2019 yilning shu davrida 9,1 foizga teng bo’lgan. Ishga muhtoj bo’lganlarning umumiy soni 1,9 mln kishini tashkil etadi (16-30 yoshgacha bo’lganlar o’rtasida ishsizlik darajasi- 20,1 foiz, ayollar o’rtasida ishsizlik darajasi esa - 17,4 foiz). Dastlabki ma'lumotlarga ko’ra mehnat resurslari soni 19 mln kishini tashkil etib, 2019 yilning shu davriga nisbatan 0,6 foizga ko’paygan bo’lsa SOVID-19 pandemiyasining iqtisodiyot sub'yektlari faoliyatiga salbiy ta'siri natijasida iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 foizga yoki 671 ming kishiga kamayib, 12,7 mln kishini tashkil qildi. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarining rasmiy sektorda band bo’lgan aholi soni 5,5 mln kishini tashkil qilib, o’tgan yil shu davrga nisbatan 0,2 foizga yoki 12,4 ming kishiga kamaydi. Bunda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan ayrim cheklov chora-tadbirlar sababli yakka tartibda tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilar soni o’tgan yilning shu davriga nisbatan 167,5 ming (46,4 foiz)ga kamayib ketganligi hisobiga yuzaga kelgan bo‘lsa, 131,2 ming ishsizlarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish hisobiga rasmiy bandlar soni keskin kamayish oldi olindi. Tadqiqot natijalariga ko’ra, respublikadan tashqariga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketganlar soni 2 mln kishini tashkil etgan, bu o’tgan yilning mos davriga nisbatan 553,2 ming, 2020 yilning 1-chorak yakuniga nisbatan esa 232,1 ming kishiga kamaygan. Norasmiy sektorda band bo’lganlar soni (xorijda ishlayotgan mehnat migrantlarini hisobga olmaganda) o’tgan yilga nisbatan 2,1 foizga yoki 105,3 mingga kamayib, 5,1 mln kishini tashkil etmoqda. Bunda asosan vaqtinchalik bir martalik va mavsumiy ishlarni bajaruvchilar (108,4 mingga kamaygan), mehnat munosabatlarini rasmiylashtirmasdan oilaviy korxonalarda va tadbirkorlarda ishlovchilar (87,6 ming), ro’yxatdan o’tmasdan va tegishli ruxsatnomasiz faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlar (110,6 ming) soni kamaydi. Shu bilan birga, karantin chora-tadbirlari davrida uyda o’tirgan fuqarolar soni oshganligi hamda fuqarolarning shaxsiy tomorqalarni rivojlantirish uchun Bandlikka ko’maklashish jamg’armasidan subsidiyalar berish dasturi hajmi keskin ortganligi uchun dehqon va shaxsiy tomorqalarda band bo’lganlar soni 201,1 mingga ortgan. Tadbirkorlik sub'yektlari va o’zini o’zi band qilgan fuqarolarga mehnat stajini hisobga olish va rag’batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi berilishi norasmiy sektorda bandlar ulushini kamaytirish imkoniyatini bermoqda. Respublikada iqtisodiy nofaol aholi soni 2019 yil mos davriga nisbatan 4,5 foizga oshgan. Ushbu ko’rsatkich o’tkazilgan tadqiqot davomida tadbirkorlik va xizmat ko’rsatish sohasi vakillari karantin chora-tadbirlari davrida vaqtinchalik o’z faoliyatlarini to‘xtatib turishlarini va cheklovlardan so‘ng qayta tiklash niyatini bildirib, boshqa faoliyat bilan shug‘ullanmaslikni afzal ko‘rayotganligi sababli oshganligini ko‘rsatdi. 2020 yilning yanvar-iyun oylarida, ayniqsa SOVID-19 pandemiyasining mehnat bozoriga salbiy ta'sirini yumshatish maqsadida mehnat organlari tomonidan 588,2 ming (30 yoshgacha bo’lganlar 159,9 ming va ayollar 229,4 ming) ishsiz va band bo‘lmagan aholiga xizmatlar ko‘rsatildi. Xususan, 501,1 ming nafari doimiy ish o’rinlariga ishga joylashtirish va jamoat ishlariga jalb qilish orqali bandligi ta'minlandi, 15,0 ming nafar ishsizlar kasb-hunarga o’qitildi, 27,0 ming nafar ishsiz shaxslarga Bandlikka ko’maklashish jamg’armasidan 10,1 mlrd. So’m ishsizlik nafaqasi to’lab berildi. Shuningdek, Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan ajratiladigan subsidiyalar hisobiga 24,8 ming nafar fuqaro shaxsiy tomorqalarida, 15 ming nafar fuqaro qishloq xo‘jaligi, tikuvchilik va hunarmandchilik kooperativlarida a'zo sifatida biriktirilib, band qilindi, 3 ming nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb etildi, 256 ta ish beruvchiga mehnat organlari yo‘llanmasi bilan ishga olingan 2,3 ming nafar ishsizlarning kasbiy malakasini oshirganligi va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini ishga olganligi uchun moddiy ko‘mak ajratildi.
Kurs ishida quyidagi xulosalar ishlab chiqildi: 1. Faol siyosat sifatida biz, mehnat bozori tuzilmaviy kamchiliklarini bartaraf etish, ularning faoliyatlari samaradorligini oshirish, xususan, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlarlarining samaradorligini oshirish tadbirlari va faoliyat yo’nalishlari bo’yicha quyidagilarni taklif etamiz: - ish bilan bandlik xizmati mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solish tartiblarini aniqlovchi, xususan, davlat me’yoriy hujjatlarini yaratilishida doimiy va faol qatnashuvchi bo’lishi zarur; - mehnat bozoridagi holatlarning rivojlanishi tarkibiy ishsizlikni ishlab chiqarishning tarkibiy jihatdan qayta qurish dasturiga muvofiq ravishda qat’iyan jadal hal etishni ko’rsatmoqda. Ishsizlik iqtisodiyotning o'ziga ham ta'sir qiladi. Ish mavjud bo'lganda, lekin u erda ish uchun kerakli malakali odamlar bo'lmasa, unumdorlik pasayadi. Bularning barchasi zanjir reaktsiyasini keltirib chiqaradi, unga aloqador har bir kishi ta'sir qiladi. Xodimlar ortiqcha ishlardan kuyib ketishi mumkin, agar ularning ehtiyojlari qondirilmasa, mijozlar o'zlarini tashlandiq his qilishlari mumkin va ular ehtiyojlarini qondirish uchun boshqa joylarga borishadi. Kompaniyaning o'zi daromadni yo'qotadi. Binobarin, ish joyiga tegishli ko'nikmalarning etishmasligi, hattoki ma'lum bir kasbni hisobga olgan holda o'qish kursini davom ettirgan yoshlar ham o'zlarini umumiy yoki nazariy bilimlarga ega bo'lishadi, bu esa ularni oldida turgan haqiqiy vazifalarga tayyorlash uchun juda kam yordam beradi. ish. Bunga qisman maktab o'quv dasturlari va ish beruvchilar va ta'lim tizimi o'rtasidagi aloqalarning yomonligi sababdir. Shuningdek, yoshlar 21-asrda ish joyida hamkorlik, muomala, tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va korxona ehtiyojlariga e'tibor berish kabi o'ziga xos ko'nikmalarga ega emaslar. Ishsizlikning sabablari va oqibatlari har kimga u yoki bu tarzda ta'sir qiladi, har qanday harakat yaxshi yoki yomon bo'lishidan qat'i nazar, natijaga ega. Ishsizlik ko'ngilsizliklarga olib keladi, ular turli xil noqulay shakllarda namoyon bo'lishi mumkin Davlatlarda yaratilayotgan ishchi o’rinlar davlat iqtisodini rivojlantiradi. 2020-yil pandemiya sharoitida ko’plab cheklovlar tufayli ish o’rinlari qisqargani sababli ko’plab mamlakatlar iqtisodi pasaygan. Bandlikni taminlash va ishsizlikni kamaytirish uchun eng birinchi aholi o’rtasida kasb –hunar ko’nikmalarini va bilimni yaxshilash kerak. Odamlardagi ko’nikma va bilim ishdagi unumni oshiradi va tez rivojlanishga sabab bo’ladi. Bundan tashqari xodimlar malakasini oshirish va ularni rag’batlantirish ulardagi ishlash motivatsiyasini oshiradi. Aholini ishga jalb qilish uchun ham yaxshi haq tolanishi va ishlashga yaxshi sharoit yaratilishi kerak. Har qanday vaziyatta ham davlat tomonidan bandlik va ishsizlik doim nazoratta bo’ladi Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling