Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Yusupov
Голубков Е.П. Маркетинговые исследования: теория, методология и практика
Download 0.55 Mb.
|
Toshkent davlat iqtisodiyot untversiteti m. S. Qosimova, M. A. Y-hozir.org
1 Голубков Е.П. Маркетинговые исследования: теория, методология и практика:
Учеб. изд. 2-е перераб. и доп.-М.:Финпресс, 2003. www.ziyouz.com kutubxonasi 1 Agar ma’lum bir vaqtning ichida kon’yunkturaning rivojlanish tendensiyalari va sur’atlarini bilib olish masalasi qo’yilgan bo’lsa, u holda kon’yunktura tahlili shu vaqtning ichida uning dinamikasini o’rganish yo’li bilan olib boriladi, 2 Agar eng oxirgi sanaga kon’yunktura holatini aniqlash masalasi qo’yilgan bo’lsa, u holda, iqtisodiy siklning fazasini va faza ichidagi misol tariqasidagi joyini aniqlash yo’li bilan olib boriladi. Shuni e’tiboiga olish kerakki, kon’yunktura tahlili va uzoq tendensiyalarning rivojlanishini aniqlash o’zaro bog’liq va bir - birini to’ldiradi. Kon’yunktura tahlili jamiyatning xo’jalik hayoti qiyinligini hisobga olmagan holda u yoki bu qarashlami tasdiqlaydigan o’zboshimchalik bilan tanlangan omillar va statistiktik ma’lumotlarga yondoshib emas, balki bir-biriga qarama- qarshi xodisalaming yig’indisiga yondashish kerak. Kon’yunktura tahlilining shakli bu kon’yunktura sharxi va ma’lumotnomasidir. Mahsulotni ishlab chiqarishni belgilanganligiga qarab, mahsulotni absolyut birligi o’lchovlarida ishlab chiqarib, ishlab chiqarish davrini davomiyligi, iste’molchilar doirasi tezroq yoki sekinroq kon’yunkturani o’zgarishini aks ettiradi. Ba’zi tarmoqlar, masalan qora metallurgiya, havo va suv transporti, qurilish belgilangan iste’molchilar uchun oldindan buyurtma qilish tizimi bo’yicha ishlaydilar. Boshqalar esa, ya’ni avtomobil , radioelektron va shu kabilar qisqa muddat ichida ishlab chiqariladi va bozorda noma’lum iste’molchilaxga sotiladi. Uzoq muddatli tovarlami ishlab chiqarishni qisqarishi yoki o’z ishi natijasida ishlab chiqarish konyunkturasini yaxshilash yoki yomonlash aniq ko’rsatkichi bo’lib hisoblanmaydi. Chunki katta buyurtma portfelining kattaligi yoki shunday tarmoqlarda uning yo’qligi mahsulot ishlab chiqarish dinamikasining iqtisodiy siklning dinamikasidan rad etadi. 7.3.Konyunkturani bashorat qilish Ayrim tovar bozor konyunkturasini o ’rganishdan maqsad to’g’ri bashorat qilish va o’zgarishlaming oldindan aytib berishdan iboratdir. Umuman bashorat - bu obyekt ahvolining kelajagi haqida, fikrlari va rejalarini ro’yobga chiqarish yo’llari va muddatlaridir. Bashorat insonning o ’rganish va amaliy faoliyatida yo’llangan obyekti bo’lib, jarayonlar, ko’rinishlar, xodisalar bo’lishi mumkin. Bashorat qilish bu- obyektning kelajagini tahlil qilish va bu kelajakni qanday bo’lishini ko’ra bilishdir. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning bashorat imkoniyatlari eng awal sabab va hodisa bog’lanishlarining tabiat xarakterlari www.ziyouz.com kutubxonasi orqali aniqlanadi. Oldindan aytib berish, bashorat qilish faqat umumiy xossalar va qonuniylikka ega bo’lgan sabab va xulosalar aniq bo’lgan jarayonlaiga bog’liqdir. Iqtisodiy bashorat konyunkturasini tuzishning asosiy imkoniyatlari iqtisodiy hodisalami rivojlanishi to’g’ridan - to’g’ri vaqt taqozosi orqali aniqlanadi. Bashorat qiluvchining vazifasi hozirgi kunda ko’z ostida oldingilami esga olib, kelajak elemetlarini topish va umum tendensiyalarini o’rganib shuhodisalami rivojlanishining kelajagini ko’rsatib berishdir. Bashoratning maqsadi va xizmati rasional yechimlar qabul qilish uchun muqobil iqtisodiy rivojlanish va uning ijtimoiy-iqtisodiy natijalarini ko’ra bilishdir. Bashorat qilish umumiy rejalashtirishni va boshqarishni rivojlantirish uchun samarali qurol bo’lib xizmat qiladi. Jahon bozori rivojlanish kelajagini aniq ko’ra bilish uning imkoniyatlarini va ehtiyojlarini aniqlash uchun davlat miqyosida qaysi sohalarini o’sishi va effektivligini aniqlash va radikal o’zgarishlarini va ilmiy ishlab chiqarishni baholashga imkoniyat beradi. Bashorat qilish har doim ishni rejalashdan oldingi bosqichi hisoblanadi, marketing dasturi va rejasining asosiy variantlaridan biri hisoblanadi, chunki bashorat qilishning maqsadi- bilimimizning darajasiga to’g’ri keladigan va bashoratga kiritilishi asosida mumkin bo’lgan holatlaming rivojlanishini kengroq bo’lishi mumkin bo’lgan muqobil yo’llarini berishdir. Bu holatda qaror qabul qilish bashorat variantlarining ko’proq bo’lishi mumkin bo’lgan asoslangan tanlov hisoblanadi. Bashorat qilish — ilmiy-tahliliy ajralmas bosqichdir. Ishlab chiqarilgan bashoratlar asosida qarorlami qabul qilish ham qaror hisoblanadi. Hozirgi vaqtda iqtisodiy bashorat qilish 1-1,5 eng ko’pi 2 yildir, muddatli 5 yilgacha, uzoq muddatli 5 yildan ortiq va 15- 20gacha. Qisqa muddatli bashorat qilish bu har doimgi kon’yunktura bashoratidir, u har kungi amaliyotning boshqaruvchisi hisoblanadi, uzoq muddatli bashorat qilish umumiy tendentsiyalarini aniqlaydi, iqtisodiy programmalami tuzishda asos hisoblanadi va u kelajak konyunkturani aniqlash uchun muhimdir. Hozirgi vaqtda zamonaviy ilm-fanda bashorat qilishning yuzdan ortiq turli uslublari qo’llaniladi. Ular bir-birlaridan qo’Uanmalari bilan, ularni qo’llash va asoslanganliklari bilan farq qiladi. Ulaming orasida ekspert baholash uslubi, miya hujumi, tarixiy analog, har xil matematik- statistik uslublami qo’llash bilan farq qiladi. Kon'yunkturani bashorat qilishda kon’yunktura rivojlanishi umumiy tendensiya baholaridan boshlash kerak. Buning uchun esa kelajak kon’yunkturani zamonaviy kon’yunkturadan ajratish uchun hamma narsani e’tiborga olishi kerak. Bu maqsad esa uzoq davr uchun xizmat qiladi. Kon’yunktura rivojlanishidagi ichki omillar bilan bir qatorda yana shu www.ziyouz.com kutubxonasi mamlakatning iqtisodiyotiga jahon kon’yunkturasining ta’sir etishini ham kuzatish kerak, chunki u ba’zi mamJakatlar uchun kon’yunktura sinish paytida katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Agar mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari qancha kuchli bo’lsa, shunchalik unga bo’lgan ta’sir ortadi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling