Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti


Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining bandlik va ishsizlikka tasiri


Download 0.86 Mb.
bet6/8
Sana07.11.2021
Hajmi0.86 Mb.
#171632
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Javliyeva Marjona MO-51 Bandlik va ishsizlik

Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining bandlik va ishsizlikka tasiri

Ishchi kuchi ham bozor iqtisodiyotida oldi-sotdi obyekti boʻlganligi uchun mehnat bozorida unga talab va taklif vujudga keladi. Mehnatning bozor narxi ish xaqi boʻlib, bu yollanib ishlovchilarga maʼlum vaqtda bajarilgan ishning miqdori va sifatiga qarab toʻlanadi.



Mehnatga talab u keltiradigan daromadga bogʻliq boʻlib va doimo oʻzgarib turadi. Mehnatta talab boshqa sharoitlar oʻzgarmasa, talab qonuniga koʻra, ish haqiga bogʻliq boʻladi, yaʼni ish xaqi yuqori boʻlsa, mehnatga talab qisqaradi, agar u pas boʻlsa, aksincha, talab ortadi. Ish xaqi past boʻlgan sharoitda albatta foyda ortadi. Ish beruvchilar ish haqini kamaytirishga intilishsa, yollanib ishlovchilar uni oshirishga harakat qiladi, chunki xar qanday tovar egasi uni yaxshi pullashga xarakat qiladi. Ammo ish haqi ortgan sharoitda ham mehnatga talab koʻpayishi mumkin, chunki ish haqiga nisbatan mexnat unumdorligi tezroq ortib borishi yuz beradi. Natijada ish haqiga ketgan qoʻshimcha sarfni mexnat unumdorligining ortishi qoplaydi va hatto uni tejashiga ham olib keladi. Ish haqi xarajatlar tarzda foydaga taʼsir etishi orqali mehnatga talabni oʻzgartiradi.Ish haqi bilan mehnatga talabning oʻzgarishi bogʻliqligini quyidagi chizmada koʻrsatishimiz mumkin:

Chizmada koʻrinib turibdiki, soatbay ish haqi 50 soʻm boʻlganda ishlash uchun 500 kishi talab qilingan, mehnat arzonlashib, soatbay haq 20 soʻmga tushganda, mehnatga talab ortib, jami 700 kishidan iborat boʻlgan, yaʼni ish haqini qisqarishi mehnatga talabri oshirgan – bu talab qonunining mehnat bozoridagi ifodalanishidir.



Mehnat bozoridagi taklif ham narxga nisbatan elastik boʻladi, ish haqi oshsa, mehnat taklifi koʻpayadi, kamaysa, taklif qisqaradi. Ammo mehnatni tirik odam taklif etganidan, taklif mehnat ahliining nimani afzal koʻrishga bogʻliq boʻladi. Turmush darajasi past boʻlib, moddiy muxtojlik sharoitida koʻp ishlab, koʻp pul topishga intilish ustunlik qiladi. Moddiy toʻkinchilik va yuqori turmush darajasi sharoitlarida oz ishlab yaxshi yashash mumkin boʻlganligidan, qoʻshimcha pul topishga nisbatan dam olish afzal koʻriladi. Natijada ish vaqti qisqarib, boʻsh vaqt koʻpayishi mumkin. Nimani afzal koʻrishiga qarab mehnatning taklifi oʻzgaradi. Quyidagi chizmada mehnatning taklifi bilan ish haqining bogʻliqligi tasvirlangan.

Ushbu chizmada ish haqi 30, 50, 70 soʻm boʻlishiga qarab, mehnat taklifi 300, 500, 700 kishidan iborat boʻladi. Bu mehnat taklifining mehnat narxiga elastikligini koʻrsatadi.



Mehnat bozorida talab va taklif tenglashganda muvozanat hosil boʻladi. Bu muvozonat maʼlum ish haqi miqdori darajasida paydo boʻladi. Buni yuqoridagi ikki chizmaning birlashtirilgan holatida koʻrish mumkin.

Chizmada talab chizigʻi AV taklif chizigʻi DЅ bilan mnuqtasida kesishgan. Bu nuqta muvozanat nuqtasi boʻlib, talab va taklif miqdorini tenglashganligini bildiradi. Ish haqi 500 soʻm boʻlganda firmaning 500 kishi mehnatiga talabi qondiriladi, ish qidirgan 500 kishi ishga joylashadi, demak, ish kuchining bundan ortigʻi kerak boʻlmaydi.

Mehnatga boʻlgan talab va mehnatning taklifiga ish xaqidan tashqari boshqa omillar ham taʼsir qiladi, bular:

1. Texnika taraqqiyoti;

2. Iqtisodiy tanglik yoki turgʻunlik;

3. Yangi texnologiyaning joriy etilishi;

4. Ishlab chiqarish tarkibining oʻzgarishi;

5. Mavsum yillik;

Bulardan tashqari shunday mehnat turlari borki, ular maxsus qobiliyat talab qiladi. Masalan: ogʻir jismoniy ish sogʻlom va baquvvat kishilarni; sanʼat, adabiyot, fan, konstruktorlik aloxida isteʼdod talab qiladi. Shunday kasblar borki, ular puxta bilim, maxsus tayyorgarlik va katta tajriba talab qiladi. Masalan, Germaniyada mustaqil ishlovchi vrach boʻlish uchun, oliy maʼlumot olgach, yana 10-12 yil tayyorgarlik koʻrishi lozim.

Mehnatning taklifiga yana ishning qiziqarli boʻlishi, undan obroʻ topish, qoʻshimcha imtiyoz olish, yuqori mansabga erishish imkoni, ishsiznqolish xavfining yoʻqligi, mehnat sharoitining yaxshiligi, shuningdek ishxonadan arzon kredit (qarz) olish imkoni va boshqalar taʼsir qiladi.

Mehnatning taklifiga nufus qonuni, yaʼni aholining oʻsish qonuni xam taʼsir qiladi. Aholi tez oʻsib, mehnat qilish yoshiga yetgan aholi qancha koʻp boʻlsa, mehnat taklifi xam shuncha koʻp boʻladi. Oʻzbekistonda 1995-yilda mehnat yoshiga yetganlar jami aholining 49.3%ni tashkil etadi. Shunga koʻra mehnat taklifi ham koʻp boʻlgan. 1995-yildan boshlab Oʻzbekistonda aholi oʻsishining sekinlashuvi natijasida taxminan 2015-yildan boshlab mehnat taklifining qisqarishiga olib keldi. Ammo, shu davrga kelib mehnatga talab xam keskin qisqarishi mumkin, chunki texnika shiddat bilan oʻsmoqda.

2008-yilda boshlangan va bugungi kunda koʻlami toboro kengayib borayotgan jaxon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi real sektorga yaʼni iqtisodiyotning barcha jabhalariga, jumladan bandlik va ishsizlikka ham oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda.

Ishchi kuchi maxsus tovar boʻlib, u ishlab chiqarishga xizmat qiladi, yaʼni uning ishtirokida pirovardidi isteʼmolga tayyoor tovarlar yaratiladi. Mehnatga boʻlgan talabning miqdori mehnat bilan yaratiladigan tovar va xizmatlarga boʻlgan talabning xajmiga bogʻliq boʻladi. Agar bozorda tovarlarga talab oshib, ular yaxshi sotilib tursa, mehnatga ham talab ortadi. Agar talab qisqarib tovar bozori kasodga uchrasa, mexnatga talab qisqaradi.

Mana shu sababli iqtisodiy inqirozlar davrida mehnatga talab keskin qisqarib ketadi, yaʼni ishsizlar soni keskin oshib ketadi. Birinchi Prizidenti I.A.Karimov oʻzining “Jaxon moliyaviyiqtisodiy inqirozi, Oʻzbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yoʻllari va choralari” kitobida qayd qilib oʻtanlaridek: "Aholining ish bilan taʼminlanish muammolarini hal qilishda ham jiddiy sifat oʻzgarishlari koʻzga tashlanmoqda. Biz uchun oʻta dolzarb boʻlgan bu masalani yechishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat koʻrsatish sohasi va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilik rivojlantirishni ragʻbatlantirishga aloxida axamiyat berilmoqda.



2019-yil mobaynida yurtimizda 661 mingga yaqin, jumladan, kichik biznes soxasida 374 mingta, xizmat koʻrsatish va servis sohasida qariyb 220 mingta, kasanachilik xisobidan esa 97 ming 800 1 ta yangi yaratildi. Bu respublikamizda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini taʼsirini kamaytirish va uni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilgan chora tadbirlarning natijasidir. Chunki rivojlangan mamlakatlarda bu inqiroz taʼsirida ishsizlar sonining oshib borayotganligini quyidagi jadvalda koʻrishimiz mumkin: Jadvaldagi maʼlumotlardan koʻrinadiki, jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi ishsizlik keyingi 3 yil mobaynida oʻsib borishi kuzatilmoqda.

Bundan tashqari bir neca davlatda eng yuqori ishsizlik ko’rsatgichlari aniqlangan:

Senegal-48%

Haiti- 40.60%

Kenya- 40%

Jibouti-40%

Kongo- 36%

Marshal oroli-36%




Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling